Tarixiy qo`shiqlar. Tarixiy qo`shiqlar o`zbek xalq poeziyasining alohida turkumini tashkil etadi. Bu turkumga kiruvchi qo`shiqlar juda qadimiy bo`lib, ularda tarixiy-siyosiy voqea-hodisalar, real shaxslar faoliyati lirik-epik yo`nalishda talqin etiladi. Shu tufayli ular tarixiy qo`shiq atamasi bilan yuritiladi.
Tarixiy qo`shiqlar epik va liro-epik xarakterga ega bo`ladi. Epik xarakterdagi tarixiy qo`shiqlarda xalq hayotida yorqin iz qoldirgan, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy voqea-hodisalar yoki real shaxslar faoliyati epik hikoya qilib beriladi. Ularda ijodkorning ichki kechinmalari va his- tuyg`usi, lirizm passiv darajada ko`zga tashlanadi. Bu xildagi asarlar sirasiga Ernazar shoirning Botirxon zulmi, Nurmon Abduvoy o`g`lining Nomoz nomli tarixiy qo`shiqlari yorqin misol bo`la oladi.
Tarixiy qo`shiqlarning asosiy mazmun- mundarijasini tarixda bo`lib o`tgan va xalq hayotida malum iz qoldirgan tarixiy voqea-hodisalar, dalillar va real tarixiy shaxslar faoliyatiga aloqador talqinlar tashkil etadi. Tarixiy mavzusiz tarixiy qo`shiq yaratilmaydi. Zero, tarixiy qo`shiq janri bilan tarixiy mavzudagi badiiy asar o`rtasida muayyan farq U.Jumanazarovning etirof etishicha : «Tarixiy qo`shiq janri syujetga asos bo`lgan materialning real tarixga to`la mos kelishi va asoslanishi, unda to`qima yoki fantaziyaning bo`lmasligi bilan tarixiy mavzudagi badiiy asar tushunchasidan jiddiy farqlanib turadi.»
Tarixiy mavzudagi badiiy asarlar o`ta aniq tarixiylik doirasida bo`lmaydi. Tarixiy qo`shiqlar yaratuvchisiga qarab, ikki tipga bo`linadi. Bular: a) muallifi nomalum bo`lgan, yani anonim xarakterdagi tarixiy qo`shiqlar; b) muallifi aniq bo`lgan, yani professional ijodkorlar xalq baxshilari tomonidan yaratilgan va ijro etilgan tarixiy qo`shiqlar.
Terma. Terma o`zbek folkloridagi mustaqil janrlardan biri. U, asosan, baxshilar tomonidan yaratiladi va ijro qilinadi. Terma baxshining individual (yakka) ijod mahsuli hisoblanadi. Ular sozli ijroga mo`ljallangan. hajmi 10 12 misradan 150 200 misragacha, ba’zan undan- da ortiq bo`lgani bois liro – epik asar hisoblanadi. Ko`pincha pand–nasihat, odob–aхloq, soz va so`z haqida yaratilgan bo`ladi. Lekin ba’zi termalarda ijtimoiy hayotdagi turli hodisalarga munosabat bildirish, shaxs va jonivorlarning tarifi yoki tanqidi yetakchilik qiladi.
Terma so`zi lug`aviy jihatdan termoq manosini anglatsa, istilohiy manoda terib aytmoq, tanlab termoq manolarida bo`lib, xalq qo`shiqlari silsilasidagi mavzu mohiyatiga ko`ra bir birini to`ldiradigan uchlik, to`rtlik, beshlik va oltilikdan iborat bandlarni kompozision jihatdan bir tizimga yaxlitlashtirish asosidagi lirik yoxud xalq dostonlari ijrosi oldidan baxshining o`z repertuariga poetik ekskurs qilishi asnosida badihatan tug`ilgan biografik yoki avtobiografik, ayrim hollarda didaktik xarakterdagi epik qo`shiq namunasi.
Termalarning janriy xususiyatlari, avvalo, bajaradigan vazifalarida namoyon bo`ladiki, bular quyidagilardan iborat:
1. Termalar dostonlarga kirish vazifasini bajaradi. Bunda dostonchi doston aytishga kirishmoqdan oldin repertuariga murojaat qilarkan, tinglovchilarni doston tinglashga tayyorlash masalasini hal qiladi.
2. Termalar dostonchi-shogird tayyorlash masalasini ham hal qiladi; boshda shogirdni u yoki bu terma, u yoki bu dostondan parchani yodlab aytish orqali mahorati va iste`dodini tarbiyalab boradi.
3. Termalarning axborot beruvchanlik vazifasiga. Bu vazifasiga ko`ra, terma dostonchi repertuaridagi asarlar haqida malumot beradi. Tinglovchilar esa, dostonlardan qay birini eshitish istagini bildirsalar, baxshi o`sha asarni ijro etishga kirishmog`i shart. Termaning doston terish yoki doston tanlashdan iborat mohiyati ana shu bilan belgilanib, bu xildagi termalar Nima aytay yoki Kunlarim hamda to`y maqtoviga bag`ishlovlar shaklidadir.
Termalar yaratilish davriga hamda g`oyaviymavzuviy xususiyatlariga ko`ra qator ichki turlarga bo`linadi.
Yaratilish tarixi jihatidan termalar ikki xil bo`ladi: ananaviy va zamonaviy.
Ananaviy termalarga o`tmish voqealariga munosabat, doston qahramonlari geografiyasi, xalqning ahloqiy qarashlari ko`pincha tarannum etiladi. Zamonaviy termalarda esa, yangicha turmush voqeliklari, unga baxshining munosabati kuylanadi.
XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida avtobiografik va biografik termalar tasirida yangi dostonlar ham yaratildi. Masalan, Ergash Jumanbulbul o`g`lining Tarjimai hol, Fozil Yo`ldosh o`g`li, Saidmurod Panoh o`g`li, Abdulla shoirlarning Kunlarim termalari haqida Shunday deyish mumkin. Bu esa shuni ko`rsatadiki, terma janri shu darajada keng imkoniyatga egaki, unga mos mazmun topilsa, shu she`riy shakldan foydalanib, yangi epik asar yaratsa bo`ladi. Bunday holatni o`zbek baxshilarining ijodi misolida bemalol kuzatish mumkin.