1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə41/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Ajratib yozish.
1. Qo’shma fe’l, shuningdek, ko’makchi fe’lli qo’shilmalar doimo ajratib yoziladi: kiribchiqdi, olibkeldi, oshkoretdi, aytibqo’yaqoldi, o’qibchiqdi kabi.
2. Har, hech, bir, u, shu, o’sha, hamma kabi so’zlar o’zi birikib kelgan so’zdan ajratib yoziladi: harkim, hechnarsa, birzum, buyerda, o’shajoyda, hammavaqt kabi.
3. Ko’makchilar o’zi bog’langan so’zdan ajratib yoziladi: vatanuchun, sizbilan, shahartomon.
4. Sifatning orttirma darajasini yasovchi to’q, och, tim, lang, jiqqa kabi so’zlar ajratib yoziladi: timqora, ochko’k, to’qsariq kabi.
5. Qo’shma sonlar ajratib yoziladi: o’nto’qqiz, biryuzyigirmabesh, ikkimingbirinchi va hokazo. 6. Yildan yilga, kundan kunga kabi ko’rinishdagi birliklar ham ajratib yoziladi. 7. Nuqtayi nazar, tarjimayi hol, dardi bedavo kabi izofali birikmalar ham ajratib yoziladi.
1. Quyidagi qo’shma so’zlarning qanday yozilishini aniqlang va ko’chirib yozing.
Qirq- bo’g’im, qashqar- gul, chala- savod, xush- bichim, ish- yoqmas, omma-bop, millatlar-aro, tez-oqar, havo-rang, ayta-oladi, qayta-qurish, chanqov- bosdi, umum-davlat, odam-sifat, Tyan-Shan, Chil- ustun, muz-qaymoq, ser-daromad, Nyu-York, olib-sotar, oynayi-jahon, Markaziy-Osiyo, temir- yo’l, oy-noma, kalta-kesak…
2. So’zlarni qo’shib yoki ajratib yozish qoidalari asosida ikki guruhga bo’lib ko’chirib yozing.
Ko’z//oynak, sotib//olmoq, alla//qachon, shu//yerga, baland//parvoz, xom//semiz, tinchlik//sevar, umum//davlat, shaharlar//aro, shirin//so’z, jigar//rang, besh//kokil, otash//qalb, g’ayrat//qilmoq, bilag//uzuk, Yakka//saroy, Olti//ariq, Qum//qo’rg’on, Sot//voldi, kino//yulduz, radio//markaz, tele//tanlov.
Bosh harflar imlosi
1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi.
2. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog’, tepa, adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi
3. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari , sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi
4. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi.
5. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi.
6. Mudofaa vazirligi, Davlat test markazi, “Umid” jamg’armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi kabi tashkilotlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi.
7. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so’zlar har biri bosh harf bilan yoziladi: “O’zbekiston Qahramoni” unvoni, “Oltin Yulduz” medali
8. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin