1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari Reja


Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə6/8
tarix24.10.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#160311
1   2   3   4   5   6   7   8
1-мавзу

Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni.

Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va obidalarini e’zozlashi ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari bor. Bu eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi.


Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi A.Avgustin (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday degan edi; “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning tarixini uyg‘ot”.
O‘zbekiston hukumati mustaqillikdan so‘ng Vatan tarixi haqida odilona siyosat yuritdi. Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq ta’limida tutgan o‘rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tardi.
O‘zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila xalqimiz istiqbolini belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng zaruriy dasturilamaldir.
Umuman, Ona tarixni o‘qitish va o‘rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy ma’naviy-mafkuraviy uyg‘onish, madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo‘lgan ehtiyojlarning bosh mezoni hisoblanadi. Tarixga bo‘lgan millat ehtiyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy uyg‘onishning asosidir.
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish shuning uchun ham kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g‘oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o‘qitish va o‘rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka qopqoniga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysinmaslik, begona g‘oya va mafkura ta’siriga berilmaslik ma’naviyatiga ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.
O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash. Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash. To‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash.
O‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o‘zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz lozimdir.
Tarix – xalq ma’naviyatining asosi, unda milliy g’oya, siyosat, iqtisod, madaniyat, ma’naviyat, eng muhimi ota-bobolar o’tmishi mujassam. Bugun axborot texnologiyalari yuksak rivoj topib, yer yuzining olis burchagida yuz bergan voqea butun dunyoda aks-sado berayotir. Globallashuv jarayonlari kechayotgan pallada muhtaram Prezidentimiz aytmish, “havas qilsa arziydigan ulug’ tariximiz, buyuk ajdodlarimiz” haqidagi noyob tarixiy ma’lumotlarni dunyo ahliga faxr va g’urur ila, baralla yetkazish imkoniyatimiz kengaydi. Qolaversa, xalqimizning taqdirida ro’y bergan, tariximizdan o’rin olgan goh shonli, goh tushkun va fojiali hodisalar Vatanini sevuvchi har bir insonni befarq qoldirmaydi.Tarix – faqat shu fan sohasining emas, balki millatning har bir vakiliga birdek daxldordir. Bu haqiqatni chuqur anglash fursati allaqachon yetgan.



Yüklə 58,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin