1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari Reja


V. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə7/8
tarix24.10.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#160311
1   2   3   4   5   6   7   8
1-мавзу

V. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari.
Prezident SHavkat Mirziyoev o’z suhbatlarida ushbu haqiqatni bot-bot tilga oladi, bugungi islohotlar jarayonida tarixni chuqur bilishning ahamiyatini ta’kidlaydi: “Suvorov maktabini Temurbeklar deb o’zgartirdik. Gap nomda emas, g’oyada, mafkurada, g’ururda! Bog’chadayoq bolalarimiz Vatanni, tarixni, madhiyani, bayroqni, Amir Temurni, Birinchi Prezidentimizni… yaxshi o’rganishsin…”
Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutidagi beshta mustaqil fondlarda jami 25 ming atrofida qo’lyozmalar, 40 mingdan ortiq toshbosmalar, 5000dan ortiq tarixiy hujjatlar ko’z qorachig’idek asrab avaylab kelinadi. Ularda jami 300 mingdan ziyod asarlar nusxalari mavjud, deyiladi. Ushbu institut YuNESKOning insoniyat milliy-madaniy va moddiy boyliklari ro’yxatiga kiritilgan. Ushbu beqiyos boyliklarimiz sinchiklab o’rganilsa, qanchalab tarixiy filmlar, ko’rsatuvlar uchun dastur bo’lishi mumkin! Shu o’rinda Nobel mukofoti sohibi, fizik olim P’er Kyurining mana bu so’zlari esga tushadi: «Musulmonlarning Andalusiyasidan bizga 30 ta kitob qoldi. O’sha kitoblarni o’qib, atomni parchalashga erishdik. Agar biz yoqib yuborgan ana o’sha buyuk Islom tsivilizasiyasiga tegishli yarim million kitoblar ham qolganida nima bo’lardi? Darhaqiqat, agar o’sha kitoblarni yoqib yubormaganimizda, hozir fazodagi galaktikalar orasida sayr qilib yurgan bo’lardik».
Islom tamadduniga ulkan hissa qo’shgan allomalarning juda ko’pchiligi bizning ajdodlarimiz – Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, xorazmiylar, nasafiylar, buxoriylar, termiziylar, shoshiylar ekanini nazarda tutsak, G’arb olimining fikri haqligi hamda biz qanchalik ulkan xazina sohibi ekanimiz ayon bo’ladi. Masalan, Abu Rayhon Beruniy yozgan asarlar ro’yxatining o’ziyoq, agar mayda harflar bilan yozilsa, oltmish varaqlik kitobcha hosil bo’lar ekan! Buyuk Britaniyaning mashhur Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino stipendiyalari ta’sis etilishi aslo bejiz emas.
Qarorda, “buyuk vatandoshlarimiz — olimlar, mutafakkirlar va aziz-avliyolar, shoir va yozuvchilar, sarkardalar, davlat arboblarining bebaho merosini keng ko’lamda o’rganish va ommalashtirish maqsadida ularning hayot yo’li va qahramonligi to’g’risida, shuningdek, dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston eng yangi tarixining g’oyat yorqin va unutilmas sahifalari haqida hikoya qiluvchi ilmiy-ommabop dasturlar va hujjatli filьmlar turkumlarini yaratish, «O’zbekiston tarixi» telekanali faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari etib belgilangan.
«O’zbekiston tarixi» telekanalining tashkil etilishi – yurtimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviyat targ’iboti, turizm va tadbirkorlikni yanada rivoj­lantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi. O’tgan yili Yurt­boshimiz Xorazm viloyatida bo’lganida bu haqda quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz chet ellik turistlarni qadimiy tariximiz va qadriyatlarimiz bilan jalb qilishimiz mumkin. Lekin Xorazmning, Xivaning tarixi to’liq o’rganilmagan, uni tanishtirish bo’yicha tizim ham yo’q. SHuning uchun Xorazm tarixini eng qadimgi davrdan bosh­lab yilma-yil o’rganib, odamlarga sodda tilda tushuntirishni yo’lga qo’­yish kerak. Muhim davrlar va voqealar, har bir xon hayoti bo’yicha shourumlar tashkil etib, sayyoh­larni qiziqtirish zarur. Xivaga kelgan odam katta taassurot, bilim olib ketsin, bu yerda ko’proq qolib, vaqtini mazmunli o’tkazsin…”
Darhaqiqat, ko’hna va tarixiy shaharlarimiz haqida deylik, “Sharif shahar – Buxoro”, “Mardlar shahri – Termiz”, “Allomalar shahri - Kesh”, “Er yuzining sayqali - Samarqand”, “Toshkentnoma”, “Xo’qandi Latif”… kabi turkum ko’rsatuvlar, tarix kitoblari yaratilsa, qanday ulug’ ish bo’lar edi! Bu film va kitoblardan faqat o’zimiz emas, balki butun jahon ahli qiziqib, havas qilib sotib olishi uchun turli tillarga tarjima qilinsa, ayni muddao.
Bu boradagi xayrli ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Prezident topshirig’iga muvofiq 2017 yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish bo’yicha katta ishlar boshlandi. «Axsikent» arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direktsiyasi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Tarixiy manbalarda, xususan, «Boburnoma»da bu kentning alohida ahamiyati haqida ko’p yozilgan. Qadimdan bu yerda yer osti suv inshooti bo’lgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan. Bu yerda o’z davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari rivojlangan. 1620 yilga kelib zilzila oqibatida ulkan shahar vayron bo’lgan. Bugungi kunda xarobalarning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bo’lib, Farg’ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir.
Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanida joylashgan Shohruhiya shahri ham ana shunday mashhur tarixiy joylardan biri sanaladi. Bu manzilda mashhur sarkarda Temur Malik va Chingizxon qo’shini o’rtasida qattiq janglar kechgan. Bugun sokin tepaliklar ko’rinishini olgan Shohruhiya­da otlarning kishnashi, qilichlar jarangi, jangchilarning “urho-ur” degan hayqiriqlari bexos qulog’ingizga chalingandek bo’ladi. Yoki Shahrisabzning Tanxoz daryosi bo’yidagi mashhur “Navoiytepa”da qanchalar sir-sinoat yashirin! Xalq ichida saqlangan rivoyatlarga ko’ra, bu tepalikda keshliklar Samarqandga tahsilga borayotgan yosh Alisher Navoiyni kutib olishgan ekan. Yurtimizda bu kabi sirli, tarixiy manzillar juda ko’p. Qamashi tumanidagi “Boburtepa”, Yakkabog’dagi “Qirq qizlar”, yosh Temurbek poyga o’ynagan tepalik, G’uzor tumanidagi “Tohir va Zuhra” ziyoratgohi kabi manzillarni juda uzoq sanash mumkin. Bu sirli joylar haqida “Tarix telekanali” uchun turkum ko’rsatuvlar, hatto seriallar tayyorlash mumkin. Asosiysi – “Tarix telekanali”ning reytingini yuksakka ko’tarish, uni nafaqat yurtimizda, balki uzoq-yaqin yurtlarda ham mashhur qilish uchun imkoniyatlar bisyor. Bugungi kunda kompyuter vositasida jonlantirish (animatsiya) imkoniyatlari yuksak taraqqiy etgan. Oqsaroy, Ko’ksaroy, Bostonsaroy kabi mashhur qasrlarni, umuman, ko’hna shaharlar qiyofasini “qayta tiklash”, ulkan jang manzaralarini aks ettirish mumkin. Binobarin, efir vaqtini boshqa kanallardagi kabi reklamalar va tarjima qilingan xorijiy filmlar bilan to’ldirish aslo shart emas. Qarorda aytilganidek, “Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o’rganish, ushbu yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va o’z xalqi bilan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish asosida milliy o’zlikni anglash hissini mus­tahkamlash va vatandosh­larimiz dunyoqarashini kengaytirish”dek xayrli maqsadlarni ko’zlagan “O’zbekiston tarixi” telekanalida buning uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Muxlislar faxr-g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi maroqli dasturlarni hozirdanoq kutishmoqda.



Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin