1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


Kechasi oftobdek, Kunduzi koptokdek. (Lampochka.)



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə40/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103
Folklor mavzular

Kechasi oftobdek,

Kunduzi koptokdek. (Lampochka.)

Qush emas, qanoti bor,

Chiroyli savlati bor.

Uchsa lochin yetolmas,

Tolmas zo‘r quw ati bor. (Samolyot.)

Yangi to p ish m o q lard a a n ’anaviy to p ish m o q larn in g shakli, jum boqlash usullari, asosan, saqlanib qoldi, lekin m etafo rik topishmoqlar kam yaratildi. Yangi topishmoqlarning yaratilishida individual ijodkorlarning xizmatlari katta b o ‘ldi. Bunday ijodkorlar yaratgan topishmoqlarnnng muayyan qismi ommaviy repertuarga o'tib, bolalar orasida tobora keng tarqalib bormoqda. Topishmoqlar tuzilishi jihatidan nasriy yoki she'riy shaklga ega. Nasriy topishmoqlar she’riy tuzilishdagi topishmoqlarga nisbatan ozchilikni tashkil etadi. She’riy topishmoqlarda she’r shakliga xos turoq, vazn, qofiya, radif kabi barcha jihatlarga to ‘la amal qilinadi. Masalan:

To‘rtdir uning oyog‘i,

Temir mixli tuyog‘i,

Manzilga yetishtirar,

Toshdan qattiq tuyog‘i. (Ot)

Topishmoqlarning savol hamda javob qismi bir komponentli (bir savol-javobli, bir predmetli) yoki ko‘p komponentli (ko‘p savol —javobli, ko‘p predmetli) b o ‘lishi mumkin. Bo‘ri, baliq, sumalak, toshbaqa haqida yaratilgan quyidagi topishmoq to 'rt komponentlidir:

Tog‘da talaymonni ko‘rdim,

Suvda sulaymonni ko‘rdim,

Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim,

Yumalab yotgan toshni kolrdim.

Topishmoqlar ritmik izchilligi, badiiy ohangdorligi, qofiyalaming m o ‘l- k o ‘lligi va x ilm a-x illig i bilan ajralib tu rad i. M etafo ra, m etonim iya, m ubolag‘a, o ‘xshatish, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalari va ko‘chimlar ulardagi badiiylikni ta ’minlaydi. Alteratsiya va takrorlaming rang-barangligi va turfa-turfa tovlanishi topishmoqlarning jarangdorligi va emotsional ta’sirchanligini yanada oshirgan. Bulaming barchasi birlashib, ularning kishi xotirasida uzoq saqlanishini ta ’minlay olgan. Topishmoqlar adabiyot va san’at taraqqiyotiga barakali ta ’sir etdi. U lar adabiyotimiz tarixida chiston, muammo, muvashshax, ta ’rix kabi lirik janrlarning paydo b o ‘lishi va rivojida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bugungi kunda topishmoqlar juda katta m a’rifiy va tarbiyaviy aham iyatga ega. U lar bolalar va yoshlarimizning fikr doirasini kengaytirish, topqirligini oshirish va muhokama qobiliyatini o ‘stirishning muhim estetik vositasidir.

Maqol.

Maqol, masal, matal, zarbulmasal, naql, hikmat, foyda, hikmatli so‘z, tanbeh, mashoyixlar so‘zi, donolar yoki donishmandlar so‘zi, oqinlar so‘zi va otalar so‘zi atamalari bilan el orasida yurgan bu jan r namunalari g‘oyat ommaviy bo‘lib, umumfolklor hodisasi hisoblanadi. Ilmiy taomilda esa maqol atamasi istemoldadir. Maqol arabcha «qawola» so‘zidan olingan va «aytmoq, so‘zlamoq» ma’nolarini anglatadi. Xalq orasida «Qavlida sobit» yoki «Qavlida tuturuqsiz» iboralari bor: birinchisida «so‘zida qat’iyatli, bir so‘zli» m a’nolari

anglashilsa, ikkinchisida «so‘zida turmaydigan, o‘z so‘zi ustidan chiqa olmaydigan, so‘zi bilan ishi bir bo‘lmagan» manolari ifodalangan. Binobarin, «maqol» so‘zi o ‘zbek tilida ikki manoda, avvalo, o ‘z lug‘aviy manosida — «so‘z, nutq»ni anglatsa, ikkinchidan, istilohiy ma’noda — folklorda keng tarqalgan janrni ifoda etadi. Maqol masal va naql janrlarining yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan, masal va naqlning xulosasi, qissadan chiqarilgan xulosasiga aylanganligi tufayli b a’zan masal va ba’zan naql istilohlari bilan aralashib ketgan. Aslida esa «masal» so‘zi ham arabcha bo‘lib, «o‘xshamoq» ma’nosini anglatsa-da, o‘zbek tilida maqol va biror maqsadni izohlashga qaratilgan majoziy hikoya singari ikki m a’noda qo‘llanadi. Biroq XX asrga kelib, uni maqol m a’nosida istifoda etish bilan cheklanildi. Faqat tojik folklorshunosligida maqolni masal istilohi bilan atash qaror topdi.«Naql» so‘zi h am maqol m a’nosida q o ‘llansa-da, arabcha so‘z bo‘lib, «ko‘chirmoq» ma’nosini anglatadi. 0 ‘zbek tilida esa «bayon qilmoq, hikoya qilmoq, rivoyat qilmoq» singari ikkinchi bir manoga ega va xalq og‘zaki nasrining mustaqil aforistik janrini ifodalovchi ilmiy istiloh sifatida qo'llanadi. «Yaxshi naql-tomiri aql» maqolida

«naql» — maqol manosidadir. Maqollar xalq donishmandligining nodir namunalari sifatida og‘zaki badiiy ijodning keng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni xalqona axloq-odob qoidalari deb atash mumkin. Zero, maqollar xalqning asrlar davomida hayotiy tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy,

ma’naviy-madaniy. axloqiy-falsafiy qarashlarining g‘oyat ixcham, lo‘nda, siqiq va obrazli ifodasidan tug‘ilgan hodisadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo‘lib yuzaga keladi. Aytaylik, jahondagi barcha xalqlarda ham yashamoqning asosiy sharti-yemoq va kiymoq bo‘lib, buning moddiy negizi ekin ekish va undan mo‘l-ko‘l hosil olgan holda ham moddiy, ham m a’naviy imkoniyatlarini ta’minlashdir. Ekin ekish uchun yerni qay vaqtda shudgor qilish uning unumdorligini oshiradi? Bu savol javobi necha asrlik dehqonchilik tajribasining axloqiy xulosasi sifatida «Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda» maqolining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Qolaversa, xalq turmushidagi tajriba bir xil xulosalarni keltirib chiqargan. N atijada m ohiyatan bir mazmundagi maqollar yuzaga kelgan. Chunonchi, o ‘zbeklardagi «Bug‘doydan-bug‘doy, aфadan-arpa» va «Nima eksang — shuni o‘rasan» maqollari tojiklarda «Gandum az gandum biro‘yad, javzi jav» va ruslarda «Chto poseyesh, togo i pojnesh» shakllarida qo‘llanadi.

Bu h o lat xalqlarning o ‘zaro m anaviy aloqalari ta ’siri yanada chuqurlashib borayotganligi ko‘chish natijasi ham bo‘lishi mumkin. U holda maqolning dastlab qaysi tilda yaratilganligini aniqlash oson emas. Shu sababli turli tillarda mavjud bir xil mazmundagi maqollarni o ‘sh a xalqlar turmush tarzidagi o ‘xshash jihatlarga oid hayotiy tajribalaming mantiqiy-axloqiy yakunlari sifatida qarash asosliroqdir. Lekin masalaning bu qirrasi paremiologiya-maqolshunoslikda deyarli o‘rganilayotgani yo‘q. Har bir xalq maqollarida o ‘sha xalqning qalbi, milliy tabiatiga xos qarashlari ifodalansa-da, ulardagi g‘oya umumxalqqa tegishlidir. Shu xususiyatiga k o ‘ra, m aqollar ham miiliy, ham

umuminsoniy mohiyat kasb etgan. Maqollar insonlaming turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq muddatli sinovlardan o ‘tgan turmush tajribalarining hosilasi-barqaror va o ‘zgarmas, to ‘g‘ri va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kelgan. Bu hol maqollarda mavzular doirasini behad kengaytirgan va xilma-xillashtirgan. Binobarin, inson hayoti va turmushining barcha qirralari maqollarda axloqiy bahoga aylangan. Shuni ta’kidlash o‘rinlidirki, hadislar ham maqollaming paydo b o ‘lishi va taraqqiyotida m a’lum darajada ta ’sir ko‘rsatgan, aniqrog‘i, h a d isla r jo n li s o ‘zlashuv ja ra y o n id a q ay ta ish la n ib , yanada ixchamlashib, obrazlilik kasb etgan holda xilma-xil maqollar shaklida faolroq q o ‘llana boshlagan. Masalan, Abdulloh ibn U m ardan rivoyat

qilinadigan «Alloh Taoloning rozi bo‘lishi otaning rozi bo*lishiga va uning g ‘azabi ham otaning g‘azabiga bog‘liqdir» hadisi mavjud. U xalq ijodida «Ota rozi-xudo rozi, Ota norozi-xudo norozi», «Ota oldida kek urma, odobingga chek urma», «Ota oldidan o ‘tm a, odob oldidan ketma», «Ota o ‘g‘li b o ‘lsang, ota nomini baland tut» singari o ‘nlab maqollaming yuzaga kelishiga turtki b o ‘lgan. Xalq maqollari ko‘p asrlik tadrijiy yo‘lni bosib, avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o ‘tish jarayonida yanada silliqlanib, zam on ruhiga yo‘g‘rilib, teranlashib borgan. Ijtimoiy hayotdagi o ‘zgarish ularda ham aks topa borgan. M.Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydigan «Osh totug‘i tuz»> maqoli arablar istilosidan so‘ng arabcha so‘zlarning turkiy tilda faollasha boruvi tufayli «Oshning ta’mi tuz bilan» shaklida leksik va sintaktik o ‘zgarishga uchragan holda qo‘llana boshlagan. Bunda arab ch a «tarn» so ‘zi tu rk iy «to tu q » so‘zini a lm a s h tirg a n va «bilan» k o ‘m ak ch isi y o rd am id a m aq o ln ing transformatsiyaga uchragan yangi shaklda yashashini ta ’minlagan.

0 ‘tmishda ustoz-shogird munosabatini ifodalovchi «Ustoz ko‘rgan shogird andin-mandin qarmalar, ustoz ko‘rmagan shogird har maqomda yo‘rg‘alar» maqoli qachonlardir ikki qismdan iborat bo‘lgan. Unda ustoz shogirdni o ‘z xonadonidagi tekin xizmatkorhk muddatini cho‘zish maqsadida hunari sirini o ‘rgatishni paysalga solar yoki istar-istamay tushuntirar, shunda ziyrak shogird faqat o ‘z ustozi ko‘rsatmalari bilan cheklanmay, boshqa ustozlar ishlarini sinchkovlik bilan kuzatish asosida mahorat sirlarini o ‘zlashtirib borar edi. Maqolning birinchi qismida ana shu axloqiy ibrat ifodasini topgan bo‘lsa, ikkinchi qismida usta ko‘rmagan, yani shogird tushib, hunar o ‘iganmagan kishining har maqomda yo‘rg‘alishi — uquvsizligi kesatilgan. Davrlar o ‘tishi bilan u sto z-sh o g ird o ‘rtasidagi m unosabatlardagi o ‘zg arish lar tufayli maqolning birinchi qismi tushib qolib, maqol yanada ixchamlashgan. Maqollarda ajdodlarimiz axloqiy qarashlari narsa-hodisalarga m uno sab atlari, ruhi va tafak k u ri sezilib tu rad i. 0 ‘zbek xalq maqollarida o ‘zbek xalqining dono siymosi, tarixiy taqdiri, mentaliteti, bag‘rikengligi, saxovati, adolatpeshaligi, ilmga, mehnatga chanqoqligi, b u n y o d k o rlig i, m e h m o n d o ‘stligi, o ilap arv arlig i, b o lajo n lig i, b o lap arv arlig i, m eh m o n n av o zlig i, to ‘g ‘riligi, sev g i-sad o q ati, jo ‘sh q in lig i, tiy rak lig i, g ‘a y r a t- sh ijo a ti, q u v o n ch i, iz tiro b i, dushmanlariga qahr-g‘azabi, betakror urf-odatlari va an ’analari yaqqol aks etib turadi. Xalq shu maqollari orqali kelajak avlodiga o‘z turmush tajribalaridan saboq beradi. Maqollar ma’lum vaziyatda, m a’lum voqea-hodisa munosabati bilan yo fikmi boshlash oldidan, yo fikr bayoni jarayonida, yo fikrni

xulosalash maqsadida aytiladi. Uni keksa-yu yosh baravar aytsa-da, ko‘proq hayotiy tajriba egasi bo‘lgan katta avlod nutqida faolroqdir. Maqollarni ish jarayonida ham , oddiy yoki jid d iy muomala-munozaralarda ham, to ‘y-hashamlarda ham aytish mumkin. Har bir gapga bir maqolni qo‘shib, fikrni dalillash, tasdiqlash yo inkor etish asosida nutqning ta’sir kuchi oshiriladi. Bunday nutq tinglovchini befarq qoldirmaydi, uning his-tuyg‘ulariga tez ta ’sir qilib, fikrini uyg‘otadi, adolatli xulosalarga kelishi va hukm chiqarishini ta’minlaydi. Maqollarning axloqiy hukm sifatidagi mohiyati shunda ko‘rinadi,

zero, maqollarda hukmdan kechinmaga qarab boriladi. Maqollarda ifodalangan yagona hukm har bir tinglovchida har xil kechinma yo fikr uyg‘otishi tabiiy. Lekin baribir barcha bir xil xulosaga keladi.

Maqollar og‘zaki badiiy ijod va falsafa oralig‘ida turgan hodisa bo‘lib, ularda aytilgan hukmni hech kim inkor etolmaydi.Chunki bunday hukm, awalo, asrlar davomida turmush tajribasida qayta-qayta sinalib tasdiqlangan, so'ngra esa, xuddi shu xususiyati tufayli tarix hikmatiga aylanib tashviqiy mohiyat kasb etgan. Shuning uchun maqollardagi fikrlartinglovchilartomonidan e’tirozsiz, hech bir qarshiliksiz va izohsiz qabul qilinishi odatiy holdir. Maqollarda mantiq kuchi baland, fikr ishonarli va bahslashishga o ‘rin qoldirilmagan. Shu sababli ulardan nutqning istalgan joyida, istalgan maqsadda foydalanish mumkin. Shunga qaramay, maqollar, odatda, jiddiy tusda aytiladi va tinglanadi. Lekin b a’zi hollarda maqollar kinoya, piching, istehzo, zaharxanda m a’nolarida ham ishlatilishi mumkin: «Jo‘jan i kuzda sanaydilar» maqolida ishining natijasi ko‘rinmay maqtanadigan kishilarga kinoya, «Gado arazlasa — to ‘rvasiga ziyon» maqolida huda-behudaga achchiqlanadigan kishilarga zaharxanda ma'nolari ifodalangan. Maqollar m a’no-mazmunini to ‘la anglash va idrok etish uchun tin glovchi, avvalo, o ‘sha m aq o ln i yaratgan xalqning tarixini, d u n y o q arash in i, u rf-o d atlarin i, diniy aq id alarin i, o ‘sha xalq yashayotgan yurtning jug‘rofiy muhitini, hayvonlar va o ‘simliklar dunyosini, iqlim sharoitlarini puxta bilmog‘i lozim. Chunki har bir maqol o'zicha mustaqil qomusiy asar b o ‘lib, uning asosida kishilik yaratgan bilimlarga oid tushunchalar o'zaro qorishib ketgan. Xalq taqvimi va urf-odatlariga oid ko‘pgina maqollarda bu ravshanroq ko‘rinadi. Jumladan, «Ayamajuz — olti kun, qahri kelsa — qattiq kun», «Aziz momo - olti kun, qahri kelsa — yetti kun», «Aziz momo, olti kun, qaltirasa — yetti kun, sakransa - sakkiz kun, to ‘qransa — to ‘qqiz kun, o ‘qransa — o ‘n kun» singari maqol mazmunini anglashga harakat qilaylik. Ayamajuz Navro'zdan oldin keladigan va qish intihosiga aloqador ayozli hafta b o ‘lib, aslida «to‘qson»ning ilovasi hisoblanadi. 0 ‘rta Osiyo xalqlarida qadimdan qish to ‘qson kun sanalib, shu muddat «to‘qson» deb atalgan, so'ngra qirovli kunlarning cho‘zilishi inobatga olinib, ehtiyot yuzasidan unga yana o ‘n kun q o ‘shib, yuz kunga to 4lg‘azganlar va uni «sadi роk» deb yuritganlar. Hozirgi hisobga ko‘ra, «to‘qson» 13 dekabrdan 13 martgacha b o ‘lgan muddatga to ‘g ‘ri keladi. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni kolrsatdiki, to ‘qsonning oxirgi haftasi-hamisha sovuq zo‘rayib, hatto yer muzlashgacha borib yetadi. Shu olti kun «Ayamajuz, Ayyom yoki shisha kunlari» deb atalgan. Abu Rayhon Beruniy bu kunlarga xalq e ’tiqodi asoslarini «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklap> asarida shunday ta ’riflaydi: «Shu oy ichida «kampir kunlari» bo‘lib, uning boshi yigirma oltinchi shubotdir. U ketma-ket yetti kun bo‘ladi. yil kabisali bo‘lsa, to ‘it kuni Shubotdan, uch kuni ozor oyidan bo'ladi: (yil) kabisali b o ‘lmasa, uch kuni Shubotdan, to ‘rt kuni ozordan (bo‘ladi)... Qadimgilar hikoyasicha, bu kunlar «kampir kunlari» deb atalishining sababi shuki, ... Od qavmi shu kunlarning qattiq sovuq shamoli, girdoblari va dahshatlari bilan halok bo‘lgan. Ularjumlasidan bir kampir tirik qolib, halok b o ‘lganlarga marsiya aytib, yig'lagan. Shuning uchun bu kunlar «kampir kunlari» deb atalgan. U (kecha- kunduzlaming) qissalari mashhurdir.

Ba’zilaming gumonicha, shu (kunlarning «kampir kunlari») deb atalishiga sabab shuki, bir kampir (havoning) isiganini k o ‘rib, paxtali kiyimini yechib tashlagan va shu kunlaming sovug‘ida o ‘lgan. Ba’zi arablar fikricha, «kampir kunlari»ning bunday atalishiga (sabab), bu kunlar qishning «kampiri», yani oxiridir». Mana shulardan bexabar holda mazkur maqol «mag‘zi»ni chaqish qiyin. Maqollar ham she’riy, ham nasriy shakllarda bo‘lsalar-da, na link, na epik turga kirmaydi. Maqollar shaklan ixcham bo‘lsalar-da, badiiyatiga ko‘ra yuksak obrazlilikka egadirlar. Ularda fikr sodda, tabiiy, ravon, silliq va tushunarli b o ‘lib, tasirchan ifodalanishi ehtiyoji turli narsalar, hayvonlar. o ‘simliklar va hodisalar obrazlaridan g‘oyaviy-badiiy niyatni ifodalashda foydalanishni taqozo etgan. Natijada timsoliy obrazlar v o s ita sid a h ay o td ag i ijobiy yo salb iy v o q ealarg a, in s o n iy munosabatlarga axloqiy baho berilib, hukmlar chiqarilgan. Maqollar tuzilishiga ko’ra, bir va bir necha sintaktik butunliklar asosida tashkil topgandir. Bir sintaktik butunlikdan iborat maqollar, odatda bir qismli maqollar sanalib, ko'pincha darak gap yo‘sinida b o ‘ladi: «Ayol tilini ayol bilar», «Arg‘amchiga qil-quvvat», «Vatanni sotgan er bo‘lmas». «Gavhar yerda yotmas», «Yomon it egasini qopar», «lshni ishchandan o ‘rgan» kabi. Ko‘p sintaktik butunlikdan iborat maqollar esa, ko‘p qismli yoki murakkab m aqollar deb yuritiladi. Bunday maqollar bir-biriga o ‘xshash yoki zid fikrlar bayonidan iborat bo‘ladi. Aksariyat maqollar ikki qismdan tashkil topgan; bir qismi tasviriy mohiyatga ega b o ‘lsa, ikkinchi qismi xulosadan iboratdir: «Aytmas yerda og‘zingni tiy, mehmonga borsang nafsingni», «Bulbulning sayrashi guldir, m ehr xazinasi tildir», «Bug‘doy noning b o ‘lmasin, bug'doy so‘zing bo‘lsin», «Yolqitsa ham, yog‘ yaxshi, yondirsa ham, yoz yaxshi», «Ishonish bilan kasal b o ‘lsang, umid qilsang, tuzalasan» kabi yuzlab maqollarda ikkinchi qismi zarbli va asosiy o ‘gitni ifodalaydi. Bir qismli maqollarga nisbatan ko‘p qismli maqollar tez o ‘zgarishga mo-yilroqdir. Chunki ba’zi holatlarda maqol aytuvchining unda ifodalanayotgan m a'noni tushunib yetmasligi yoki eshitganini eslay olmasligi natijasida o ‘zicha qo'shimcha so‘zlar, izohlar q o ‘shishi tufayli m aqolning yo m azm uniga, yo tuzilishiga jid d iy zarar yetkazilishi mumkin. Bunday vaziyatda o'sha maqolda asosiy fikrni tashigan uzvlardan birining tushirilib qoldirilishi hech gap emas.

Binobarin, maqollami aytish va tinglash ham alohida e'tib o r va mas'uliyatni taqozo etadi. Aks holda beparvolik tufayli maqolning asl m a’nosiga putur yetkazilib, kelajak avlodga noto‘g‘ri talqinda o ‘tib qolishi va mantiqqa zid m a’noda qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek. maqolni aytuvchining o ‘zi, awalo, aytayotgan maqoli o ‘zi bildirayotgan fikr mantig‘iga, mavjud sharoitga, vaqtga, voqelik mohiyatiga nechog‘H mos tushishini obdon chamalab ko‘rmog‘i zarur. Aks holatda esa aytilgan maqol yangi kiyimga tushgan yamoqqa aylanib qoladi. Maqollar jonli so‘zlashuv tilida yaratilgan va shu taxlitda so‘zlanadi. Aksariyati to ‘g‘ri ma’nolarda qo‘llansa, ma’lum qismi ko‘chma (ramziy va majoziy) ma’no tashiydi: «Awal o ‘yla, keyin so‘yla», «Yosh kelsa — ishga, qari kelsa — oshga», «Mehnat, mehnatning tagi — rohat», «Vatani boming — baxti bor, mehnati borning —taxti», «Vataning tinch — sen tinch» maqollarida to‘g‘ri ma’no ustuvor; «Dunyoni suv olsa — o ‘rdakka ne g‘am?», «Bo‘rini yo‘qlasang, qulog‘i ko‘rinadi» singari maqollar ko‘chma manodagina hikmatlilik kasb etgan. Keltirilgan maqollaming birinchisi beg‘am, beparvo, na oila, na el-yurt g‘amini o‘ylamaydigan, qom i to ‘ysa bo‘ldi — boshqasi bilan ishi bo‘lmaydigan kishilarga qarata kesatiqni ifodalasa, ikkinchisida yomon niyatni ko‘nglingga solma, tilingga olma, aks holda u o‘zingga uradi ma’nosi majoz orqali o ‘z aksini topgan. M aq o llard a b ad iiy til vositalari fikrni ixcham va obrazli ifodalashga, tinglovchi qalbida kechinmani tez uyg‘otishga xizmat qiladi. Bu jihatdan maqollarda uchrovchi sinonimiya va antonimiya hodisalari e’tibom i tortadi. Maqollar orasida shakli boshqa bo‘lsa- da, m azm uni b ir xil b o ‘lib, sinonim ik q ato rlar hosil qiluvchi namunalaranchagina. Bu motivlar silsilaviyligi asosida yuzaga kelgan. «Kattani katta bil, kichikni kichik» maqolidagi axloqiy motiv «Kattaga tegma — yig‘larsan, kichikka tegma — uyalarsan», «Kattaning uyalgisi kelsa kichikka tegadi», «Katta — kattaligida tursin, kichik — kichikligida», «Kattaga kattalarcha bo‘l, kichikka - kichiklarcha», «Kattalar aytsin, kichiklar eshitsin», «Kichikni maqta, kattani saqla», «Kattaga hurmat — kichikka shafqat» kabi o ‘nlab maqollarda aksini topib, butun bir silsilaviy sinonimik qatorni yuzaga keltirgan. Bu xildagi maqollarni shartli ravishda sinonim maqollar deb yuritish mumkin; ular. odatda, mazmuniga ko‘ra tasnif qilinganda bir mavzu doirasida beriladi. Aksariyat m aqollarda ikki mantiqiy markaz o ‘zaro ziddiyatli munosabatda beriladi, bunda tazod san’ati asosiy badiiy-tasviriy vosita sifatida estetik vazifani o ‘taydi: «Awal o ‘yla, keyin so‘yla», «Ko‘p o‘yla, oz so‘yla», «Awal — bahor, oxir — xazon», «Bas etgan o ‘zar, qasd qilgan to ‘zar», «Boyning o ‘g‘li kelsa — to ‘rga, kambag‘alning o‘g‘li — go‘rga», «Yomon o ‘g‘il — molga o ‘rtoq, yaxshi o ‘g‘il — jonga», «Ishlagan yemi yashnatar, ishlamagan qaqshatar» singari maqollarda o ‘git mag‘zi yaxshi va yomon nisbatlaming o ‘zaro qarama- qarshi q o ‘yilishi natijasida yarqirab turibdi va bu maqollarda antonimiya hodisasi tarzida qaraladi. Maqollarda sajlar faol b o ‘lib, o ‘ziga xos ichki qofiyadoshlikni yuzaga keltirgan va ularda ohang jilolarining jozibasini oshirgan: «Ishlagan tishlar, ishlamagan - kishnar». «Nodon kuzatar, dono tuzatar», «Otaga mol, qizga — jamol» va boshqa qator maqollarda saj san ’ati yuzaga keltirgan ohangdoshlik kompozision bir butunlikni va fikriy-mazmuniy yakunlanganlikni ta ’minlab turibdi. Bunda ohangdoshlik ko‘pincha alteratsiyalar zamirida kechib, maqollarga ritmik o ‘ynoqilik bag‘ishlagan. Xususan, ikki va undan ortiq qismli maqollarda alliterasiya qismlami ohangdoshlik asosida o ‘zaro bog‘lab turuvchi yetakchi estetik vazifani bajargan.

M aqollarni tasnif qilishning xilma-xil k o ‘rinishlari mavjud. Jumladan, alifbe tartibida, mavzulari, sinonimlik yoki antonimlik mohiyatiga ko‘ra, etimologiyasiga ko‘ra, to ‘g‘ri yoki ko‘chma m a’no tashishiga hamda qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga xronologiyasiga ko‘ra guruhlash yo tasnif qilish pareomiologiyada an'anaga aylangan. Ammo hozircha o ‘zbek maqolshunosligida alifbe tartibi va mavzusiga ko‘ra tasnif qilish an ’anasiga ikki jildlik « 0 ‘zbek xalq maqollari» (1987) va ko‘p jildlik « 0 ‘zbek xalq ijodi» ruknida « 0 ‘zbek xalq maqollari» (1989) va « 0 ‘zbek xalq maqollari» (2003) ham da etimologiyasiga ko‘ra Sh.Shomaqsudov va Sh.Shorahmedovlaming «Hikmatnoma» (1990) va «Ma’nolar xazinasi» (2003) to ‘plamlarini tuzishda amal qilingan. Xalq maqollari yozma adabiyotda hikmatli so‘z (aforizm)larning yuzaga kelishiga kuchli ta ’sir ko‘rsatdi. Ahmad Yassaviy — hikmat, Rabg‘uziy — foyda va Alisher Navoiy — tanbeh deb atagan bu hodisa yozma adabiyotgagina xos b o ‘lib, maqoldan muallifming aniqligi, hikmatdan iborat m a'no-m azm unining kitobiy uslubda ifodalanganligi, hajman nisbatan yoyilganroq shakldaligi bilan ajralib turadi. Abu Rayhon Beruniy «Hikmatlar»i (1973), Abu Ali ibn Sino «Hikmatlar»i (1981), Amir Xusrav Dehlaviy «Hikmatlar»i (1973), Alisher Navoiy «Aforizmlar»i (1947), «Abdulla Qahhor hikmatlari» (1990), shuningdek, «1001 hikmat», «Tafakkur gulshani» va boshqa o ‘nlab to 'p lam lar ana shunday xulosaga kelishga asos b o ‘la oladi.

Xullas, maqollar xalq aforistik tafakkurining kaliti bo‘lib, hajman siqiq, m azm unan purhikmat, ommaviy va keng tarqalgan janridir. Ularda kishilikning tabiat va jamiyatga munosabatining hamma qirralari axloqiy-falsafiy hukm tarzida baholangan. Maqollar ota- bobolaming asrlar davomida to ‘plangan hayotiy tajribalarini zamonlar osha yetkazishda manoviy ko‘prik bo‘lib, avlodlarning bir-birlariga bog‘lanishlarida beminnat xizmat qilib kelmoqda.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin