Korrelyatsiya usuli: Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholashdagi effektiv usullardan hisoblanadi. Bu usulda belgilar orasidagi bog‘liqlik (korrelyatsiya) e’tiborga olinadi. Jismoniy rivojlanish belgilari o‘zaro bog‘liq, bir belgining o‘zgarishi o‘z navbatida ikkinchi belgining o‘zgarishiga olib keladi. Uzviy bog‘liqlik bir xil emas, u musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Bir belgining kattalashishi ikkinchisining kattalishiga olib kelsa, musbat hisoblanadi. Bir belgining kattalashishi ikkinchisining kamayishiga olib kelsa, manfiy hisoblanadi.
Belgilar orasidagi bog‘liqlikni korrelyasiya koeffitsienti (r) ni aniqlab topish mumkin. Korrelyatsiya koeffitsientining eng yuqorisi +1,0 ga teng bo‘lishi kerak. “r” qanchalik birga yaqin bo‘lsa, belgilar orasidagi uzviy bog‘liqlik shuncha yaqin. Agar “r” 0,4 dan 0,6 gacha o‘zgarsa – belgilar orasidagi bog‘lanish – o‘rtacha darajada, 0,6 dan 0,8 gacha bo‘lsa – yuqori, 0,8 dan 0,9 gacha – juda yuqori darajada bo‘ladi. Jismoniy rivojlanishni korellyatsiya usuli bilan baholash, uning tavsifini antropometrik standartlar yordamida oydinlashtiradi. Masalan,18 yoshli sportchining antropometrik ko‘rsatkichlari quyidagicha: bo‘yi172+7,0 sm, vazni 65,0 + 7,5 kg, ko‘krak qafasining aylanasi 89,0+ 4,9 sm va h.z. Regressiya koeffitsienti shu vazn iuchun -0,75kg, ko‘krak qafasining aylanasi-2,0sm va h.z. bo‘yning 172sm dan har bir baland sm uchun regressiya koeffitsientiga qo‘shiladi, har bir 172 sm dan past sm ga o‘rta arifmetik son ayriladi. Bundan shu xulosa kelib chiqdiki, 170sm bo‘yda vazn 65 kg –(0,75x2)=63,5kg, ko‘krak qafasining aylanasi 89-(2,0x2) =85 sm bo‘lishi kerak.
Indeks usuli: Oddiy matematik hisoblash orqali ba’zi bir antropometrik belgilarga qarab jismoniy rivojlanishni baholashga yordam beradi. Bir qancha kamchiliklari bo‘lishiga karamasdan, indeks usullari murakkab bo‘lmaganligi va qo‘llash osonligi uchun keng ko‘lamda qo‘llab kelingan. Bu usul bilan jismoniy rivojlanishning ba’zi ko‘rsatkichlari haqida taxminiy mo‘ljallarga baho beriladi. Masalan: tekshiriluvchini yoshi va bo‘yini (L) e’tiborga olgan holda bo‘lishi kerak bo‘lgan og‘irlikni (M) topish uchun quyida formuladan foydalanadi:
Og‘irlik (M) va bo‘y (L) orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni Broks tavsiya etgan oddiy hisoblash orqali topish mumkin:
L = 155 – 165 sm bo‘lganda, M = L - 100 (kg),
L = 166 – 175 sm bo‘lganda, M = L - 105 (kg),
L = 175 sm dan yuqori bo‘lganda, M = L - 110 (kg).
Ketle indeksi yoki og‘irlik – bo‘y indeksi. Bu usul bilan bo‘yning har bir santimetriga qancha gramm og‘irlik bo‘lishi kerakligi aniqlanadi.
Tana og‘irligi, gr
Bo‘y uzunligi, sm
Og‘irlikli (gr) bo‘yga (sm) bo‘lib topiladi, erkaklar uchun o‘rtacha 370-400 gr sm ga aniq bo‘ladi, ayollarda 325-375 gr. sm. Agar berilgan sondan ortiq chiqsa, u holda nima uchunligini aniqlash lozim: muskul hisobigami yoki teri osti yog‘ qavati hisobigami, aniqlash kerak. Erkaklar uchun 350 g/sm, ayollar uchun esa 325 g/sm lardan past bo‘lgan ko‘rsatkichlar tana og‘irligining yetarli bo‘lmaganini bildiradi. O‘smir yigitlar uchun Ketle indeksi 325 g/sm, o‘smir-qizlar uchun esa, 300 g/sm o‘rtacha ko‘rsatkich hisoblanadi.
Oxirgi paytlarda Hayot indeksi keng qo‘llanilmoqda.
Bu indeks nafas olish apparatining funksional imkoniyatlari haqida ma’lumot beradi va O‘TS ni (ml) tana og‘irligiga (kg) bo‘lish orqali aniqlanadi, ya’ni har bir kg og‘irlikka o‘pkadagi qancha havo hajmi to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Masalan: tekshiriluvchining tana og‘irligi 70 kg O‘TS – 5600 ml.
Kuch indeksi: ma’lum bir mushak guruhlari kuchining rivojlanishini tana og‘irligiga nisbati, kuch ko‘rsatkichini og‘irlikka bo‘lib foiz ko‘rinishida hisoblanadi.
Masalan: tekshiriluvchining o‘ng kaft kuchi 60 kg, gavda kuchi 200 kg, tana og‘irligi 70 kg.
Dostları ilə paylaş: |