1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə32/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Talaffuz va ohang
Og’zaki nutq oqimi bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar ketma-ketligidan iborat. Bunday bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Lekin og’zaki nutqimiz faqat segment birliklardangina tashkil topmaydi. Bulardan tashqari, ketma-ket joylashgan va bo’linuvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan tovushlar qatori ustiga qo’yilgan ustsegment birliklarga ham ega bo’ladi va bu birliklar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi.
Ustsegment birliklar urg’u, to’xtam (pauza), nutqning emotsional bo’yog’i (darak, so’roq, buyruq, his-hayajon) kabilarni o’z ichiga oladi. Yuqorida ko’rsatilgan ustsegment birliklarning jami nutq ohangini tashkil etadi.
Og’zaki nutqimiz esa segment birliklar bilan ustsegment birliklarning o’zaro munosabatidan iborat bo’ladi. Ko’pincha bunga imo- ishoralar, mimikalar qo’shilib, nutqimizni yana ham ta’sirli, bo’yoqdor qilishga xizmat qiladi.
5-mavzu: O’zbek tilining yangi imlo qoidalari
Yozuv va uning tarixi
Bilib oling. Yozuv fikrning tashqi shakily ifodasidir. Yozuv orqali kishilar o’z fikrlarini bir-birlariga bildiradilar, avlodlarga qoldiradilar. Yozuv orqali biz minglab yillar oldin o’tgan voqealar, shaxslar, ilm va odatlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lamiz. Ana shunday qiymatga ega bo’lgan yozuv birdan paydo bo’lmagan.
Dastlabki yozuv rasmlar orqali (bu xil yozuv piktografik, “pictus” -chizilgan, “graphe” - yozaman, yozuv deyiladi) bo’lgan. Bunda har bir rasm (yoki narsa) biror ma’no ifodalagan (quyosh- kunduzni, oy- tunni, toshbaqa- baxtni kabi).
Yozuvning keying davri - ideografik yozuvdir (grekcha “idea”- tushuncha, “graphe” - yozaman). Bu xil yozuvda har bir yoki bir guruh tushuncha uchun bir xil ramziy simvolik shakl olinadi. Masalan, ko’z -ʘ, asir - O, oy - , tog’ -  kabi.
Piktografik va ideografik (uning birinchi bosqichlarini logografik (“logo” -so’z, “graphe” -yozaman) yozuv ancha murakkab bo’lib, yuzlab shakllarni chizish va ularning mazmunini bilishni talab etgan. Shuning uchun kishilar yozuvning yangi bosqichi - fonografik (yun. “phane” -tovush, “graphe”- yozaman) yozuvga - avvalo ayrim bo’g’inlarni, keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuliga o’tadilar. Fonetik yozuvning kelib chiqishi qadimgi Finikiya yozuvi bilan bog’lanadi.
Xalqlar fonetik yozuvning turli - lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvlari va ularning ayrim o’zgargan turlari kabi shakllarini yaratganlar.
Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog’och, qamish kabi qattiq jismlarga, so’ngra pergament va qog’ozga yozilgan. Yozuvlar o’ngdan chapga, chapdan o’ngga yoki yuqoridan pastga qarab o’qilishi mumkin.
Tarixda o’rxun-enasoy, so’g’d, xorazm, uyg’ur ,Avesto kabi yozuv turlaridan foydalanilgan.
O’rta Osiyoda VIII-IX asrlarga kelib arab yozuvi tarqala boshlagan va qariyb 1200 yil qo’llanib kelingan.
1930-yildan to 1940-yilgacha lotin yozuvidan foydalanilgan.
1940-yil may oyidan rus grafikasiga asoslangan o’zbek yozuvi amalga tatbiq etildi.
1993-yilning 2-sentabr kuni “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin