1-Mavzu: Jahon ta'lim tizimida boshlang'ich ta'limni o'qitishga xos samarali yondashuvlar” fanining maqsad va vazifalari Reja



Yüklə 32,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix22.12.2023
ölçüsü32,04 Kb.
#190067
1   2   3
1-maruza

TIMSS - 
ham jahon mamlakatlari ta’lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. 
TIMSS dasturi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA 
(International Association for the Evaluation of Educational Achievements) 
tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari 
orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta’limning sifati, darajasi, fanga 
bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. 
Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma’muriyati va 
o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida 
to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab 
chiqilgan ta’lim standartlarini va ta’lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan 
solishtirib ko‘rish imkonini beradi. 2015 yil TMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra 
AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk 
Britaniya kabi davlatlarning ta’lim tizimi eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan. 
Shuni e’tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni 
o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida 
aniq fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, unda 
o‘quvchilar tug‘ma iste’dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash 
hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar sonining 16 
nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQSHda ham mavjud bo‘lib, 
1999 yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta 
bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda 
prezident qarori bilan ta’lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar 
etib belgilangan. 
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg‘or tajribalarni 
o‘rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu 
borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi 
tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi 
to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni 


baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik 
aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
Qariyib 60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy 
o‘rganish sohasida yetakchi tashkilot bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim 
tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida 
ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim 
jarayonlari va natijalarini ko‘rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq 
omillarni qiyosiy tahlil qiladi.
1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko‘plab mavzular 
bo‘yicha o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazdi. Jumladan, matematika va 
tabiiy fanlar (TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), 
kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik (ICILS) kabi 
yo‘nalishlarda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim 
olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda.
IEA tashkiloti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati 
o‘quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo 
uyg‘unlik asosida baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa dunyo bo‘yicha umumiy va 
har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam 
beradi.
O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda barcha o‘quvchilardan 
emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o‘quvchilardan 
obyektiv testlarni o‘tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, 
o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilib, 
maktabdagi ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, 
o‘quvchilarning ta’lim olishga oid qarashlari, o‘qitish usullari hamda uy sharoitida 
o‘quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo‘llab-quvvatlanayotganligiga 
doir qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. 
Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o‘tkaziladi. 
Shuningdek, o‘rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy 
tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi.
Adabiyotlar 
1. OECD&UNESCO. Literacy skills for the world of tomorrow. Further results 
from PISA 2000. OESD, UNESCO, 2003. 
2. OECD. Measuring student knowledge and skills. A new Framework for 
Assessment. OECD, 1999. 
3. Пентин П.А., Ковалева Г.С “Состояние естественно-научного образования 
в российской школе по результатам международных исследований TIMSS и 
PISA”, –М.: 2018. 
4. 
"MAKTAB 
VA 
HAYOT" 
Ilmiy-metodik 
jurnal. № 6 (146),
2019 ,

Yüklə 32,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin