Elektr energiya manbalarining xarakteristikalari. Elektr energiya manbalarining turli- tumanligi va ishlash uslubining har xil bo’lishiga qaramasdan ular umumiy xususiyat-elektr energiya ishlab chiqarishi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ularni elektr quwati yoki ikki kattalik EYUK va elektr toki bilan xarakterlash mumkin.
Elektronikada, hisoblash texnikasi va avtomatik qo’rilmalarda, shunday manbalar qo’llaniladiki, yuklama quwati o’zgarganda ham tok doimiy bo’ladi (I=const).
Elektr energiya manbalari ishlab chiqarayotgan elektr energiyaning bir qismi shu manbaning ichida, ya‘ni o’zida sarflanadi. Manbaning o’zida energiya yo’qolishini ichki qarshiligi bilan xarakterlash qabul qilingan.
Shunday qilib, yuklama har doim manbaning quvvatini aniqlaydi. Manbani toki va kuchlanishi yuklama o’zgarishiga va ish sharoitiga qarab o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’lishi mumkin.
Elektr energiya manbalarini ichki qarshiliklari va iste ’molchilarni qarshiliklari orasidagi munosabatga qarab manbalar EYUK manbasi va tok manbasi bo ’lishi mumkin.