1-mavzu. Jismoniy rivojlanishni tekshirish va baholash usullari. Antropometriya. Reja



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə13/14
tarix08.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#52258
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-мавзу, амалий, 1,5

Erisman indeksi: ko‘krak qafasining aylanasidan bo‘y uzunligini ayiramiz. Bu ko‘rsatkichning o‘rtachasi:

Sportchi erkaklarda +5,8 sm.,

Sportchi ayollarda + 3,8 sm .

Ko‘krak qafasininig rivojlanish proporsionalligi indeksi: ko‘krak qafasining tinch holatdagi aylanasini bo‘y uzunligiga bo‘lamiz. Bu ko‘rsatkich foizlarda belgilanib, ko‘rsatkichning o‘rtachasi tekshiriluvchi bo‘yining 50-55 %ga to‘g‘ri keladi.

Mabodo, odatdagi antropometrik o‘lchashlar katta qiyinchiliklarni tug‘dirmasa, u holda tananing solishtirma og‘irligi, zichligi va qismlarini aniqlash antropometriyaning nisbatan yangi bo‘limidir.

Tananing zichligini aniqlash maqsadida, havodagi tana massasini (Ma) (kg), uning suvdagi massasi (M omega) bilan solishtiriladi.

Tana massasini suvda o‘lchash paytida tekshiriluvchi dastavval nafasni chuqur chiqaradi va suvga boshi bilan sho‘ng‘iydi.

Tananing zichligini Brozok formulasi bo‘yicha aniqlanadi:

O‘r – o‘pkaladagi qoldiq havoning hajmi;

0,996 - +370C da suvning zichligi.

Formuladan ko‘rinib turibdiki, zichlikni yoki solishtirma og‘irlikni aniqlash uchun qoldiq havoni o‘lchash kerak, bu esa, ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, chunki murakkab asbob zarur bo‘ladi. Shu boisdan ham ayrim tadqiqotchilar empirik (sezgi tajribasi) asosida quyidagi formulani tavsiya etishadi:



Bu formulada,

L – tana uzunligi –bo‘yning balandligi, sm;

M – tana massasi, gr.

Eng ko‘p zichlik –solishtirma og‘irlik gimnastlar (1,043), shtangachilar (1,044), yengil toifali kurashchilar (1, 043).

Ancha past –ayrim basketbolchilarda (1,039), og‘ir vaznli kurashchilarda (1,037), shtangachilarda (1,022) kuzatiladi.

Tananing solishtirma og‘irligi va qismlari (vaznni taqsimlash-fraksionirovat) ma’lum ishlab chiqilgan formulalar asosida teri burmalarini o‘lchash asosida aniqlanishi mumkin. Ayni maqsadda, teri burmasiga bir xildagi bosim (har bir mm=1 mm teri yuzasiga 10 grammdan) ta’sir etishni ta’minlovchi Kaliper yordamida tanadagi teri burmalarining 8 (sakkiz) tasining qalinligi o‘lchanadi:


  1. orqada –kuraklarning pastki burchaklarida;

  2. qorin sohasida –kindikning yaqin o‘ng tomonida;

  3. ko‘krak sohasida – qo‘ltiqosti chizig‘i bo‘ylab;

  4. yelkaning old yuzasida, ikki boshli mushaklar ostida (taxminan yelka o‘rtasida);

  5. yelkaning orqa yuzasida, uch boshli mushaklar ustida (taxminan yelka o‘rtasida);

  6. qo‘l kaftining orqa yuzasida (III-kaft suyagi o‘rtasida);

  7. sonning oldingi yuzasida – sonning to‘g‘ri mushagi ustida, but bog‘lamidan biroz pastroqda;

  8. boldirning orqa yuzasida – boldir mushagining tashqi boshi sohasida.


Rasm. Kaliper.

Yog‘ qatlamining og‘irligi – vazni Mateykoning 1-formulasi bo‘yicha aniqlanadi:

D = d x S x K

Bu formulada,

D – yog‘ qismining va terining vazni, kg;

d – teri-yog‘ burmasining o‘rtacha qalinligi, mm;

S – tana yuzasi, m2 –maxsus jadvallar yordamida hisoblanadi;

K = 0,13 – o‘zgarmas son.

Kalipometriya usulida teri osti yog‘ qatlamini aniqlash natijalari turli mutaxassislar va har xil kaliper hamda tananing tarkibini aniqlaydigan turli formulalar qo‘llanilganda, bir-biridan keskin ravishda farq qilishi mumkin. Bir kishida turli mutaxassislar tomonidan olingan o‘lchov natijalarining farqi 5-10 foizni tashkil etadi. Ammo, olingan natijalar, klinikalarda ishlatiladigan andozaviy asboblar yordamida olingan raqamlardan 3-8 foiz orasida farq bo‘lishi kerak. Ayni maqsadda, plastik xom-ashyodan tayyorlangan kaliperlardan foydalanish andozaviy asboblar yordamida olingan natijalardan past bo‘ladi.

Umuman olganda, kalipometriya usuli hozirgi paytda ko‘p qo‘llaniladigan usullar qatoriga kiradi va u oddiy, arzon va nisbatan ishonchliligi bilan diqqat e’tiborga sazovordir (Rudnev S.V.,2005).

Tana vazni uning massasining orasidagi farq miqdorini aniqlash niyatida, Mateykani 2-formulasidan foydalaniladi:

M = L x Ch2 x K

Bu formulada,

M –mushaklarning mutloq massasi, kg;

L –bo‘y uzunligi – balandligi, sm;

K –konstanta -6,5 ga teng bo‘lgan o‘zgarmas son;

Ch – kattaligi quyidagicha aniqlanadi:

Suyak to‘qimasini aniqlash uchun Mateykoning 3-formulasidan foydalaniladi:

O = L x C2 x K

O –suyak to‘qimasining mutloq massasi, kg;

L –tana uzunligi – bo‘y balandligi, sm;

C2 –yelka, bilak, son va boldirning distal qismlarining kattaligining kvadrati;

K –konstanta, 1,2 ga teng.

2-jadvalda turli xil sport turlari bilan shug‘ullanuvchi malakali sportchilar tanasining qismlari haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ular mashq qilmagan odamlarning huddi shuningdek ko‘rsatkichlaridan farq qiladi. Ye.G.Martirosov ma’lumotiga ko‘ra, masalan, mushaklar to‘qimasi – 50,4 foizni, yog‘lar – 12,6 foizni, suyaklar to‘qimasi esa 16 foizni tashkil etadi, ya’ni mushaklar to‘qimasi 66 foizga ortiq, suyaklar to‘qimasi 2 foizga kam bo‘lib, yog‘lar orasida deyarli farq yo‘q.



Mashqlar bilan shug‘ullanmagan katta yoshdagi kishilarda mushaklar to‘qimasining ulushiga 43 foiz, yog‘larga 12 foiz atrofida, suyaklarga 18 foiz to‘g‘ri keladi. Sportchilar yaxshi rivojlangan mushaklar to‘qimasi bilan ajralib turadi. Bunday holat, ayniqsa sportning tezlik-kuch talab qiladigan turi vakillarida 53-56 foizgacha namoyon bo‘ladi. Turli mutaxassislik bo‘yicha yog‘lar bilan suyak to‘qimalari orasida farqlanish mavjud (2-jadval).

2-jadval


Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin