1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə45/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

7-mavzu: Imlo tamoyillari
! Bilib oling. Tilda so’zlar va qo’shimchalar ma’lum bir qoidalar asosida yoziladi. Bu qoidalar mutaxassislar tomonidan tuzilib, jamoatchilik ma’qullagach, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Imlo quyidagi qoidalar (prinsiplar)ga asoslanadi:
Fonetik yozuv qoidasi
O’zbek tili imlosining qoidalaridan biri fonetik yozuv bo’lib, ko’p so’z va qo’shimchalarni eshitganimiz bo’yicha yozish mumkin. Masalan, odatda jo’nalish kelishigi -ga qo’shimchasi bilan yoziladi: o’tga, ishga; -k, -q tovushi bilan tugagan so’zlarga -ka, -qa shaklida qo’shiladi, shunday o’qiladi va yoziladi: ko’kka, terakka, buloqqa kabi. Lekin pedagogga, Lafargga, mitingga kabi ruscha (va b.) so’zlar -ga bilan yoziladi.
1. Og’iz, ko’ngil, burun, singil, o’g’il kabi so’zlarga egalik qo’shimchalari qo’shilganda, negizidagi -i yo -u tovushi tushib qoladi va shunday yoziladi: o’g’lim, singlim, ko’nglim; og’zida boli bormi, burni, ulg’ay (ulug’), sarg’ay (sariq) kabi.
2. Yosh, ot, son, ong kabi so’zlarda -a yoki -la qo’shimchalari qo’shilganda, o tovushi a tovushiga aylanadi va shunday yoziladi: angla, ata, yasha, sana.
3. Ikki, yetti sonlariga -ov qo’shimchasi qo’shilganda, so’z oxirida -i tushib qoladi va shunday yoziladi: ikkov , yettov.
4. -a yoki -ya bilan tugagan so’zlarga -v yoki -q qo’shimchalari ( ot yasaydigan) qo’shilsa, o’zakdagi a tovushi o tovushiga aylanadi va shunday yoziladi: so’ra+q-so’roq, bo’ya+q-bo’yoq, sayla+v-saylov, tanla+v-tanlov, sana+q-sanoq.
5. Fe’l nisbatlari yasovchi qo’shimchalar qanday eshitilsa, shunday yoziladi: kuldir, o’tkaz, ko’rgaz, tutqaz,eshittir, oldir…
6. Qo’shma fe’llarning ayrimlari ajratib ham, talaffuzga ko’ra qo’shib ham yozilaveradi: ishlay ber - ishlayver, kela oldi- keloldi, o’qiy oldi-o’qiyoldi.
Morfologik yozuv
! Bilib oling. Morfologik yozuv qoidasi - so’z o’zagi va qo’shimchalarni aynan yozish demakdir. Masalan, fe’lning zamon va shaxs qo’shimchasi -di qanday aytilishi va eshitilishidan qat’iy nazar, doimo -di yoziladi: ketti- aytilishi, ketdi- yozilishi; o’qipti-eshitilishi, o’qibdi-yozilishi; aytipti- aytilishi, aytibdi-yozilishi kabi.
-dan va -da qo’shimchalari aynan talaffuz qilishdan (dalada,eldan) tashqari, -tan, -ta tarzida ham aytiladi, lekin hamisha -dan, -da yoziladi: ishda, maktabdan, balandda, Toshkentda va b.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin