1. Mehnat qo`shiqlari boshqa turdagi qo`shiqlardan qaysi jihatiga ko`ra farqlanib turadi?
2. O`zbek mehnat qo`shiqlarini necha guruhga ajratib o`rganish lozim?
3. Sog`im qo`shiqlarini ijro etish ehtiyojining kelib chiqishini qanday izohlaysiz?
4. Sog`im qo`shiqlari sog`iladigan hayvon turiga qarab qanday nomlar bilan atalib kelinadi?
5. Dehqonchilik bilan bog`liq mehnat qo`shiqlari tarkibi qaysi janrlarni qamrab oladi?
6. Yanchiq qo`shiqlari xalq orasida qanday nomlar bilan yuritiladi va asosiy motivi nimadan iborat?
7. Yorg`ichoq qo`shiqlari nega dehqonchilikka aloqador qo`shiqlar sirasiga kiritiladi?
8. Hunarmandchilikka aloqador qo`shiqlar orasida qaysi turlari asosiy o`rin egallaydi?
9. Kashtaning qanday turlarini bilasiz va ular kashtachilik qo`shiqlarida qanday tariflangan?
10. O`rmak qo`shiqlari qaysi jarayonda kuylangan?
11. Tikuvchilik qo`shiqlarida kasbga munosabat qanday ifodalangan?
12. Xalq lirik qo`shiqlarining janriy belgilari nimalar bilan belgilanadi?
13. Annaviy xalq lirik qo`shiqlari qanaqa xususiyatlarga ega?
14. Tarixiy qo`shiq deganda nimani tushunasiz? Uning tarixiy mavzudagi asardan farqi nimada?
15. Tarixiy qo`shiqlarning asosiy mazmunmundarijasini nima tashkil etadi?
16.Tarixiy qo`shiqlarning yaratuvchilari kimlar?
17. Terma atamasi qanday lug`aviy manoni anglatadi?
18. Termaning yaratuvchilari va ijrochilari kimlar?
19. Termaning janriy belgilarini nimalar tashkil etadi?
20. Termalar qanday turlarga bo`linadi?
21. Termalar qanday vazifani bajaradi?
7-MAVZU: OZBEK XALQ PAREMIKASI
Reja:
1. Topishmoqlar ijtimoiy hayot ifodachisi.
2. Topishmoq aytish tartibi: taqiq va shartlari.
3. Topishmoq va yozma adabiyot munosabati.
4. Maqollar - hayotiy tajriba va sinovlar hosilasi.
5. Paremiologiya yoki o zbek maqolshunosligi asoslari.