1-Mavzu. Kirish. O’zgarmas tok elektr zanjirlari Reja



Yüklə 53,28 Kb.
səhifə4/13
tarix13.04.2022
ölçüsü53,28 Kb.
#55270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Mavzu. Kirish. O�zgarmas tok elektr zanjirlari Reja

Induktivlik L - elementdan tok o’tganda o’zida magnit maydonini hosil qilish xususiyati (o’zinduksiya). Bu parametr tok (7,/) va magnit oqimi (0) orasidagi proporsionallik koeffisienti

Vcbcr

bo’lib, <7> /./yoki t = Li kabi aniqlanadi. Birligi Genri =

Amper

Induktivlikni -manba energiyasini olib uni magnit maydon energiyasi tarzida saqlash xususiyati ham deb atash mumkin. Agarda g’altakda tok ortsa uning atrofidagi magnit maydoni ham ortadi, g’altakdagi tok kamaysa zanjirga g’amlangan energiyani qaytarish hisobiga magnit maydon ham kamayadi.

  1. Sig’im C - elementning zaryadlar to’plash yoki elektr maydoni hosil qilish xususiyati. Boshqacha qilib aytganda, sig’im- elektr energiyasini elektr maydonida saqlash xususiyatiga ega qurilma. Bu parametr elementning zaryadi va kuchlanishi o’rtasidagi proporsionallik koeffisienti hisoblanadi:

q — CU , q = Cu

Umumiy holatda har qanday real qurilmada uchala parametr R, L, C mavjud bo’ladi. Har qanday elektr energiyasi manbasining xususiyati, zanjirning ma‘lum qismida potensiallar farqini vujudga keltirish, shu bilan birgalikda berk kontur bo’ylab tok vujudga keltirishdan iborat.

Manbadan tok o’tganda, qizish hisobiga uning ichida energiya isrofi vujudga keladi. Bu isrof qarshilik- R parametri bilan xarakterlanadi. Elektr zanjiridagi elementning ishini R, L, C bilan xarakterlansa, bunday elementlar passiv elementlar deb ataladi. Agar elektr zanjirining elementi faqat bitta parametr bilan xarakterlansa, bunday elementlar ideal elementlar deb ataladi.

Tarmoqlangan va tarmoqlanmagan elektr zanjirlari



Ma‘lum qarshilikdan oqib o’tayotgan tokning shu qarshilikdagi kuchlanishga nisbati volt­amper xarakteristika (VAX) deb ataladi va grafik tarzida ifodalanadi. Odatda grafikning absissa o’qida kuchlanish ordinata o’qida esa tok joylashtiriladi.

Volt-amper xarakteristikasi tug’ri chiziqdan iborat bo’lgan qarshilik chiziqli qarshilik, faqat chiziqli elementlardan iborat zanjir esa chiziqli zanjir deb ataladi (1.2-rasm, 1). Volt-amper xarakteristikasi egri chiziqdan iborat qarshilik egri chiziqli qarshilik va mos holda egri chiziqli zanjir deb ataladi (1.2-rasm, 2).

Elektrotexnikada tarmoqlangan va tarmoqlanmagan zanjir tushunchalari mavjud. Murakkab zanjirlar (ikki va undan ortiq konturli) uchun tarmoq, tugun va kontur tushunchalari qullaniladi.



- rasm

Elektr sxemasi-Q\e\Ax zanjirining grafik tasviri hisoblanib, zanjir elementlarining shartli kurinishi va ularning ulanish usullari tasviridir.

Elektr zanjiri tarmog7-elektr zanjirining bir xil qiymatdagi tok oqib o’tadigan qismiga aytiladi. Tarmoq bir yoki bir nechta ketma-ket birlashtirilgan qarshiliklar (rezistorlar) energiya manbalari va yordamchi qurulmalardan iborat. Tarmoqdagi elementlar sonini —p" harfi bilan belgilashga kelishilgan.

Elektr zanjiri tuguni- uch yoki undan ortiq tarmoqlarning ulanish joyi. Bir juft tugunga ulangan barcha tarmoqlar parallel ulangan hisoblanadi. Tugunlar sonini “q” harfi bilan belgilashga kelishib olingan.

Kontur- bir nechta elektr tarmoqlarning iborat yopiq zanjir.

Mustaqil kontur-tarkibida hech bo’lmaganda bitta boshqa konturga taaluqli bo’lmagan tarmog’i bo’lgan kontur. Elektr sxemadagi mustaqil konturlar soni n=p-(q-l).


Yüklə 53,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin