1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari Reja



Yüklə 220,31 Kb.
səhifə44/50
tarix02.01.2022
ölçüsü220,31 Kb.
#47628
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
1-mavzu. Kirish. Matnshunoslik fanining predmeti va vazifalari R

Elektron manbalar

www.ziyo-net.uz

www.literature.uz

www.kutubxona.uz

http://textshare.tsx.org

http://www.mgimo.ru/fileserver/



3-mavzu. Islom va yozuv (Arab yozuvi va musulmon kitobatchiligi an’analari, yil hisoblari, abjad)
Reja:
1. Islom va arab yozuvining turkiy xalqlar madaniyatidagi o‘rni.

2. Hijriy va qamariy yil hisoblari.

3. Abjad, ta’rix, muhr.
Yozuv-insoniyat tafakkuri yaratgan ma’naviy boyliklarni asrlardan asrlarga, avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi bebaho vosita. U insonning eng oliy kashfiyotlaridan biri. Jahon tarixidan ma’lumki, yuksak ma’naviyat, boy madaniyatga ega har bir xalqning o‘z yozuvi bo‘lgan. Dunyo xalqlarining tillari kabi yozuvlari ham o‘ziga xos.

Afsuski, ijtimoiy-siyosiy sharoit,moddiy va ma’naviy vaziyat taqozosiga ko‘ra, ayrim xalqlarning yozuvi, hatto, tili ham unutilib ketgan. Bunga urush va nizolar, keskin sur’atda olib borilgan siyosiy tazyiq va ta’qiblar ham sabab bo‘lgan. Iste’molda yo‘q til ham, yozuv ham shubhasizki, tanazzulga yuz tutadi. O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan qadimiy bitiklar-ayrim xronika va tarixiy manbalardagina saqlanib qolgan xorazm, so‘g‘d(oromiy), o‘rxun- yenisey va uyg‘ur yozuvlarining tarixiy qismati ham shunday bo‘ldi. Ma’lumki, VII asrdan boshlab arab bosqinchilari O‘rta Osiyo va Kavkaz bo‘ylab katta harbiy yurish qildilar. Qonli muhorabalar natijasida bu ulkan hududning asosiy qismini bosib oldilar. Tez fursat ichida arablar o‘z tili, yozuvi va madaniyatini, urf- odatini mahalliy xalqlarga zo‘rlik bilan singdirishga kirishdilar. Shu tariqa bu o‘lkalarda arab alifbosi hukmron yozuv bo‘lib qoldi. Barcha rasm- rusmlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar arab yozuvi asosida rasmiylashtiriladigan bo‘ldi. Fan va madaniyat, adabiyot va san’at, o‘qish va o‘qitish ishlari ham arab yozuvi va tili negizida amalga oshirila boshladi.

Xo‘sh, arab yozuvi qaday yozuv? Uning qanday turlari bor?

Arab xatlarining turi ko‘p. Shulardan qadim zamonlardan beri ishlatilib kelinadiganlari, asosan, quyidagilardir: nasx, ko‘fiy, riqo’, shikasta, ta’liq, ma’qaliy, tavqe’, nasta’liq, suls va hokazo.

Bu yozuv turlarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ko‘fiy va suls xatlari boshqalariga qaraganda o‘qilishi va yozilishi jihatidan birmuncha murakkab. Bu xatlar ko‘pincha imoratlar, me’morchilik yodgorliklari peshtoqiga, qabr toshlariga yozilgan. Nasta’liq yozuvi bu turlar ichida oson o‘qilishi va chiroyli yozilishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo va Kavkazda u rasmiy yozuv sifatida qabul qilingan. Yozma yodgorliklar shu yozuvda yaratilgan.

Nasta’liq- “nasx” hamda “ta’liq” xatlarining o‘zaro birikuvidan vujudga kelgan yozuv turidir. O‘rta Osiyo va Kavkaz xalqlari singari o‘zbek xalqining ham ming yillik ma’naviy merosi ana shu yozuvda bitilgan.

Mashhur shoir-u nosirlar, muarrix-u mutarjimlarimizdan: Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Bobur va Ogahiylardan tortib,

Hamza, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lponlarning eng yaxshi badiiyat durdonalarigacha, Beruniy, Juvayniy, Muhammad Narshahiy, Rashididdin Votvot, Nasaviy, Bayhaqiy singari muarrixlar yaratgan o‘lkamiz tarixiga oid mumtoz asarlarning barchasi arab yozuvida bitilgan. Bulardan tashqari, tibbiyot, riyoziyot,

handasa, kimyo, ilmi nujum, jug‘rofiya kabi fanlar tarixi haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi manbalar ham ana shu yozuvda saqlanib qolgan.


Yüklə 220,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin