1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


O’ZBEK TILIINING ASOSIY IMLO QOIDALARI



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə37/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

O’ZBEK TILIINING ASOSIY IMLO QOIDALARI
So’zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat’iylik millatni yakdillikka, ma’naviy jipslikka yetaklaydi. Shu ma’noda har bir xalq o’z tilining imlo qoidalarini ishlab chiqadi, uni amaliyotga tatbiq etadi.

Kirill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz 1956- yilda tasdiqlangan edi. Davr o’tishi bilan u eskirdi, amaliy ehtiyojlarimizga javob bermay qoldi. Shu bois, 80-yillarning boshlaridayoq uni yangilashga urinishlar boshlandi.


O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, mustaqillikning qo’lga kiritilishi yangi imlo qoidalarini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Lotin yozuviga asoslangan yangi alifboning joriy etilishi esa bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995-yilning 24- avgustida 339-sonli “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi. U 82 banddan iborat bo’lib, quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1. Harflar imlosi:
a) unlilar imlosi (1-7 bandlar);
b) undoshlar imlosi (8- 32 bandlar);
2. Asos va qo’shimchalar imlosi (33-37-bandlar);
3. Qo’shib yozish (38-50-bandlar);
4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar);
5. Ajratib yozish (57-65-bandlar);
6. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar);
7. Ko’chirish qoidalari (75-82-bandlar).
Unlilar imlosi
Yangi imlo qoidalarida unli harflarning yozilishiga keng o’rin ajratilgan.
A a harfi savol, zamon, bahor so’zlarida «o» kabi aytilsa ham doim «a» yoziladi.
O oharfi boshqa tillardan kirgan quyidagi so’zlarda «a» kabi talaffuz etiladi, biroq hamisha «o» yoziladi: kollej, monitoring, dekoratsiya, omonim,okulist…
Yoki tonna, noyabr, boks kabi so’zlarda «o» «o’» kabi aytiladi.
I i harfi bilan, til, tilak, har xil, qism kabi so’zlarda qisqa aytiladi; badiiy, ommaviy, Lutfiy kabi so’zlarda cho’ziq aytiladi, lekin doim «iy» yoziladi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin