12-Mavzu: “Ravshan”, “Oysuluv” dostoni variantlari Oʻzbek xalq dostonlari — 2 tomdan iborat oʻzbek xalq dostonlari toʻplami. “Oʻzbek xalq dostonlari” I tomi nasr bilan nazm olmoshib turuvchi bir qancha dostonlardan iborat. Bular “Oysuluv”, “Shirin bilan Shakar”, “Rustam”, “Malika ayyor”, “Ravshan”, “Kuntugʻmish” dostonlaridan iborat. Bu dostonlarda vatanga muhabbat, mardlik, chin sevgi, vafodorlik, dushmanlarga nisbatan gʻazab, doʻstlik kabi olijanob gʻoyalar tarannum etiladi.
Oq qiz shunday qiz edi: oti Oqqiz, Zulxumorga naq qiz.Oqqiz o'zi oq qiz, o'zi to'lgan sog' qiz, o'rta bo'yli chog' qiz,o'ynagani bog' qiz, uyquchi emas, sog' qiz, eri yo'q o'zi toq qiz, ko'p kalondimog' qiz, yaxshi tekis bo'z bolani ko'rsa, esi yo'q ahmoq qiz, qora ko'z, bodomqovoq qiz,sinli-siyoq qiz, o'zi semiz turishi yog' qiz; o'yinga qulayroq qiz, to'g'ri ishga bo'layroq qiz, o'zi anqov olayroq qirtanasi to'sh qo'ygan keng qiz, sag'risi do'ng qiz, urushay emas jo'n qiz, a'zosi bari teng qiz...». Endi she'riy parchalarga diqqat qiling:«Chu, deb otin uradi, Oyog'ini tiradi. Suvsiz cho'lda G'irko'k ot, Irg'ib, sakrab boradi. Suvsiz cho 'Ida mard Hasan, Qattiq qistab boradi. Obro' ber, deb yo 'llarda Hasan ketib boradi».Shuningdek, Samarqand dostonchiligiga oid she'riy parchalarda lirik mazmundagi o'rinlar ham uchraydi:Paydo bo 'Idim, ikki gavhar donadan, Parvoz qilib uchdim manzihconadan, O'lim uchun g'am yemayman, boyingdan. Bir armonim, yolg'iz edim enamdan.Ma'lum bo'ladiki, Samarqand dostonchiligida nasr badiiy jihatidan nazm bilan tenglasha oladi. Saj"dan iborat Oqqiz ta'rifida o'nlab qofiyalangan so'zlar uchraydi. Ular orasida hazil, kulgili o'rinlar ham bor. Demak, nasrda badiiy mukammallikka erishilgan. She'riy parchalar esa ikki xil bo'lar ekan. Ko'pincha ularda voqea bayon etiladi: otda chopish, jang lavhalari, savol-javoblar, ziyofat tasviri va hokazolar. Ammo ichki his-tuyg'u ifodalangan o'rinlar ham uchraydi: ro'y bergan voqeaga munosabat, ba'zan shodlik, ba'zan o'kinch tarzda ifodalanadi.Xorazm dostonlarida holat boshqacharoq. Bu doston-larda voqeaning bayoni, ro'y bergan hodisa tafsiloti faqat nasrda ifodalanadi. She'riy parchalarda esa lirik his-.uyg'ular aks etadi. «Oshiq G'arib va Shohsanam» dostoni-ia murojaat qilaylik:«Shohsanam G'aribni birdan ko'radiyu, yana ko'zdan qotib, qayerga ketganini bilmay qoladi:Uchirdim shunqor qushimni,Hech bir yerda qarori yo 'q. Vo hasrat lahvoshimning, To yetguncha qarori yo 'q». «Ravshan» dostonidan olingan parcha bilan «Oshiq j'arib va Shohsanam»dan ohnganini solishtirsak, nasr va he'rdagi farq aniq ko'rinadi.
Dostonchilik an'analaridan tashqari, ularning tarkibida dostonchilik maktablari ham mavjud. Bir an'ana doirasida doston mazmunidagi mohiyat saqlangan holda qahramonlar xatti-harakati, ruhiy ke-chinmalari yo'nalishini farqh tarzda namoyon qilish dostonchilik maktablari tushunchasini izohlaydi. Dostonchilik maktablari haqida tasawur hosil qilish uchun quyidagi ma'lumotni keltirish o'rinlidir.' Atoqli olimlarimizning ma'lumotlariga qaraganda, Fozil Yo'ldosh o'g'li Ergash Jumanbulbulning muhabbat mavzuidagi dostonlarini, xususan, «Ravshan»ni yaxshi aytishini tan olgan.