1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


Chorvachilikka aloqador qo`shiqlar



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə31/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Folklor mavzular

Chorvachilikka aloqador qo`shiqlar. Xalqimiz qadimdanoq chorvachilik bilan ham shug`ullanib kelgan. Bu kasb xalqimiz hayotida muhim o`rin egallagan. Xalq orasida ot boquvchini yilqiboqar, tuya boquvchini tuyaboqar, sigir va ho`kiz boquvchini podachi, qo`y-echki boquvchini qo`ychivon yoki cho`pon, tovuq boquvchini-parrandaboqar deyish an’anaga aylangan. Turli–tuman qushlarni parvarish qiluvchilar nomiga “Qushchi” nisbatini qo`shib aytishgan.
Ot, tuya, ho`kiz kabi jonivorlar hamisha chorvador va dehqonning mehnat jarayonidagi yaqin ko`makchisi bo`lgan. Ular orqali qadimgi ajdodlarimiz olis manzilni yaqin, mashaqqatli ishni oson qilishgan. Shu bois bu jonivorlarni qadimgi kishilar totem va kult darajasiga ko`tarib ardoqlashgan. Ularga nisbatan alohida e’tibor bilan munosabatda bo`lishgan. hatto doston, afsona, ertak, rivoyat kabi xalq asarlarida bu jonivorlar bilan bog`liq turli epik talqinlar paydo bo`lgan.
Qo`ylarni sog`ish va qo`zilarni emizish jarayonida kuylanadigan “turey-turey” qo`shiqlarida ona sovliqni madh etish, uni iydirishga qaratilgan erkalash motivlari yetakchilik qiladi.
“Turey-ture”lar ko`pincha qorako`lchilikda terisini olish uchun 3-4 kunligidayoq (barraligidayoq) so`yib yuborilgan qo`zichoqlarning onalarini sog`ish uchun kuylanadi. Shu sababli ularda ona qo`yning o`z bolasini qidirishi, uni izlab ma’rashiga hamdardlik bildirish, achinish motivlari katta o`rin tutadi.
Sovdi bo`lib sovdirgin, turey-turey,
Sovsa kadi to`ldirgin, turey-turey.
Buncha kuyma jonivor, turey-turey,
Taqdirga endi ko`ngin, turey-turey.
Qo`shiqda o`z bolasini izlayotgan ona qo`yni tinchitish, taqdirga tan berishga ko`ndirish motivlari ifoda etilgan.
“Churiyala” yoki “churey-churey”lar echkilarni sog`ish yoki uloqlarni emizish paytida ijro etilgan. Ularda echkini iydirish, bolasini emdirishga qarshilik qilmaslik motivi ustunlik qiladi. Churiyalarda ko`pincha echkining, sersut yelini, soqoli, shoxi yoki qashqasi maqtaladi:
Og`ziginangda o`ting bor, churey-churey,
Elinginangda suting bor, churey-churey,
Sersoqolim jonivor, churey-churey,
Kerilib turgan buting bor, churey-churey.
Ayrim churiya qo`shiqlarida sof ishqiy motivlar ham ifodalangan. Faqat ulardagi “churiya” so`zining takrori uning sog`im qo`shig`i ekanligini bildirib turadi.
Churiyalar turey-tureylarga nisbatan bir oz cho`ziqroq ohangda aytiladi.
Sog`im qo`shiqlari sog`ilayotgan hayvonga shaxs sifatida murojaat qilish, unga so`z yordamida ta’sir ko`rsatish tasavvuri bilan yaratilgani bois ularda tashxis (jonlantirish) san’ati markaziy o`rin egallaydi. U kuylovchiga o`z ichki dardlarini, ruhiy holatini, alam-iztiroblarini bayon qilish uchun muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Sog`im qo`shiqlari barmoq vaznida, mustaqil to`rtliklar shaklida yaratiladi. Ular, asosan, a-a-b-a tarzida qofiyalanganligi kuzatiladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin