1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


! Yodda tuting.“Imlo qoidalari” va “Imlo lig’ati” ga



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə44/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

! Yodda tuting.“Imlo qoidalari” va “Imlo lig’ati” ga
ILOVA
O’zbek kirill alifbosidagi ayrim harf va belgilar o’zbek lotin alifbosida quyidagicha aks ettiriladi:
1. ё, ю, я harflari o’rniga qaysi harflarni yozish ular bajaradigan vazifaga bog’liq:
1) ikki tovushni (y + unli) ifodalashga xizmat qilsa, yo, yu, ya harflari yoziladi: ёмғир - yomg’ir, заём - zayom; ютуқ - yutuq, юрист - yurist; яхши - yaxshi, ядро - yadro kabi;
2) o’zidan oldin kelgan undoshning yumshoq ekanini ko’rsatishga xizmat qilsa, ikki xil:
a) asosan bir harf ёharfi o’rniga o harfi, ю harfi o’rniga u harfi, я harfi o’rniga a harfi yoziladi: стажёр - stajor, бюджет - budjet, фляга - flaga kabi;
b) so’zning talaffuzi keskin o’zgarib kelmasligi uchun qisman ё harfi o’rniga yo harflari, ю harfi o’rniga yu harflari, я harfi o’rniga ya harflari yoziladi: плёнка - plyonka, бюрократ - byurokrat, славян - slavyan kabi.
Demak, ё, ю, я harflarini ikkinchi vazifasida qanday yozish bo’yicha aniq qoida berib bo’lmaydi, bunday harf qatnashgan so’zning to’g’ri yozilishi “Imlo lug’ati”da aks ettiriladi.
4. ь belgisi:
a. undosh tovushning yumshoqligini ko’rsatsa, yozilmaydi: альбом - albom, апрель - aprel kabi;
b. ayirish belgisi vazifasini bajarsa, ikki xil:
c. ю, я, е harflaridan oldin kelganida tushirilib, harf o’rniga yu, ya, ye harflari yoziladi: интервью -intervyu, фортепьяно - fortepiano, премьера - premyera kabi;
d. o, u harflaridan oldin kelganida belgi o’rniga y harfi yoziladi: павильон - pavilyon, Ильин - Ilyin kabi.
5.ъ belgisi:
1) rus tilidan olingan so’zlarda tashlanib, undan keyin kelgan е, ю harflari o’rniga ye, yu harflari yoziladi: разъезд - razyezd, адъютант - adyutant kabi;
2) arab tilidan olingan so’zlarda bu belgi tutuq belgisiga almashtiriladi: маъно -ma’no, санъат - san’at kabi.
6. ц harfi o’rniga:
so’z oxirida, so’z boshida, old qo’shimchadan keyin, undoshdan keyin s harfi yoziladi: кварц - kvars, целлофан - sellofan, антициклон - antisiklon, конструкция - konstruksiya kabi.
7. Щ harfi o’rniga sh yoziladi: община - obshina, ямщик - yamshik kabi (faqat мещан so’zi quyidagicha yoziladi: meshchan);
8. ы harfi o’rniga i yoziladi: вымпел - vimpel, вышка - vishka kabi.
9. Kirillcha ю harfi ikki harf yu bilan (yurak); я harfi ya (yashik, yashil) va a shaklida ( oktabr, sentabr); harfi yo (yordam, yosh) va o (rejissor, likor) shaklida yoziladi.
10. Kirillcha ц harfi so’z boshi va oxirida, so’z o’rtasida (undoshdan keyin) s harfi bilan yoziladi: цирк- sirk, центнер -sentner,акцент - aksent, абзац -abzas kabi.
Unli tovushdan so’ng ts yoziladi: милиция- militsiya, aгглютинация -agglutinatsiya.
11. Kirillcha e harfi: 1) so’z boshida ye shaklida (ep -yer); 2) so’z o’rtasida e tarzida o’qiladi (keldi).
12. Chet el so’zlarida qo’llanadigan yumshoqlik (ь) va qattiqlik belgisi (ъ) yangi o’zbek alifbosida tushirib yoziladi: альбом - albom, июнь- iyun, pельс -rels, съезд-syezd, субъект-subyekt.



Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin