1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


Lofning ijro xususiyati, unda satira va yumorning o ‘rni



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə42/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
Folklor mavzular

9. Lofning ijro xususiyati, unda satira va yumorning o ‘rni.

10. Loflam ing kom pozitsion-badiiy xususiyatlari. Dialog va mubolag‘a — lo f kompozitsiyasining asosi.

Xalq orasida og‘zaki tarzd a yaratilgan va xalq san ’atkorlari tom onidan sahnada namoyish etiladigan asarlar o g ‘za ki dramadeb ataladi. Og‘zaki drama —xalq ijodining mustaqil janri sifatida juda qadim zamonlarda shakllangan. Og‘zaki drama turli xil o ‘yin-kulgulardan, dramatik holatlardan, har xil qiyofaga kirgan tomoshachilarning monolog va dialoglaridan, sahna harakatlari-yu ovoz ohanglaridan tashkil topadi. Bular og‘zaki dramaning eng muhim janriy belgilari hisoblanadi. Og‘zaki dramani fo lklo r teatri deb ham yuritadilar. Davr uchun muhim axloqiy normalar, mavjud tuzumga doir muammolar xususida tomosha ko‘rsatish og‘zaki dramaning asosiy vazifasi sanaladi. Bundan tashqari og‘zaki drama o ‘z ichiga turli xil o‘yin, to ‘y, bazm, marosim, sayllami hamda ertakchi, baxshi, qissaxon va roviylaming ijrochilik san’atini ham qamrab oladi. Og‘zaki dramani sahnada professional qiziqchi va masxarabozlar ijro etadi. Shu sababli, odatda, u askiyaboz, qiziqchi, masxarabozlar yashagan joylarda tashkil topgan hamda satira va yumorga asoslangan. 0 ‘zbek folklorshunosligi og‘zaki dramani ikki shaklga b o ‘lgan holda o ‘rganadi:

1. Masxaraboz va qiziqchilar teatri.

2. Qo‘g‘irchoq teatri.

Masxaraboz va qiziqchilar teatrida dramaturgiya, sahna bezagi, qiziqchi aktyorlar, musiqa asosiy o ‘rin tutadi. Sirasini aytganda, masxarabozlik va qiziqchilik — asrlar davomida shakllangan og‘zaki an ’anadagi professional teatr hisoblanadi. Uni havaskorlik harakatidan farqlovchi xususiyati ham an'anaviy xalq teatri sanalganligi bo‘lib, XX asrning boshlaridayoq yuzaga kelgan yevropacha tipdagi o ‘zbek professional teatrining sarchashmasiga aylanganligidir.

0 ‘zbek an ’anaviy xalq teatri o ‘ziga xos dramaturgiyaga ega. Bu og'zaki drama deyilib, undagi personajlar o ‘z individual qiyofasiga, mijozi (temperamenti)ga, aql-u zakovatiga, hissiyot va kechinmasiga, tanasi va unga mos harakatlariga ega. Bu teatm ing ijrochi — artisti masxaraboz (masxara), qiziqchi (qiziq) va taqlidchi (muqallid) nomlari bilan yuritiladi. Artist faoliyatining asosini satira va yumor, aniqrog‘i, hajv va tanqid, hazil, tanqid va piching, istehzo va kesatiq, qahqaha va xanda tashkil etgani bois u nomiga mazkur so‘zlarni laqab sifatida q o ‘shib olgan. Demak, uning ijrochilik faoliyati shu yo‘nalishga qat’iy yo‘naltirilgandir.

Qolaversa, «masxaraboz» arabcha va tojikcha so‘zdan yasalgan bo‘lib, kulish, mazax va taqlid qilish asosida ish ko‘ruvchi komik aktyomi anglatadi. Bu so‘z arablar istilosidan so‘ng tilimizga o ‘zlasha boshlagan esa-da, arablaming o ‘zlari komik aktyomi «muhabbiz» deb ataganlar. Shunday b o ‘lsa-da, «masxara» so‘zi o ‘zbek tilida ham komik aktyor, ham kulgili hajviy to m o sh a k o ‘rsatuvchi m a’nosida qo‘llaniladi. Taxminan XY1 asrning oxiri va XYI1 asrning boshlaridan e’tiboran arabcha «masxara» so‘ziga fors-tojik tilidagi «bozi» (o‘yin) so‘zidan —»i» tovushi qisqargan holatda «-boz» shaklida q o ‘shilib, «masxaraboz» istilohi bunyod etilgan. Lekin aktyor m a’nosida ham masxara, ham masxaraboz istilohlari baravar qo'llanib boravergan. Shu ixtisosdagi ijrochilar nomlari esa shu istiloh bilan sifatlan g an h o ld a yuritilish i a n ’anaviy tu s olgan. B in o b arin, masxaraboz yoki masxara — xalq teatrining komik aktyori b o ‘lib, mazax vositasida voqeani muayyan matnga solib, hajviy tomosha k o ‘rin ish id a ijro etib b eru v ch i kulgi ustasi san alad i. U o ‘z tomoshalarini, asosan, ochiq maydonlarda, sayllarda namoyish etgan.

M asxarabozlar ijrosidagi to m o sh alard a ijtimoiy adolatsizlikni, erksizlikni, a n ’anaviy qoloqlikni, ishyoqmaslikni. tekinxo‘rlikni, uquvsizlikni fosh qiluvchi ijtimoiy ruh g‘oyat baland b o ‘lgan. Shu sababli ular ijrochiligi «xalq teatri» sifatida e’tirof etilgan. 0 ‘zbek a n ’anaviy xalq teatri uch lokal guruh doirasida tashkil topgan va rivojlangan:


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin