Salt ishlash rejimi. Bu rejimda iste‘molchi manbadan uzilgan bo’ladi, manba tashqi zanjirga energiya bermaydi va iste‘molchi energiya qabul qilmaydi 1=0. Bu rejimda E=U bo’ladi. Qarshiligi katta bo’lgan voltmetr ulansa manbaning EYUKni ulchaydi. Tashqi xarakteristikada c nuqta (1.6- rasm).
Dvigatellarning, transformatorlarning salt ishlash rejimi mexanik va elektr yuklamalarisiz ishlashi tushuniladi
Nominal ish rejimi.Bu rejimda manba yoki iste‘molchi pasportida ko’rsatilgan nominal kattaliklarda ishlaydi. Nominal kattaliklar shu elementning o’zida, pasportida yoki texnik maTumotnomalarda berilganbo’ladi.
Elektr zanjirning har-xil elementlari uchun har xil nominal kattaliklar beriladi. Generatorlar uchun asosiy nominal kattaliklar Un,In, Rn hisoblanadi. Akkumulyatorlar uchun nominal kuchlanish Unvazaryad sig’imi amper-soatberiladi.
Elektr dvigatellar uchun Un, In Rn nominal mexanik quvvati va nn nominal aylanish tezligi beriladi. Bu rejimda elektrotexnik qurilmalar, iqtisodiy qulay, ishonchli va qizimasdan o’zoq ishlaydi. Bu rejim zavod tayyorlagan kattaliklarga mos keladi va zavod shu element uchun nominal rejimda ishlashiga kafolat beradi. Tashqi xarakteristikada h nuqtaga mos keladi (1.6- rasm).
Moslashtirilgan rejim.Bu rejimda manbani berayotgan quvvati, iste‘molchini qabul qilayotgan quvvati va iste‘molchini qabul qilayotgan quvvatlari maksimal bo’ladi, ya‘ni manbani ichki qarshiligi yuklama qarshiligiga teng bo’ladi RIchki=Ryuk.. Moslashtirilgan rejimda zanjirdagi tok I =E 2RIchki=0,5 A-ya‘ni qisqa tutashuv tokidan ikki marta kichikbo’ladi.
Manbani EYUK U=0,5E bo’ladi. Tashqi xarakteristikada m nuqta mos keladi.
1.6-rasm
1.5-rasm
Qisqa tutashuv rejimi.Bu rejim iste‘molchini qarshiligi nol yoki manba qutblarining qarshiligi nol bo’lgan sim bilan ulash tushiniladi. Qisqa tutashuv rejimida juda katta tok, elektr yoyi va kuchlanishni birdan pasayishi kuzatilishi mumkin. Bu rejim og’ir oqibatlarga olib keladi va avariya rejimi deyiladi.
Zanjirda tok istalgan rejimda I =E (Rich+Ryuk) bilan aniqlanadi. Qisqa tutashuvda Ryuk=0, tok Ik=E Rich maksimal bo’ladi. EYUK manbasidagi kuchlanish U=R 1=0. Tashqi xarakteristikada Ik tokining va kuchlanish U =0 qiymatlari k nuqtaga mos keladi (1.6-rasm).