1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Topshiriq: quyidagi so’zlardagi j tovushini farqlab, ikki ustun shaklida yozing



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə12/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Topshiriq: quyidagi so’zlardagi j tovushini farqlab, ikki ustun shaklida yozing.
Jajji, gijda, jurnal, vijdon, Jamila, ajdar, tiraj, Ja’far, Jorj, sajdagoh, jahon, jimjit, jerkib, projector, jumla, jon, Janni Rodari, jargon, janr, janub, jarima, jarroh, javzo, jang, jemper, jentelmen, jeton, jilva, jips, jonon, juft, jo’yak, jo’shqin, jandarm, jadal, janoza, jarayon.
X,x va H, h harflari
X,x harfi q, g’ tovushlari bilan bir xil o’rinda, tilning orqa qismida hosil bo’ladigan undosh tovushni ifodalaydi. Masalan, paxta, xatar, shox, no’xat, taxta, baxt, shaxta, sinfxona, xil-xil.
H,h harfi esa bo’g’izda hosil bo’ladigan undosh tovushni ifodalaydi. Masalan, ogoh, harf, shoh, halol, havaskor, hayvonot, hayot, suhbat, hil-hil.
Bilib oling! I harfidan keyin ko’pincha x harfi yoziladi. Masalan, ixlos, mix, six, ixtiyor, ixtilof, ixtiro, ixtisoslik, ixtiyoriy, ixcham.
E harfidan keyin ko’pincha bo’g’iz undoshi keladi. Masalan, eh, ehrom, ehson, ehtimol, ehtirom, ehtiros, ehtiyot, dehqon, ehha, ehhe.
7-mashq. Nuqtalar o’rniga h yoki x harflaridan mosini qo’yib, so’zlarni yozing va ular ishtirokida og’zaki gaplar tuzing.
…ullas, osh…ona, …ayolparast, …indiston, a…loq, …ol- a…vol, …alokat, e…timol, …ushyorlik, …atti- …arakat, …alqparvar, mu…lis, …abar, podsho…
8-mashq. Quyidagi so’zlarga h yoki x harflarini to’g’ri qo’yib yozing.
(H/X)irot, mu(h/x)r, (x/h)ato, (h/x)osil, (h/x)alokat, Abdura(h/x)mon, (h/x)azil, (x/h)itob, dara(h/x)t, (x/h)umor, (h/x)amroh, (h/x)ira.
9-mashq. Nuqtalar o’rniga x yoki h harflaridan talab qilinganini qo’yib ko’chiring.
1. Kechga borib, No’…atpolvon o’rnidan turib, u yoq-bu yoqqa pildirab yura boshlabdi. (Mirza Karim) 2. Ogo…lik - davr talabi. 3. Bolalarim, …alol va …aromning farqiga boringlar, - derdilar bobom.(Gazetadan) 4. Alifboda 26 ta …arf va 3 ta …arflar birikmasi bor. 5. Ro…at kelinoyi cho’pchakka usta, ajoyib gapdon …otin.
10-mashq. Quyida xato berilgan so’zlarni imlo qoidalariga mos ravishda daftaringizga ko’chiring.
Bahil, hasis, xasad, gox-goh, habar, mexnatkash, xovuz, xosil, xuquq, xiylakor, hato, hokkey, ho’roz, habar, xoxish, hushnud, axborot, nikox, islox.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin