1-Mavzu Kimyoviy tushuncha va qonunlar Moddalar masasining saqlanish qonuni


Gazlarning zichligi va nisbiy zichligi haqida



Yüklə 144,67 Kb.
səhifə6/7
tarix10.06.2023
ölçüsü144,67 Kb.
#128299
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu amaliy

Gazlarning zichligi va nisbiy zichligi haqida
tushuncha.
Agar har xil gazlardan bir xil sharoitda 1 l dan olsak, ulardagi molekulalar soni baravar bo’ladi. Ammo olingan gazlarning og‘irliklari har xil bo’ladi, chunki bir gazning molekulyar og‘irligi bir xil bo’lsa, ikkinchi gazning molekulyar og‘irligi boshqacharoq bo’ladi. O’z-o’zidan ma’lumki, molekulalar soni teng bo’lgani holda, bir gaz molekulasi ikkinchi gaz molekulasidan necha marta og‘ir bo’lsa, birinchi gaz ham ikkinchi gazdan shuncha marta og‘ir bo’ladi. YUqorida aytib o’tilganiday bir xil sharoitda teng hajmdagi gazlar massalarining o’zaro nisbati gazlarning nisbiy zichligi deb ataladi. Masalan, kislorodning vodorodga nisbatan zichligi: .
Har qanday gazsimon moddaning zichligi hajm birligidagi (1 litr) gazsimon moddaning massasi bo’lib, ρ-bilan belgilanadi; birligi g/l, kg/m3...
Avogadro qonunidan foydalanib, masalalar ishlashda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
1. Moddaning berilgan massasidan foydalanib, undagi molekulalar sonini, hajmini (n.sh.) (agar u modda gaz yoki gaz holatiga o’ta oladigan bo’lsa) aniqlash.

bunda N-modda molekulalari soni;
NA-Avogadro soni (6,02•1023) o’zgarmas qiymat;
m-modda massasi g (kg);
Mr-moddaning molekulyar massasi g/mol (kg/kmol);
V-modda hajmi (n.sh.) l (m3);
Vm-gazlar molyar hajmi (22,4 l) o’zgarmas qiymat;
n-modda miqdori, mol (kmol).
2. Moddaning berilgan hajmidan (n.sh.) foydalanib, uning massasini, undagi molekulalar sonini topish.
(13)
. Moddaning molekulalar sonidan foydalanib, uning massasini, hajmini (n.sh.) topish.
(14)
4. Modda miqdoridan foydalanib, modda massasini, undagi molekulalar sonini hamda hajmini (n.sh.) topish.
(15)
Molekulalararo Van-der-Vaals kuchlari
Zarrachalar radiuslaridan kattaroq masofalarda neytral atomlar, ionlar yoki molekulalararo taxsir etadigan juda zaif o’zaro tortishuv kuchlari Van-der-Vaals kuchlari yoki zarrachalararo kuchlar deb ataladi. Ayni modda molekulalari (ionlari yoki atomlari) orasida o’zaro tortishish kuchlarining namoyon bo’lishi – kogeziya, turli xil moddalarning molekulalari orasidagi tortishish kuchlarining namoyon bo’lishi esa – adgeziya deb ataladi. Van-der-Vaals kuchlari uch xil ko’rinishda bo’ladi: 1) orientatsion, 2) induksion va 3) dispersion kuchlar. Ularning umumiy energiyasi uch holat energiyalari yig‘indisiga teng:
Uum=Uor+Uind+Udisp (16)
Orientatsion kuch faqat qutbli zarrachalar orasida bo’ladi. Qutbli molekulalar o’zaro yaqinlashganida ularning bir xil ishorali qutblari bir-biridan qochadi, qarama-qarshi ishorali qutblar esa bir-biriga tortiladi. Natijada bunday molekulalar fazoda maxlum tartibda joylashadi. Orientatsion kuch energiyasi ayni moddaning qutblanuvchanligiga va molekulalararo masofaga teskari proporsional bo’lib, harorat ko’tarilganida orientatsion kuch kamayadi, haroratning ko’tarilishi zarrachalarning tartibsiz harakatini kuchaytirib, qutbli zarrachalarning o’zaro batartib yo’nalgan holatini o’zgartirib yuboradi. Keezom oddiy orientatsion kuch energiyasini hisoblash uchun quyidagi formulani taklif qildi:
(17)

Yüklə 144,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin