1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə5/106
tarix15.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#143871
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
маъруза матни ХММ

Jahon iqtisodiyoti globallashuvi.
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining quyidagi asosiy sohalari bo’yicha keng rivojlanmoqda:

  • tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk ob’ektlarining xalqaro savdosi;

  • ishlab chiqarish omillarning xalqaro harakati;

  • xalqaro moliya-kredit va valyuta operatsiyalari;

  • ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologik va axborotlar sohasidagi hamkorlik.

Iqtisodchi olimlar fikriga ko’ra jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni quyidagi holatlarni o’z ichiga oladi:

  • mintaqaviy integratsion jarayonlarni jadallashtiradi;

  • xo’jalik yuritishni to’liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiyotini ochiqligini ta’minlaydi;

  • istalgan bozorlarga barcha ishtirokchilarning qarshiliksiz kirishini ta’minlaydi;

  • moliyaviy va savdo operatsiyalarni amalga oshirishga tegishli tartiblarni universallashtiradi;

  • bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni bir me’yorga keltiradi, ya’ni unifikatsiya qiladi;

  • kapitalni joylashtirish, investitsion jarayonlar va umumjahon to’lov- hisob tizimiga qo’yilgan talablarni standartlashtiradi.




    1. Globallashuv jarayonining asosiy manbalari, omillari va rivojlanish bosqichlari

Globallashuv tushunchasi yagona xalqaro iqtisodiy, huquqiy va madaniy-axborot makonini shakllanishini anglatadi. Globallashuv jarayoni iqtisodiy doiradan chiqqan holda jamiyat xayotining barcha asosiy sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayon XX oxiri XXI asr boshida jahon iqtisodiyotida alohida rol o’ynab, xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yangi tizimini shakllanishiga kuchli turki berdi.


Birinchidan, globallashuv mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy masofani qisqartiruvchi aloqa vositalari va transport sohasida ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashuvini, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvini hamda dunyo rivojlanishining ob’ektiv omillarini yuzaga keltiradi. Bu holat, dunyoning istalgan nuqtasidan zarur axborotni xoxlagan vaqtda olish va tezda qaror qabul qilishga imkon beradi, telekommunikatsiyaning zamonaviy tizimlari kapitalni xalqaro investitsiyalashni amalga oshirishni engillashtiradi. Dunyoning axborot integratsiyalashuvi sharoitlarida xo’jalik yuritishning xorijiy tajribasini o’zlashtirish va texnologiyalarni o’tkazish birmuncha tezlashadi.
Globallashuvning ikkinchi manbasi – protektsionizm siyosatini cheklashga sabab bo’luvchi va jahon savdosini erkin qiluvchi savdoning liberallashuvi hamda iqtisodiy liberizatsiyaning boshqa shakllaridir. Buning natijasida turli xil savdo tariflari jiddiy ravishda pasaydi, tovarlar va xizmatlar savdosidagi boshqa ko’plab to’siqlar bartaraf etildi. Boshqa liberizatsiya tadbirlari ishlab chiqarishning qolgan omillari va kapital harakati kuchayishiga olib keldi.
Baynalmilallashuv jarayonining uchinchi manbasi va globallashuvning asosiy manbalaridan biri transmilliylashuv hodisasi bo’ldi. Ushbu holatda transmilliy kompaniyalar etakchi kuch sifatida namoyon bo’ladi va ular bir vaqtning o’zida baynalmilallashuv jarayonining asosiy ishtirokchilari hisoblanadi.

Globallashuv jarayoni barcha mamlakatlar iqtisodiyotida kuzatilmoqda. Ushbu jarayon mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, ishchi kuchlaridan foydalanish, investitsiya va texnologiyalarni bir mamlakatdan boshqalariga tarqalishiga ta’sir ko’rsatmoqda. Bularning barchasi pirovardida ishlab chiqarishning samaradorligi, mehnat unumdorligi va raqobatbardoshlikning oshishida namoyon bo’ladi. Aynan globallashuv jarayoni xalqaro raqobatlashuvni kuchayishiga olib keldi.


Zamonaviy transmilliy korporatsiyalar, oldingi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TMKlardan farqli ravishda, asosan axborot va moliyaviy bozorlarda faoliyat ko’rsatmoqda. Mazkur bozorlarning global miqyosda birlashuvi sodir bo’lmoqda va natijada yagona jahon moliyaviy-axborot makoni shakllanmoqda. Bunga muvofiq tarzda TMKlarning va ular bilan chambarchas aloqador bo’lgan milliy iqtisodiy tuzilmalar hamda tashkilotlarning roli oshib bormoqda.
Hozirgi paytda yangi texnologiyalarning 80% TMKlar tomonidan yaratilmoqda, ayrim holatlarda ularning daromadlari ayrim yirik mamlakatlarning yalpi milliy daromadidan oshib ketmoqda. Aytish joizki, dunyoning 100ta yirik iqtisodiyoti ro’yhatida 51ta o’rinni TMKlar egallagan. Ular faoliyatining muhim qismi gipertexnologiyalarni (yoki metatexnologiyalar) ishlab chiqish bilan bog’liq. Bular jumlasiga, yangi kompyuterlar avlodi, kompyuter dasturlari, ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnologiyalarni va boshqalarni kiritish mumkin.
Globallashuv jarayonining yana bir muhim jihati texnologik innovatsiyalar rivojlanishiga tegishli bo’lib, yangi texnologiyalar globallashuvni harakatga keltiruvchi kuch bo’lishi bilan birgalikda xalqaro raqobatlashuvni kuchaytirgan holda uning rivojlanishini va mamlakatlar o’rtasida tarqalishini rag’batlantiradi.
Globallashuvning to’rtinchi manbasi sifatida erkin savdo tizimini va bozor iqtisodiyotini baholashda global hamfikrlikka erishishni keltirish mumkin.
Aytish joizki, jahon iqtisodiyoti globallashuvining yana bir muhim xususiyati, XX asrning oxirgi yillarida moliya bozorlarining jadal rivojlanishida namoyon bo’ldi. Moliya bozorlarining (valyuta, fond, kredit va boshq.) yangi roli keyingi yillarda jahon iqtisodiyoti arxitekturasini keskin o’zgartirdi. Bir necha o’n yillar ilgari moliya bozorlarining asosiy maqsadi iqtisodiyotning real sektori faoliyatini ta’minlashdan iborat edi. Hozirgi davrda esa, jahon moliya bozoridagi o’zgarishlar butun dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishning muhim omili sifatida namoyon bo’lmoqda.
Moliyaviy globallashuv jarayoni ayniqsa jahon iqtisodiyotining uchta asosiy markazlarida kuchaygan bo’lib, ularga AQSh, G’arbiy Evropa va Yaponiya kiradi. Moliyaviy spekulyatsiya operatsiyalari ham aynan mazkur uchtalik chegaralaridan tashqi dunyoga tarqaladi. Valyuta bozorining global aylanmasi bir kun davomida 0,9-1,1 trln. AQSh dollariga etadi.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin