1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


Hunarmandchilikka aloqador qo`shiqlar. H



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə33/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Folklor mavzular

Hunarmandchilikka aloqador qo`shiqlar. Hunarmandchilik kasbi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish davrida, ov hamda boshqa mehnat qurollarini yasashga nisbatan ehtiyojning tug`ilishi tufayli paydo bo`lgan. hunarmandchilikning paydo bo`lishi shahar hayotining taraqqiy etishi bilan ham bog`liq. Hunarmandchilik mahsulotlarini sotish esa yana bir mehnat turi-savdo-sotiqni ham keltirib chiqargan.
Hunarmandchilik ishlarini bajarish jarayonida kuylanilgan qo`shiqlar hunarmandchilik qo`shiqlari deb yuritiladi. O`zbek xalq hunarmandchilik qo`shiqlari orasida charx yigirish, urchuq yigirish, o`rmak o`rish, kashta, to`n tikish, gilam, bo`z to`qish bilan bog`liq qo`shiqlar asosiy o`rin tutadi. Shular orasida ip yigirish, kashta, do`ppi, to`n tikish, gilam to`qish kabi mehnat turlarini, asosan, ayollar bajargan. Shu bois bu jarayonda aytiluvchi qo`shiqlarni ham xotin-qizlar yaratib, ijro etishgan.
Hunarmandchilik qo`shiklarida hunarmandlarning og`ir turmush tarzi, mashaqqatli mehnat sharoiti, ruhiy olami o`z aksini topgan. Ularni to`quvchilik va tikuvchilik qo`shiqlari tarzida ikki katta guruhga bo`lish mumkin.
Charx qo`shiqlari to`quvchilik qo`shiqlari silsilasida keng tarqalgan bo`lib, ularda ip yigirish quroli bo`lgan charxning tavsifi, charx yigirishning mashaqqati, charx yigirmasa, tirikchilikning o`tmay qolishi, charx yigiruvchi ayolning o`z mehnati samarasidan bahramand bo`lish orzusi, zolim er va qaynonadan, ko`pincha kundoshlikdan nolish motivlari kuylanadi:
Bir charxim bor shaqqildoq,
Qaynonam o`lsin-qaqqildoq.
Oftob chiqsa-bit qoqar,
O`g`li kelsa- gap chaqar.
Qo`shiqda charxning bir xildagi yoqimsiz, zeriktiruvchi boshni og`ritadigan ovozi zolim qaynonaning ta’na-dashnomlari bilan bejiz tenglashtirilmagan. Chunki ularning har ikkalasi ham kelinchakni juda toliqtiradi. Qaynonaning g`iybatdan iborat mayda gaplari bitga o`xshatilmoqda. Chunki u ham bit kabi kishi badanida dard uyg`otadi.
Bo`zchi qo`shiqlari. O`tmishda turli matolarga bo`lgan ehtiyoj faqat qo`l mehnati orqali, oddiy to`qish dastgohlari vositasida qondirilgan.
Bo`z to`qish dastgohlari zax va qorong`i hujralarda joylashgan. Bo`z to`quvchini bo`zchi deb aytganlar. Bo`z to`qish nihoyatda qiyin yumush bo`lgan. Bo`z to`qish uchun kecha-kunduz dastgohlar oldidan jilmay ishlashga to`g`ri kelgan. Shunday qiyinchilikni yengish, charchoqni unutish maqsadida bo`zchilar ko`plab qo`shiqlar yaratganlar. Bunday qo`shiqlarni bo`zchi qo`shiqlari deb yuritishgan.
Bo`zchi qo`shiqlarida unumsiz va mashaqqatli bo`lgan bo`z to`qish mehnatining qiyinchiligi, bo`zchi bozorining kasodligi, to`quvchilarning oilalaridagi muhtojlik va qashshoqlik xususida kuylanadi:
Go`sht ololmay gurda olgan bo`zchi,
Qiz ololmay beva olgan bo`zchi.
Munchalar shildirab o`tar nochasi,
Qip – qizil shalg`omga o`xshar pochasi.
Hozirgi paytda mato to`qish ishlarining texnik jihatdan avtomatlashtirilishi oddiy to`qish dastgohlarini siqib chiqarmoqda. Shundamikin, bo`zchilar qo`shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda.
Kashtachilik qo`shiqlari. O`zbek kashtachiligi dunyoda mashhur. Xalqimiz bu hunar bilan juda qadim zamonlardan beri shug`ullanib keladi va uni san’at darajasiga ko`tarishga erishgan. Kashtachilikning bir necha turlari mavjud. Bular bosma, jimalay, sanama, ilma deb yuritiladi. Ularning xar biri kashtachidan alohida mehnat va mahoratni,bilim va qobiliyatni talab etadi.
Kashta tikish bilan ayollar shug`ullanishadi. O`tmishda har bir qizdan kashta tikishni bilish talab etilgan. Chunki u o`z sepini o`zi tikkan kashtalari bilan to`ldirishi lozim sanalgan. Kashtaning turiga qarab, uni tikkan qizning qandayligiga, fe`l-atvoriga, qobiliyatiga baho berishgan va bu hol kashtachilik qo`shiqlarida o`z ifodasini topgan:
Bosma tikkan botir qiz,
Jimalay tikkan chevar qiz.
Sanama tikkan sardor qiz,
Ilma tikkan ilgir qiz.
Hozirgi paytda kashtachilik san’ati milliy qadriyatlarimizdan biri sifatida nihoyatda qadrlanadi. Uni yanada rivojlantirish, kashtado`zlikni rag`batlantirish uchun qator chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Har yili kashtachilarning an’anaviy ko`rik-tanlovlari o`tkazilib turilibdi. Eng yaxshi kashtado`zlar uchun maxsus sovrinlar tashkil etilmoqda.
Kashtachilik qo`shiqlari barmoq vaznining 7-8 hijoli tizimida yaratilib, ko`pincha a-a-b-a va a-a-a-a shaklida qofiyalangan. Bunday holatni do`ppido`zlik va to`nduzlik qo`shiqlarida ham kuzatish mumkin.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin