Mashq va topshiriqlar
1. Gaplarni o’qing, ularni til va yozuv taraqqiyoti nuqtayi nazaridan tartib bilab ko’chiring.
1.VIII asrda O’rta Osiyoda islom dini bilan birga arab yozuvi ham tarqaldi. O’zbek xalqi bu yozuvdagi 28 harfga yana qo’shimcha to’rtta harf kiritib, o’z tiliga moslashtirdi. 2. 1940-yil 8-mayda O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan kirill yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosi qabul qilindi. Ushbu alifbo asosida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” 1956-yil 4-aprelda tasdiqlangan edi. 3. 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilinishi mustaqil Vatanimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yilo 24-avgustda tasdiqlandi. 4.O’zbek yozuvi dastlab 1929-yilda lotin grafikasiga asoslangan alifboga ko’chirilgan edi. 5. Turkiy xalqlarning ko’plab bebaho yodgorliklari qadimgi turk va uyg’ur yozuvlarida bitilgan. O’rxun-Enasoy yozuvi harf (tovush) yozuvining ancha mukammal shakli bo’lib, har bir tovush uchun maxsus shakl qo’llangan. 6. O’rta Osiyo xalqlari eng qadimdan o’z yozuv madaniyatiga ega bo’lganlar, harf (tovush) yozuvining eng qadimgi shakllari hisoblangan sug’d va xorazmiy yozuvlaridan foydalanganlar. Bu yozuvlar oromiy alifbosi asosida yuzaga kelgan.
2. Nuqtalar o’rniga “e” harfi yoki “ye” harflar birikmasidan mosini qo’yib, so’zlarni ko’chiring, ular asosida gaplar tuzing.
…tishtirmoq, …kin, …tarli, …gov, …tim, …chmoq, …lak,… lin, …llik, …bto’ymas, …lka, …lvizak, …lat, …taklamoq, …ndi, …rimoq, …rtak, …slatma, …vropa, …chinmoq, …rkak, …gizak, …shik, …chkemar, …tik, …nsa, n…vara, qa…r, voq…a, karat…, mavq…, mut…,mavz…, …lkan.
3. Nuqtalar o’rniga “h” yoki “x” harflaridan mosini qo’yib ko’chiring.
A…lat, a…tarmoq, an…or, alo…ida, a…moq, ba…ona, ba…amji…at, ba…s, be…I, boj…ona, dil…iroj, dir…am, be…uda, duo…on, de…qon, e…tiros, e…son, fat…, fa…r, foti…a, fotomu…bir, go…ida, gumro…, guru…, go’la…, …adik, …ammom, …arakat, …asad, …ikmat, dori…ona, …usni…at, i…ota, i…tisoslik, ja…on, ma…si, mas…ara, mad…, malo…at, ma…luq, me…nat, no’…at, o…u, o…irat.
Dostları ilə paylaş: |