1-Mavzu. Kirish. O�zgarmas tok elektr zanjirlari Reja
Energiya manbasining elektr yurituvchi kuchi. Elektr ta‘minotida elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiqlik (TES), atom (AES), gedro elektrostansiyalar (GES) va boshqa elektr qo’rilmalari ishlatiladi. Bu qo’rilmalarda elektromagnit xarakterda bo’lmagan har xil jarayonlar ta‘sirida elektr energiyasi ishlab chiqiladi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarishda, fizik jarayonlarining intensivligi "Tashqi kuchlar" yoki maydonlar (elektromagnit emas degan ma‘noda) deb nomlanuvchi kuchlar bilan xarakterlanadi va ifodalanadi.
Tashqi kuchlar va tashqi maydonlarning elektr energiya ishlab chiqarish qobiliyati son jihatdan elektr yurituvchi kuch bilan xarakterlanadi. Elektr yurituvchi kuch (EYUK) manbaning elektr quvvatini tokiga nisbatiga teng.
Elektr kuchlanishi va EYUK qarama-qarshi elektr jarciyonlarini xarakterlaydi: kuchlanishning musbat qiymati elektr energiyani boshqa tur energiyaga aylctnish jarciyoniga mos kelsa, EYUK ning musbcit qiymati boshqa tur energiyani elektr energiyaga aylanishiga mos keladi.
Fizikaning rivojlanishining boshlanish davrida asosiy elektr energiya manbalari ximiyaviy- galvanik elementlar va akkumulyatorlar bo’lgan, ya‘ni elektr energiya ximiyaviy reaksiya natijasida zaryadlangan zarrachalarning ionlarini ko’chishi natijasida hosil bo’lgan.