1-Mavzu. Kirish. O�zgarmas tok elektr zanjirlari Reja
Elektr energiya manbalari va iste’molchilari
O’tkazgichlarda tokning shartli yunalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yunalishi qabul qilingan. Manbaning (generator, akkumulyator va h.k.) e.yu.k. tufayli uning qismlarida ma‘lum potensiallar farqi yuzaga keladi. Potensiali yuqori bo’lgan qismi —+11 ishora bilan, potensiali past bo’lgan qisma II ishora bilan belgilanadi. Manbada elektr tokining yunalishi II dan —+llcha,
tashqi zanjirda esa —+11 dan II qarab yunaladi.
Elektr energiya manbalarigagalvanik elementlar, akkumulyatorlar, termoelementlar, generator va boshqa qurilmalar kiradi. Bu manbalar ximiyaviy, molekulyar kinetik, issiqlik, mexanik va boshqa tur energiyalarni elektr energiyasiga aylantirish uchun xizmat qiladi.
Elektr energiyci iste ’molchilari deganda elektr energiyasini boshqa turi masalan: yorug’lik (lampalar) mexanik (dvigatel), issiqlik (pech) va h.k. energiyalarga aylantiruvchi qurilmalar tushuniladi.
Elektr zanjiri nazariyasida aktiv va passiv elementlar farqlanadi. Elektr energiyasi manbalari (tok va kuchlanish manbalri) aktiv elementhisoblansa, qarshilik, induktiv va sig’im elementlari passiv element hisoblanadi.