1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


Maqol va aforizm (hikmatli so‘z) munosabati



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə37/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103
Folklor mavzular

6. Maqol va aforizm (hikmatli so‘z) munosabati.

«Paremia» grekcha so‘z b o ‘lib, hikmat, naql, hikmatomuz obrazli

ibora m a’nolarini anglatadi. 0 ‘zbek folklorida maqol, tabu va topishm oq singari janrlar hikmatga yo‘g‘rilganli, g ‘oyat ixcham, siqiq, lo‘nda va obrazli ifodalanishi bilan xalq paremik ijodini tashkil etadi. Biroq u hanuzgacha alohida adabiy tu r sifatida e’tirof etilmay, goh xalq nasri, goh xalq poeziyasi tarkibada mavhum holda kichik tu r tarzida ko‘rib kelinmoqda. Holbuki, maqollarda xalqning necha ming yillardavomida turm ushda sinalib, anglangan haqiqatlar ixcham axloqiy baho tarzida umumlashtirilsa, tabularda xuddi shu axloqiy baho taqiq yo‘sinini olgan. Topishmoqlarda esa xalqning narsa va hodisalarga oid qarashlaridan iborat haqiqat o ‘sha narsa va hodisalar asliyatiga xos yetakchi belgilarini epitetli ixcham iboralar shaklida aks ettiradi. Dastlabki ikkala holat axloqiy baho hikmat darajasida xalq donoligini umumlashtirsa, keyingisida fikrni harakatga solish asnosida xalqning topqirligi, sinchkovligi, kuzatuvchanligi va hozirjavobligini anglatadi. Binobarin, xalq paremik ijodi folklomimg alohida va mustaqil turidir. Unda xalq e’tiqodining tarixiy izlari aks etgan.

Xalq paremik ijodiyoti o ‘ziga xos qonuniyatlar va rivojlanish tamoyillariga ega. Uning ana shu xususiyatlarini folklorshunoslikning paremiologiya sohasi o ‘rganadi. Xalq paramek ijodiyoti namunalarmi to ‘pIash va yozib olish hamda kitobat qilish bilan esa parem iografiya shug‘u llanadi. O‘zbek paremiologiyasi o ‘z sarchashmasini Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asaridan olgan va o ‘tgan asrlar davomida stixiyali rivojlangan bo‘lsa, XX asrning 20-yillaridan uzliksiz taraqqiyot yo‘liga kirdi va m a’lum yutuqlarga erishayotir.

Topishmoq. Hayotni o ‘ziga xos badiiy idrok etish shakli bo‘lgan topishmoq o ‘zbek folklorining ommaviy janrlaridan biridir. Inson va uni o 'rab olgan olam topishm oqlarda ko‘chimlar, o ‘xshatishlar, taqqoslashlar, qiyoslar, solishtirishlar, savollar vositasida o ‘ziga xos poetik shaklda aks etadi. Bu jihati bilan u insoniyat badiiy tafakkuri taraqqiyotida favqulodda hodisa b o ‘lib, unda obrazli zu h u r etgan hayot parchasi topishmoqning javoblari orqali reallashadi. Janming poetik tabiatiga xos bo‘Igan bunday umumiy xususiyat barcha xalqlar topishmoqlariga taalluqlidir. Demak, u — xalqaro janr. Shu bilan birga, har bir xalqning topishmog‘i o‘sha xalq hayot tarzining ifodasi sifatida o ‘ziga xos, original, jozibali va benazirdir. Shakli, vazifasi, ish-harakati va holati jihatidan bir-biriga o'xshash ikki predmet, narsa va hodisadan jumboqlanib, ikkinchisiga xos

o ‘xshash belgilar asosida uni topishga mo‘ljallab she’riy yoki nasriy tuzilishda berilgan savol yoki topshiriq topishmoq deb yuritiladi. Masalan, «Bir parcha patir, Olamga tatir» topishmog‘ini olaylik. Bunda to ‘lin oy bilan patir bir-biriga taqqoslangan va ularning shakl jihatidan bir-biriga o ‘xshashligi aniqlangan. Shu tariqa topishmoqning javobi — oyning juda chiroyli va o ‘rinli ko‘chimi — patir topilgan. Patiming inson uchun nihoyatda to ‘yimli ozuqa ekanligini. oyning esa, qorong‘i tunni munavvar qilishligini, har ikki holat ham insoniyat uchun qaratilganligini hisobga olsak, ular orasida juda katta m a’naviy yaqinlik borligi ham ayon bo'ladi. «Topishmoq» termini «top» buyruq fe’liga «ish» yasovchi q o ‘shimchasini qo‘shish orqali yasalgan va unga «moq» shaklini q o ‘shish bilan jan r atamasi yuzaga kelgan.Topishmoqlar respublikamizning turli tumanlarida o ‘sha joylaming lokal xususiyatlari va shevasiga k o ‘ra, jumboq, jum m oq, jumoq, topmacha, topar ch o ‘pchak, top-top, top-top cho‘pchak, matal, masala, ushuk kabi xilma-xil so‘zlar bilan ham ifodalanadi. A mmo hozirgi paytda «topishm oq» yagona ilmiy-adabiy term in sifatida to ‘la o‘zlashdi, qolganlari esa, tor doiralarda va ayrim keksa kishilar nutqida ishlatiladigan bo‘lib qoldi.


Topishmoq aytishishning ham qat’iy an ’analari, o ‘ziga xos tartib- qoidalari b o ‘lgan. Folklorshunos Z.Husainovaning yozishicha, « 0 ‘zbek xalqi orasida ham juda qadimda biror muayyan vaqtda, biror marosimda topishmoq aytishish rasm bo ‘lgan b o ‘lishi mumkin. Lekin hozirgi vaqtda bunday aytishishlaming izlari saqlanmagan. Ammo ota-bobolarimiz kundalik mehnatdan b o ‘shagandan keyin, ko‘pincha kechasi topishmoq aytishar ekan. Samarqand viloyati G ulbuloq qishlog‘ida yashovchi Roziya momo shunday deydi: «Qishning kechasi uzun bo‘ladi, ayollar yig‘ilib urchuq yigiradi, olacha to‘qiydi, shu vaqtlarda yoki kechasi yotgandan keyin topishmoq qay tish ish » o d ati b o ‘lgan. Samarqand viloyatining shimoliy tumanlaridagi o‘zbeklar yashagan qishloqlarda to‘yga boshqa qishloqlardan kelgan odamlami qo‘ni-qo‘shnilamikiga qo‘ndirganlar. Yig‘ilgan mehmonlar o ‘rtasida chaldirmoq, jumboq aytishish ham b o ‘lg an » Demak, to pishm oqni asosan qish kechalari aytish o ‘tmishda uning ijrosida muayyan taqiqlar bo‘lganligini ko‘rsatadi. Topishm oq ijrosi uchun kamida ikki kishi, ikki guruh yoki topishmoq aytuvchi va uni yechuvchilar, javobini topuvchilar b o ‘lishi kerak. Topishmoq aytilishi bilan uning javobi topilgach, ketma-ket navbatdagilari aytila beradi. Shuning uchun ham topishmoq aytish hozirgi paytda aql-zakovat, ziyraklik musobaqasi, o ‘yin-kulgi, ko‘ngil ochish vositasiga aylangan. Xalq o‘rtasida « 0 ‘zi g‘ir mitti, urdi yiqitdi» (uyqu),«Otdan baland, itd an past» (egar), «Ko‘k ko‘ylakka g‘o ‘za yoydim» (osmon va yuiduzlar), «Qoziq ustida qor turmas» (tuxum) kabi ju d a keng tarqalgan topishmoqlar borki, ular aytilishi bilan darhol javobi topiladi. Ammo topishmoqlarning shundaylari ham borki, javobini topish an ch a qiyin, hatto katta turm ush tajribasi bor kishilarni ham o ‘y la n tir ib q o ‘y ad i. B u n d ay h o lla r d a ja v o b n i to p is h n i yengillashtiruvchi qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi, ya’ni javobni topuvchilar aytuvchidan «jonlimi, jonsiz?» deb so‘raydilar. Shunda ham javob topish qiyinlashsa, «Qattiqmi, yumshoq?», «Achchiqmi, shirin?», « 0 ‘zi qanday?», «Qayerda b o ‘ladi?» kabi qo‘shimcha so‘roqlar o‘rtaga tushadi. Javob topilmagach, «shahar» beriladi. «Shahar olish» topishmoqni topa olmagan kishini uyaltirish, izza qilish va shu bilan davraga xushchaqchaqlik kiritish vositasidir. Aytuvchi topishmoq javobini topolmagan kishini quyidagicha uyaltirib, so‘ng o ‘zi javobini aytib beradi: «Shahar, unda bor-u munda kel, kelib mening qoshimga yiqil. Ikkalamiz ketaylik. Sen ham keta berib, tap etip bir xaloga tushding. Men ham keta berib. jarang etib bir tillaxonaga tushdim. Bir devona:— «Hey, d o ‘st»,— deb keldi. Men bir olovkurak tilla chiqarib berdim, meni tol k o ‘chada alqab-alqab ketdi. Sen bording-u, bir olovkurak go‘ng chiqarib berding, seni tol k o ‘chada qarg‘ab-qarg‘ab ketdi. Men ham bir otga mindim, sen bir yag‘ir eshakka minding. Kunjaradan non qilib, eshakning yag‘iriga kunjarani tegizib, yalab-yalab ketding. Men bordim, shinni bilan murabboga nonni tegizib, yalab-yalab ketdim. Hay, sen topmasang, m en topay, og‘zingga katta bir tappini yopay. Uning o ‘zi...». Ayrim joylarda javob topilmagach, topuvchi bilan aytuvchi o ‘rtasida «Sotdim-oldim» dialogi bo‘lib o ‘tadi. Bunga ko‘ra, aytuvchi topuvchining barcha tana a ’zolarini «Sotib olish» orqali uni izza qiladi: — Sotdim. — Oldim. — Nimasini? — Qo‘lini. — Nima qilasan? — Uchoqqa kosov qilaman. Shu ta r iq a jav o b to p o lm ag an sh ax sn in g k o 'z i xalo jo y g a shamchirog4. qulog‘i tezakka supra, oyog‘i tezak tepkilagich, boshi o ‘choqqa tosh, og‘zi o ‘ra, bumi hushtak qilish uchun «sotib olinadi».
Oxirida o ‘zi «sotiladi»: — Yana sotdim. — Oldim. — Nimasi?

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin