1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari Reja


) O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining uslubiy (metodologik) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari



Yüklə 58,5 Kb.
səhifə5/8
tarix24.10.2023
ölçüsü58,5 Kb.
#160311
1   2   3   4   5   6   7   8
1-мавзу

1) O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining uslubiy (metodologik) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:
- tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas hodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;
- tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazari va bag‘rikenglik asosida yondashish;
- tarixiy taraqqiyot asosini evolutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;
- tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jarayonlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;
- tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi.
2) O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari quyidagilardan iborat:
ilmiy xolislik (obyektivlik);
tarixiy tahliliylik;
mantiqiy uzviylik;
vorislik va izchillik;
xronologik izchillik;
g‘oyaviylik va vatanparvarlik;
halollik va xolislik;
qiyoslash va kuzatish;
kuzatish va umumiylashtirish;
baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
matematik hisoblash;
shakllash va modellashtirish;
ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);
Tarixiy-tanqidiylik ilmiy usul tamoyili tariximizda qadimdan muarrixlar tomonidan qo‘lanib kelingan eng qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy voqea va hodisalarning nechog‘liq to‘g‘ri hamda noto‘g‘riligini aniqlashga, tarixni haqqoniy va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi.
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi tarixi yozildi va tarix fani tez rivojlandi. Butunlay yangi ruh va mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi, o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy asarlar chop etildi. Bu o‘rinda yuqoridagi metodologik ilmiy-nazariy asos va ularning ahamiyati katta bo‘ldi.




  1. Yüklə 58,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin