Xalq ogzaki ijodining turli-tuman janrlari, ayni paytda, xalqning tasavvuri, ijtimoiy-manaviy tafakkuri, dunyoqarashi, urf-odatlari va ananalari, milliy-manaviy qadriyatlarining tarixi va oynasidir. Ayniqsa, dostonlarda bunday imkoniyatlar juda katta. Ozbek xalq dostonchiligida «Gorogli» turkumi katta orin tutadi. Hozirgacha uning tarkibida oltmishdan ortiq doston mavjud. Ularda xalq tarixi, taqdiri, otmishda-gi hayoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, diniy, axloqiy- manaviy hamda ba diiy-estetik qarashlari oziga xos tarzda aks etgan. «Goroglining tugilishi» shu turkumning ilk dostoni. Uni koplab baxshilar ijro etishgan. Darslikda Muhammad Jomurot ogli Polkan shoir (18741941) varianti berilgan. Unda xalqning juda qadim zamonlardagi badiiy-estetik qarashlari ifodalangan. Shuning uchun undagi ayrim fakt va motivlar, obraz va ularning talqinlari hozirgi tasavvurlari-mizdan keskin farq qiladi. Shunga qaramay, koplab folklor asarlarida bolgani kabi, bu dostonda ham xalqning olamga va odamga bolgan qarashlaridagi oziga xosliklar ustuvor mavqe tutadi. Goroglining tugilishidagi gayritabiiylik, uning ilk bolaligi, ospirinlik davridagi «galati» qiliqlari ana shu oziga xosliklar bilan izohlanadi. Ilk asotir va afsonalarning tasiri, qadimgi tasavvur va etiqodlarning bazan yorqin, bazan xira qoldiqlari tasvirlari zaminidagi manolarni tushunish qiyinroq tuyulishi mumkin. Dostonda koplab badiiy timsollar yaratilgan. Xalq boshliqlari, oddiy fuqarolar, koplab yigitlar, qiz va ayollarning takrorlanmas siymolari zor badiiyat bilan korsatib berilgan.Doston voqealari Zargar yurtining podshosi Shohdorxonning Yovmit yurtiga bosqinchilik urushi qilishi bilan rivojlanib boradi. Bu yerda ikki davlat podsholarining, yani Goroglining bobosi Odilxon podsho bilan Shohdorxonning oziga xos bolgan xislatlari yoritiladi. Odilxon podshoning insoniy fazilatlariga qarama-qarshi olaroq, Shohdorxonning nuqsonlari kozga tashlanadi. Shohdorxonning maslahatga quloq solmay, oylamay qaror qabul qilishi, uzoqni kora bilmasligi koplab insonlarning bevaqt olimiga, taqdirlarining ozgarib ketishiga sabab boladi. Chunki mana shu urush tufayli Goroglining ota-onasi Ravshan va Bibi Hilol ham bolaligida Zargar eliga borib qolib, musofirchilikda voyaga yetadi. Dostonda qahramonning tugilishi va yoshligidanoq bahodirlik kuchini namoyish qilishi ancha keng tasvirlangan. Goroglining tugilishi va xalq manfaati yolida qahramonlik korsatishida chiltanlar va Xizr alayhissalom katta orin tutadi. Bular xalq dostonlarining doimiy ishtirokchilari bolib, ular xalq qahramonlariga homiylik, rahnamolik qiladi. Ular hali hayot tajribasiga ega bolmagan qahramonga yol-yoriqlar korsatish bilan uni tarbiyalab boradi va qahramonni elga xizmat qilishga orgatadi.Mantiqiy fikrlaganda gayritabiiy bir sharoitda tugilgan godakni kimdir olimdan saqlab qolmogi kerak. Gorogli gorda tugilgan ekan, Bibi Hilolning jonsiz murdasi uni tarbiyalay olmas edi. Shu orinda godakni yorgaklab olish uchun Xizr alayhissalom va chiltanlar hozir boladilar. Goroglining gayritabiiy tugilishi uning kelajakda boshqalarga oxshamaydigan, favqulodda kuch-qudrat, aql-idrok egasi bolib kamol topishiga ishora. Tengdoshlariga nisbatan shoxliklari, ozidan kattalarga ham tegajoqlik va zoravonlik qilishi esa undagi alplik alomatlarining badiiy tasviridir. Parokanda bolayozgan Taka-Yovmit elida Goroglining kelishi bilan tub burilishlar sodir boldi. Eng muhimi, u el-yurt shanini, shavkatini, or-nomusini tiklaydi. Goroglida yigitlik burchi va masuliyatini his etish juda kuchli darajada shakllangan. Ayni mana shu tuygu uni harakatga soladi, kuchiga kuch bagishlaydi.Doston voqealari rivojida Rayhon arab obrazining ham oziga xos orni bor. U Shirvon yurtining podshosi bolib,Iroq va Arabiston mamlakatlari unga qarar edi. Rayhon arab Rustam kelbatli, pahlavon, qorqmas va jasur, oziga ishongan podshoh. Uning mingan oti chin tulpor bolib, uni quvib yetib bolmas edi. Buni Goroglining Rayhon arabga qarata aytgan quyidagi sorovidan ham anglash mumkin:
Ostingda oynaydi chin tulpor oting
,Rustamga oxshaydi shon-u shavkating,
Qayerda, mehmonjon, sening elating,
Ajdaho nishonim, qaydin bolarsan?
Rayhon arab Xoljuvonning suluvligini eshitib, kelib korgan va unga oshiq bolib qolgan edi. Xoljuvonga sovchi qoyganda, Ahmadbek ham sovchi qoyib ozi olgan edi. Rayhon arab Xoljuvonga yetisha olmasa-da, har yili Ahmadbekning yoqligini poylab, pana yerlardan turib uni korib ketar, kormasa kasal bolib qolar edi. U doim Xoljuvonni olib qochish payida bolgan. Kunlarning birida Rayhon arab Ahmadbekning bir shaharga safar qilganini eshitadi va paytdan foydalanib Xoljuvonni olib qochish uchun Turkman yurtiga keladi. Shunda u Gorogliga duch keladi va oz rejasini undan foydalanib amalga oshiradi. Rayhon arabning Xoljuvonni olib qochishida ozini aybdor bilgan Gorogli qanday qilib bolmasin undan qasdini olishni maqsad qiladi va bunga erishadi. Xoljuvon chechasining orniga Rayhon arabning qizi Zaydinoyni togasi Ahmadbekka olib kelib beradi. Mana shu voqealar jarayonida Gorogli va Rayhon arabning oziga xos insoniy his-tuygulari, mard va jasurliklari yanada yaqqol kozga tashlanadi.«Gorogli» nomining talqinlarida turli yondashuvlar mavjud. Jumladan, uning «gor» qabrda tugilishi motivini asoslaydigan qarashlar ham ustuvorlik kasb etgan. Ayni payt-da, uning «kor ota ning farzandi» ekanligiga urgu beradi ganyonalish ham mavjud. Jumladan, Polkan shoir variantida mana shu ikkala qarashning ham tasiri ochiq seziladi.
Nomning ozak qismi koplab talqin larga imkon beradi. Zero, «gor» va «kor»dan tashqari «kur» ozagi ham mana shunday rang-barangliklardan birini tashkil etadi. Uning manosi alp, botir, mard deganidir. Ravshanning faqat sinchi bolibgina qolmay, anchayin kuchli bir bahodir ekani ham tasodifiy emas. Bu ozakda «quyosh», «ot», «olov», «qor», «qir», «tog» sin gari manolar ham mujassamlashganki, ular qa dimgi asotir va afsonalar vositasida eng qadimgi tasavvurlarni qayta tiklash imkonini beradi. Xalq dostonlarida qahramon har doim oz oti bilan birgalikda namoyon boladi. Esingizda bolsa, Alpomishning ham oti bor edi. U Boychibor nomi bilan mashhur bolgan. Xuddi shuningdek, bu yerdagi Girot ham mana shunday jangovar otlar timsolidir.Umuman, doston xalqning qadimiy va boy tarixini, jangovar otmishini, milliy-manaviy qadriyatlar mazmuni va mohiyatini yuksak badiiyat bilan korsatib bera olgan ajoyib badiiy-qomusiy merosdir.
Savol va topshiriqlar:
1. Dostonda ot obrazi qanday tasvirlangan? Uni misollar yordamida tushuntirib bering.
2. Dostonda ko‘plab maqollar ham qo‘llangan. Ularni toping, matnda bajarayotgan vazifasini tushuntiring.