Xom-ashyo manbalarining egallanishi. Tabiiy resurslarning kapital va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni eksport qiluvchi mamlakatlar nazorati ostidagi hududlarda ishlatilishi.
II-bosqich.
1920-1970 yillar
Yangi bozorlarning vujudga kelishi va egallanishi. Xorijiy investitsiyalarni tayyor mahsulotlar eksportiga yo’naltirilgan ishlab chiqarishlarga safarbar etilishi.
III-bosqich.
1970 yildan hozirgi davrgacha
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda tabiiy resurslarga egalik qilishdan tashqari quyidagi maqsadlarning yuzaga kelishi:
ishlab chiqarishning yangi texnologik usullariga – yuqori, ilmiy sig’imli texnologiyalarga o’tish;
mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari harakatidagi to’siqlarga barham berilishi;
mahsulotlar va xizmatlarni tezlik bilan tarqatishni ta’minlovchi transport va aloqaning sifatli tizimi yaratiladi;
ilmiy va intelektual bilimlarni almashishning samarali tizimi vujudga keladi.
Tashkiliy omillar;
ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishning xalqaro shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning yuzaga kelishi;
nohukumat tashkilotlarining ko’p millatli yoki jahon darajasiga chiqishi;
ko’p millatli kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning global iqtisodiyotda asosiy rol o’ynovchi xususiy yoki davlat tashkiloti sifatida o’zgarishi.
Iqtisodiy omillar:
kapital bozori, mahsulotlar va xizmatlar savdosining erkinlashuvi hamda jahon savdosini erkinlashtiruvchi va protektsionizm siyosatini cheklovchi iqtisodiy erkinlashuvning boshqa shakllarini keng joriy etilishi;
kapital to’planishi va markazlashuvining kuchayishi, hosila moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq operatsiyalarning oshishi, valyutaviy bitimlarni amalga oshirish vaqtining keskin qisqarishi;
xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlarini joriy etilishi va boshqa iqtisodiy siyosatga oid talablarning bir xillashtirilishi;
standartlashtirish tendentsiyasining kuchaytirilishi. Barcha mamlakatlar tomonidan texnologiya, ekologiya va moliyaviy tashkilotlar faoliyatida, shuningdek, buxgalteriya va statistik hisobotlar tizimida yagona standartlardan foydalanishning keng joriy etilishi.
Axborot omillari:
moliyaviy, iqtisodiy ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarishga oid ma’lumotlarni almashinish tizimining tubdan o’zgarishi. Ma’lumotlarni taqdim etish, qabul qilish va qayta ishlashning mutlaqo yangi tizimlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi nou-xau va professional xizmatlarni o’z ichiga olgan moliyaviy va mahsulot bozorlarini birlashtiruvchi global tarmoqni yaratishga yordam berdi.
bitta markaz orqali turli mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarishlarni boshqarishga imkon beruvchi tizimning shakllanishi;
mahsulotlarni realizatsiya qilishning yangi shakllari vujudga kelishi.
Yuqoridagi qayd etilgan omillar ta’siri natijasida globallashuv jarayoni kuchaygan holda jahon iqtisodiyotining barcha soha va bo’g’inlarini egallab boradi.