1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə48/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
Folklor mavzular

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. Og‘zaki drama nima? Uning janriy tabiatiga xos belgilar haqida so‘zlang?

2. Og‘zaki drama qanaqa ijro xususiyatlariga ega?

3. Og‘zaki dramaning mazmun-mundarijasi asosini nima tashkil qiladi?

4. Masxaraboz ijrochiligi qanday xususiyatlarga ega?

5. Qiziqchilik ijrochiligi qanday xususiyatlarga ega? Qaysi regionga xos?

6. Pantom imalar qanday ijro etiladi? Q o ‘g ‘irchoq teatrining paydo bo'lish omillari nimada?

8. «Chodirjamol» teatrining asosiy belgilari nimadan iborat? Asosiy personajlari va repertuarini tavsiflang.

9. «Chodir xayol» teatrining asosiy belgilari nimalardan iborat? Asosiy personajlari va repertuarini tavsiflang.

10. «Fonus xayol» va yana ijrochi hamda qo‘g‘irchoq teng turishib o ‘ynaydigan q o ‘g‘irchoq teatrlari haqida nimalarni bilasiz?

11. Kachal Polvonning dunyo xalqlari qo‘g ‘irchoq teatrlaridagi tengdoshlari kimlar?

12. U N IM A nima? Uning faoliyati qaysi asosda qurilgan?

13. «Askiya» istilohining mohiyatini nima tashkil qiladi?

14. Askiya qanday ijro etiladi?

15. Askiyaning qanaqa ichki turlari bor?

16. Askiya badiiyati haqida nimalarni bilasiz?

17. L o f janrining o ‘ziga xos belgilari nim adan iborat?

18. Lof og‘zaki nasr namunasimi yoki epizodik og‘zaki dramami?

19. L o f qanday ijro etiladi?

20. Lofning kompozitsion asosida nima yotadi?

21. Loflarda badiiy shartlilik nimalarda namoyon bo‘ladi?



9- MAVZU: BOLALAR FOLKLORI VA ULARNING TALQINLARI, BADIIY XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Bolalar folklorining tabiati, ijtimoiy-estetik ahamiyati..
2. Alla , aytim-olqishlarning janriy tabiati.
3. Erkalama va ovutmachoq, yalinchoqlar va hukmlagichlar.
4. Maishiy qo`shiqlar-to`rtlik va aytishuvlar.
5. Bolalar folklorining adabiy-estetik va tarbiyaviy qimmati
Tayanch tushunchalar: alla, aytim-olqish, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq,

O`zbek folklori va folklorshunosligini bolalar og`zaki ijodisiz tasavvur qilish qiyin. Garchi bolalar og`zaki ijodi umumfolklorning tarkibiy qismi sanalsa-da, faqat o`zigagina xos xususiyatlarga ham ega. Bu hol uni alohida hodisa sifatida ajratib o`rganishni ehtiyojga aylantira bordi.


Bolalar folklori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg`unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o`yinlar, qo`shiqlar va muzikali poetik janrlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan. Uni yaratishda kattalar ham, bolalar ham baravar hissa qo`shishgan.
Kattalar bolalarni erkalash poeziyasini yaratishganki, alla, aytim-olqish, erkalama, ovutmachoq, qiziqmachoq va qaytarmachoq singari erkalash motiviga limmo-lim janrlar tizimi onalik folklori tarzida xarakterlanadi. Bunday de-yilishining sababi shundaki, bu janrlarga mansub asarlarning ijodkorligi va ijrochiligida onalar bosh rolni o`ynashadi. Shu xususiyatiga ko`ra G.S.Vinogradov, N.P.Andreyev, V.I.Chicherov va S.G.Lazutinlar erkalash poeziyasini bolalar folklori tarkibiga kiritmaydilar. Ammo Shu narsa ayonki, erkalash bolalarni ardoqlashdan iborat mushtarak motiv bo`lib, uni faqat turli yoshdagi bolalargagina kuylash mumkin, u bolalarni tarbiyalash maqsadinigina ko`zlaydi. Bu-erkalash poeziyasining bosh vazifasi. V.P.Anikin, E.V.Pomeranseva, V.A.Vasilenko va M.N.Melnikovlar shunday vazifadoshlik xususiyatiga ko`ra erkalash poeziyasini bolalar folklorining tarkibiy qismi sifatida xarakterlaydilar. Bu g`oyat to`g`ri nuqtai nazardir. Zotan, xuddi shu genetik asosga tayangan holda kattalar bolalarga mo`ljallab maxsus badiiy adabiyot yaratdilar. Bu hodisa bolalar adabiyoti deb yuritiladi. Binobarin, kattalarning bolalarga atab to`qigan allalari, aytim-olqishlari, ovutmachoqlari, qiziqmachoq va qaytarmachoqlari bolalar folklori tarkibiga kiritilishi va tahlil qilinishi ilmiy jihatdan asosli hisoblanadi.
ALLALAR ijtimoiy-estetik qimmatiga ko`ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi-bolalarni uxlatish; L.Z.Budakov “Turk-tatar so`zlarining qiyosiy lug`atida” (1869) “alla” so`zining chig`atoycha ekanligini ta’kidlar ekan, dastlab u “allala” shaklida bo`lib, boshning orqasi, ya’ni ensani anglatishini qayd etgan. Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi, yostiqda bosilib, shu holda uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi-allasi bilan chalqanchasiga cho`zilib uxlaydi. Shu vazifasidan kelib chiqib, bola nutqida allala so`zi alla shakliga o`zgargan va uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan. Aslida “alla” so`zi bolani allalab-ovutib, avaylab uxlatishni anglata borgan. Alla – yoshini to`ldira boshlagan chaqaloq nutqida “uxlayman” ma’nosini anglatadi. Uyqu chaqirmoq, uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan qo`shiq turini ajratuvchi ma’nosi bilan istilohiy mohiyat kasb etgan. Bunday qo`shiqlarda allalab ovutish Yoki ovutib uxlatish kuylash jarayonida amalga oshiriladi. Allaning ikkinchi vazifasi-tarbiyaviy-estetik mohiyati ana shundadir. Bu uning emosional ta’sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bo`lib, bolani kuy og`ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma’nosini anglashiga yo`l ochish, Shu zaylda estetik didini shakllantirish va o`stirish maqsadiga qaratilganligidir. Abu Ali ibn Sino allaning shu xususiyatini ming -yil ilgariyoq payqab, shunday yozgan edi: “...bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak. Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo`lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo`lgan iste`dodi hosil qilinadi.”34
Allalar, odatda, bolalarning emizikli davrida - ular to uch yoshini to`ldirgunlarigacha aytiladi. Ularning bolalarning ana shu yoshi bilan bog`lanishi qat`iy bo`lib, beshik qo`shig`i sifatida xarakterlanishiga yo`l ochgan. Ularni ona suti bilan bog`lab “sutda qorilgan va mehrga yo`g`rilgan qo`shiq” deyishlari sababi Shunda. Allalar onalarning minglab avlodidan bir-biriga o`tib, sayqal topib, onalik mehrini, armonini uzluksiz silsilaviylikda ifodalab kelyapti. Ularning bu qadar uzoq zamonlar yashovchanligi sababi, A.Vetuxov ta’kidlashicha, allalarda onalik qalbining, ayollik mahzunligining barq urib turishidadir.35 Xuddi shu xususiyati tufayli allalar nafaqat bolalarga, hatto kattalarga ham yoqimliligini, qolaversa, har bir xonadonda kuylanishini, xush ko`rilishini ta’minlagan.
Allaning qachon paydo bo`lgani o`zbek folklorshunosligida hozircha aniqlangani yo`q, ammo uning qanday ma’naviy ehtiyoj tufayli yuzaga kelganini A.Vetuxov shunday izohlaydi: “Ona o`zining tug`ma sezgirligi bilan bola uchun faqat qo`shiq kerakligini ..., tinchlantiruvchi, yorqin va monoton qo`shiq kerakligini angladi. Shu zaylda alla shakli yuzaga keldi. O`sha onalik sezgilari allalarning qanday mazmunga ega bo`lishini aytib turdilar: unda onalik qalbida qanday ko`tarinkilik bo`lsa-hammasi bor”.36 M.N.Melnikov shu fikrga qo`shilgani holda allalarni onalar dunyosisiz, sezgilarsiz, tashvishlarisiz tasavvur etib bo`lmasligini, barchasi, A.Vetuxov ifodalaganidek, instinktiv tug`ma sezgirlik tarzida emas, balki ming -yillar davomida yashagan onalar necha-necha avlodlarining hayotiy tajribalari sifatida, ularning qanchadan-qancha yanglishuvlari, ajralishlari, kuyinishlaridan tug`ilgan achchiq saboqlar sifatida “ijtimoiy tajribalar, ijtimoiy ong mahsuli”37 bo`lib yuzaga kelganini ta’kidlaydi. A.M.Gorkiy e’tiroficha, allalar ona-shoira bilan ishchi-tarbiyachining bir siymoda birlashgan vaqtida asl, o`lmas poeziya sifatida hamma adabiyotlarning boshlang`ichi bo`lib vujudga kelganlar. Shu ma’noda har bir xalqda allaning tarixi-o`sha xalq bolalar folklorining tarixi sanalishi mumkin.
Allalar faqat kuylanadi. Ularni shunchaki aytish, deklomasiya qilish mumkin emas. Monoton ohang o`zbek allalari uchun mushtarak xususiyatdir. Biroq monoton ohang onaning ijro paytidagi holati va kayfiyati bilan chuqur bog`liq. Ona kayfiyati chog` kezlarda allaning monoton ohangida xush yoquvchi mayin yumshoqlik mayli sezilib tursa, xafaligida, iztirob chekayotganida ma’yus tortuvchi hazinlikka mo-yil bo`ladi. Har ikkala holatda ham shu monoton ohang bola ruhiga ta’sir etadi, qalbiga orom bag`ishlaydi, uni elitadi. Birinchi holatda bolaning serzavq bo`lib o`sishiga zamin hozirlasa, ikkinchi holatda uning ruhan ma’yuslashuviga asos solinadiki, bu bola ulg`ayganda xarakterida o`z asoratini, albatta, qoldiradi.
Bola uchun allaning so`zi emas, kuyi yoqimli va muhim. Chunki u hali so`zni anglamaydi. Alladagi so`zlar ona uchun muhim: ular-ona qalbining nidolari. Bir xil ohangdagi kuy bola ma’naviy ehtiyojining dastlabki qondirgichi sifatida xizmat eta boshlaydi. G.Dobryakov aytganidek: “Bola birinchi oydaligidayoq musiqiy idrokini – ritm va ohangni idrok eta olishini namoyon etadi; lekin unga faqat murakkab bo`lmagan tovushlarning almashinishi ritmikasigina o`ngg`aydir.”38 Biroq shu monoton ohang turli xildagi harakatlar jo`rligidagina allalarning kompozision yaxlitligini ta’minlaydi. Chunki allalar har qanday holatda ham jismoniy harakat, ham psixik faoliyat bilan uzviy bog`liqdir. Jismoniy harakat bolaning muttasil o`sishini, organizmining fiziologik chiniqishini rag`batlantiruvchi muhim vosita bo`lsa, allalarning monoton ohangi esa Shu jismoniy rivojlanishini ma’naviy ulg`ayishga ulaydigan kanal bo`lib, bola psixik faoliyatini harakatga solishga va faollashtirishga xizmat qiladi.
O`zbek folklorshunosligida allalarning kompozision butunligini so`z, ohang va harakat birligida, shu uzvlarning o`zaro mantiqiy aloqadorligida ko`rish hali ilmiy maromiga kirganicha yo`q. Jumladan, o`zbek allalarini o`rganishda birmuncha ishlar qilgan, ayni choqda asossiz ravishda ularni marosim qo`shig`i sifatida xarakterlagan taniqli folklorshunos M.Alaviya: “Alla, asosan, to`rtlikdan tashkil topgan bo`lsa ham, ba’zan allalovchi to`lqinlanib ketsa, davom ettirib, boshqa misralarni ham qo`shib yuboradi va bir-biriga yaqin bir qancha to`rtliklarni aytib, bu bilan o`zining tilak, armonini izhor etadi”39, - deb yozib, allaning struktural xususiyatlarini cheklab qo`ygan. Chindan ham to`rtlik shaklidagi band - o`zbek allalarining yetakchi struktural uzvi. Ammo o`zbek onalari repertuarida uchlik, beshlik, oltilik, yettilik va sakkizlik tarzida bir butun tugallangan allalar ham, shuningdek, shu xildagi bir necha bandlardan tarkib topgan allalar ham ancha. Bunday strofik xilma-xillik onaning allani kuylayotgan vaziyatdagi kayfiyatining natijasi bo`lib, unda ifodalanishi kutilgan g`oyaviy niyatning salmog`iga, yo`nalishiga bog`liq. O`zbek allalarida shunday bir ichki mantiq borki, u qaysidir bir ishorada harakat, ohang va mazmun birligini ta’minlab turadi

Alla-yo Alla
Oppoq qizim, alla,
Qaymoq qizim, alla,
Go`zal qizim, alla,
Asal qizim, alla,
Oqcha qizim, alla,
Zog`cha qizim, alla,
Sanam qizim, alla,
Tamtam qizim, alla,
Erka qizim, alla,
Serka qizim, alla,
Alla-yo alla.
Yotsin qizim, alla,
Shirin uxlab, alla,
Qotsin qizim, alla,
Alla-yo alla.


Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin