1-mavzu kirish. Oziq–ovqat mikrobiologiyasi o‘tmishda, hozir va kelajakda reja



Yüklə 28,35 Kb.
tarix30.10.2022
ölçüsü28,35 Kb.
#66889
1-ma\'ruza


1-MAVZU - KIRISH. OZIQ–OVQAT MIKROBIOLOGIYASI O‘TMISHDA, HOZIR VA KELAJAKDA
Reja:
1. Oziq –ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi fani va uning rivojlanishi.
2. Oziq –ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari.
3.Fanning paydo bo’lishiga hissa qo’shgan xorijiy va mahalliy olimlar haqida ma’lumotlar.
4. Fanning erishgan yutuqlari va muammolari.
Tayanch s‘oz va iboralar: Mikrobiologiya, mikroorganizmlar, viruslar, bakteriyalar, arxeylar, bakteriofaglar,bakteriyalar, biotexnologiya, rikketsiyalar, mikoplazma, sutkislotali bijg’ituvchi bakteriyalar.
Oziq –ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi fani va uning rivojlanishi, maqsadi va vazifalari. Mikrobiologiya (lotin tilida mikrobiologiya – micros-mayda, bios- hayot, logos-fan) mayda ko‘zga asbobsiz ko‘rinmaydigan organizmlarning morfologiyasi anatomiyasi, ko‘payishi va rivojlanishi, hayotiy jarayonlari, o‘zgaruvchanligini, sistematik holati, tabiatda tarqalishi va h.k. larni o‘rganuvchi fan. Hozirgi kunda bu fan umumiy, qishloq xo‘jaligi, sanoat, tibbiyot, veterinariya, dengiz va kosmik mikrobiologiyalariga tarmoqlanib ketgan. Mikrobiologiya kun sayin rivojlanib bormoqda, u ayniqsa, bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, fitopatologiya, epidemiologiya, genetika va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqdir. Mikroorganizmlar kichik o‘lchamga ega bo‘lishidan qathiy nazar tabiatda moddalar almashinuvida, murakkab organik moddalarning parchalanishida faol ishtirok etadilar. Mikroorganizmlarga viruslar, bakteriyalar, arxeylar, bakteriofaglar, bakteriyalarga yaqin turadigan aktinomitsetlar, ba‘zi bir zamburug‘lar, rikketsiyalar, mikoplazma va boshqalar kiradi. Tabiatda moddalarning almashinuvida, ko‘pgina foydali qazilmalar (torf, toshko‘mir, neft) hosil bo‘lishida, turli organik moddalarning chirishida mikroorganizmlarningahamiyati katta. Oziq-ovqat sanoatida qatiq, kefir, qimiz, pishloq tayyorlash sut-kislotali bijg‘ituvchi bakteriyalarning, novvoychilik, turli ichimliklar tayyorlash (spirt, vino) esa, achitqi zamburug‘larning faoliyatlariga bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Ko‘pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fermentlar, vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlarni sintez qilish xususiyatiga egalar. Qishloq xo‘jaligida ham mikroorganizmlar muhim rol o‘ynaydi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar to‘planadi, tuproqning unumdorligi ortadi, buning oqibatida ekinning hosili ham yuqori bo‘ladi. Tuproqda sodir bo‘ladigan jarayonlarning deyarli barchasi undagi mikroorganizmlarning faoliyatiga bog‘liq, masalan, tabiiy tuproq hosil bo‘lish jarayonlari, yerni o‘g‘itlash, sug‘orish, tuproqda ro‘y beradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalilikni yo‘qotish, tabiatdagi turli xil moddalarning o‘zgarishi va boshqalar mikroorganizmlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarni o‘rganish, bir qator bakterial o‘g‘itlarni ishlab chiqishga (nitragin, azotobakterin, fosforobakterin va h.k.) va ulardan qishloq xo‘jalik amaliyotida foydalanilish orqali tuproqning unumdorligi va o‘simliklarning hosildorligini oshirishga imkon yaratdi. Mikroorganizmlar tabiatda ko‘pgina yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari ekanliklarini, ularni suv va havo orqali tarqalishlari qadimdan ma‘lum bo‘lgan. Mikrobiologlarning tinimsiz mehnati tufayli hozirgi paytda har bir kasallikning qo‘zg‘atuvchisi aniqlanib, davolash usullari ham topilgan. Ko‘pgina farmatsevtika fabrikalari aktinomitsetlar, zamburug‘lar va bahzi bir bakteriyalarning hayotiy faoliyati mahsuli bo‘lgan antibiotiklar ishlab chiqaradilar. XX asrda mikrobiologiyadan viruslar dunyosini o‘rganuvchi virusologiya fani ajralibchiqdi. Bu fanning asoschisi (1892 y.) rus olimi D.I.Ivanovskiydir. Ba‘zi kasalliklar: quturish, qizamiq, chechak, poliomielit kabilarning qo‘zg‘atuvchilarining faqatginamorfologiyasini elektron mikroskop kashf qilingandan so‘nggina o‘rganish mumkin bo‘ldi. Biotexnologiya yoki biologik jarayonlar texnologiyasi biologik agentlar yoki ularning majmualaridan (mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvon hujayralari,ularningkomponentlaridan) kerakli mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida, sanoatda foydalanish degan 9 ma‘noni beradi. Adabiyotlarda ―Biotexnologiya‖ atamasiga mutaxassis olimlar tomonidan turli xil ta‘riflar berib kelinmoqdaki, fanning hozirgi rivojlangan davrida ham birorta aniq to‘xtamga kelinmagan. Quyida biotexnologiya sohasining yetuk olimlari tomonidan ushbu atamaga berilgan ta‘riflarga to‘xtalib o‘tamiz. a) Anbash, A.Xemferi, N.Millislarning (1975) fikriga ko‘ra ―Biotexnologiya‖ - yangi biokimyoviy ishlab chiqarishlar mahsulidir (vitaminlar, antibiotiklar). b) ―Biotexnologiya - moddalarni biosintez usuli orqali oziqa olish fanining bo‘limi bo‘lib, u ―bioinjeneriya‖sohasi bilan bog‘liqdir. v) A.Xasting (1983) fikri bo‘yicha ―Biotexnologiya‖ - pivo, vino, pishloq, vitaminlarni sanoat asosida ishlab chiqarish jarayonidir. g) 1980 yilda o‘tkazilgan Yevropa federatsiyasi Kengashining muhokamasida ―Biotexnologiya‖ - biologik tizimlar asosidagi sanoat jarayoni deb qaralgan. d) 1983 yil Bratislavada bo‘lib o‘tgan kengashda ―Biotexnologiya‖ - moddalarni katta miqdordagi sanoat asosida (biokatalizatorlar orqali) olish va atrof muhitni himoya qiladiganfan deb ta‘riflangan. e) A.A.Baev (1986), Yu.A.Ovchinnikov (1982) ―Biotexnologiya‖ biologik jarayonlarni ishlab chiqarishga joriy etish to‘g‘risidagi fan deb ta‘riflashgan. Bizning fikrimizcha biotexnologiya – inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan modda va birikmalarni tirik hujayralar va organizmlar hamda ularni metobolitlari yordamida, katta hajmda tayyorlash degan ma‘noga to‘g‘ri keladi. Darhaqiqat biotexnologik jarayonlardan mikroorganizmlar, o‘simlik va hayvon hujayralari va to‘qimalari, hujayra organellalari, ularni o‘rab turgan membranalardan sof holatda oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar, spirtlar, dorivor moddalar, fermentlar, gormonlar va boshqa organik moddalarni (masalan, biogaz) ishlab chiqarish (sintez qilishda), tabiiy qazilmalardan sof holda metall ajratish, oqova suvlarni tozalash va qishloq xo‘jalik yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlash kabi sohalardakeng foydalaniladi. Fan sifatida o‘tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan biotexnologiyaning tarixiga chuqurroq nazar tashlasak mikroorganizmlar yordamida ―bijg‘itish‖, ―achitish‖ jarayonlari insoniyat tomonidan qadimdan keng ishlatilib kelinayotganligining guvohi bo‘lamiz. Mikrob biotexnologiyasining rivojlanish tarixi ko‘p ma‘noda XX-asrning ikkinchi yarmi bilan bog‘liq. O‘tgan asrning 40-yillarida 10 mikroorganizmlardan penitsillin olish texnologiyasining yaratilishi bu fan rivojida ijobiy burilish yasadi. Penitsillin ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi va muvaffaqiyat bilan ishlatilishida keyingi avlod antibiotiklarini qidirib topish, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish va qo‘llash usullari ustida ishlarni tashkil qilish zarurligini oldindan belgilab qo‘yiladi. Bugungi kunda yuzdan ortiq antibiotiklar ishlab-chiqarish texnologiyalari hayotga tadbiq qilingan. Antibiotiklar ishlab-chiqarish bilan bir qatorda aminokislotalar, fermentlar, gormonlar va boshqa fiziologik faol birikmalar tayyorlash texnologiyalari ham yaratila boshlandi. Bugungi kunda tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar (ayniqsa organizmda sintez bo‘lmaydigan aminokislotalar), fermentlar va boshqa fiziologik faol moddalar ishlabchiqarish texnologiyalari yo‘lga qo‘yilgan. Oxirgi 20-30 yilda, ayniqsa mikrob oqsilini olish texnologiyasi rivojlanib ketdi.Insoniyat uchun o‘ta zarur bo‘lgan bu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bir qatorda undan unumli va oqilona foydalanish yo‘llari amalga oshirilmoqda. Oqsil ishlab chiqarishda har xil chiqindilardan (zardob, go‘sht qoldiqlari) va parafindan foydalanish mumkinligi isbotlangan. Hozirgi paytda buning uchun metan va metanoldan foydalanish mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Keyingi vaqtda mikrob biotexnologiyasining rivojlanishi, immobillashgan (maxsus sorbentlarga bog‘langan) fermentlar va mikroorganizmlar ishtirokida tayyorlash texnologiyalarining yaratilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ldi. Immobilizatsiya qilingan fermentlarning har xil jarayonlarda ishlatilishi (fermentlar muhandisligi) bu biokatalizatorlardan foydalanishni yanada faollashtirib yubordi. Endilikda fermentlar bir marotaba emas, bir necha marotaba uzluksiz (hatto bir necha oylab) ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Mikroorganizmlar faoliyati va imkoniyatidan foydalanish, ularning hosildor turlarini (shtammlarini) yaratish bilan bog‘liq. Bunday vazifani mikrobiologlar bilan uzviy hamkorlikda genetiklar va gen muhandisligi usullaridan xabardor bo‘lgan mutaxassislar amalga oshiradilar. Mikrob preparatlarini ishlab chiqarishni faollashtirishning yana bir yo‘li ikki yoki undan ortiq bo‘lgan, biri ikkinchisining faolligini oshirib bera oladigan (simbiozda ishlaydigan) mikroorganizmlar assotsiatsiyasidan foydalanishdir. Bu yo‘l hozirgi vaqtda fermentlar, antibiotiklar, vitaminlar va metan gazi olishda, hamda oqova suvlarni tozalash jarayonlarida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Biotexnologiyaning asosini mikrob faoliyati tashkil qiladi. Shunday ekan faol mikroorganizmlar yaratish, ularni faglardan va tashqi salbiy muhit tahsiridan asrash masalalari ham eng muhim vazifalardan biridir. Shu kabi qator o‘ta muhim muammolarni yechishda nafaqat mikrobiologlar, biokimyogarlar, biotexnologlar, balki muhandislar va texnologlar ishtirok etishlari zarur bo‘ladi. Bu esa, biotexnologiya fanini yaxshi o‘zlashtirib olish uchun yuqorida eslab o‘tilgan fanlardan xabardor bo‘lmoqlikni taqozo etadi. Fanning paydo bo‘lishiga hissa qo‘shgan xorijiy va mahalliy olimlar haqida ma‘lumotlar, erishgan yutuqlari va muammolari. Mikroorganizmlar kashf qilinmasdan avvalroq ham, inson qatiq, vino tayyorlashda, non pishirishda mikrobiologiya jarayonlaridan keng foydalanib kelgan. Odamzot har xil kasalliklar bilan to‘qnash kelgan, o‘latlarni boshidan kechirgan. Muqaddas kitoblarda ham bu haqida aytib o‘tilgan bo‘lib, kasallik oqibatida o‘lganlarni yoqib yuborishni, yuvinishni va tozalikga rioya qilishni tavsiya qilingan.
Qadim zamonlardayoq shifokorlar va tabiatshunoslar ko‘pgina yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini izlay boshlaganlar. Masalan, bizning eramizdan oldin yashagan qadimgi dunyo vrachi Gippokrat (460 - 377 yillarda), Lukretsiy (95 - 55 yillarda) va o‘sha davrning boshqa yirik olimlarining ishlarida turli-tuman yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik tabiatga xos ekanligi ko‘rsatilgan edi. 15 asrgacha kasalliklarning sabablari kasal tuqdiruvchi «miazmalar» (havoda tarqalgan ayrim bug‘simon moddalar) deb hisoblashgan. Keyinchalik italiyalik vrach Frakastro (1478-1553 yillar) bir indvidumdan ikkinchisiga o‘tadigan «kontagiy»lar mavjudligi haqidagi nazariyani ilgari suradi. Osiyo xalqlari chechak, lepra (moxov) va boshqa kasalliklar to‘qrisida ma‘lumotlarga ega edi. Abu Ali ibn Sino (980-1037 ) bu kasalliklarning sababchilari tirik mavjudotlar ekanligini va ular suv va havo orqali tarqalishini aytgan edi. 17 asrning 40 yillarida rimlik professor A.Kirxer (1601-1680) kattalashtiruvchi qurilma orqali har xil ob‘ektlarni kuzatadi va o‘ta mayda «chuvalchanglarni ko‘radi». Bu mikroorganizmlar edi. Ammo bu tajribalar tasodifiy kashfiyotlar edi. Mikroorganizmlarning ochilishi birinchi mikroskopni kashf etilishi bilan boqliqdir. Birinchilar qatori Gans va Zaxariy Yansen, so‘ngra G.Galiley va K.Drebbelq tomonidan eng sodda mikroskoplar yaratildi va yanada takomillashtirildi. Mikroorganizmlar haqida yanada ko‘proq ma‘lumotlar to‘plagan shaxs 12 mikrobiologiya tarixining «morfologiya» davrini boshlab bergan gollandiyalik Antoni van Levenguk(1632-1723) bo‘ldi. Levenguk shishadan ziynat buyumlar yasaydigan korxonada ishlar edi. U shisha linzalar yasab, ulardan mayda narsalarni kattalashtirib ko‘radigan asbob – sodda mikroskop yasaydi. U o‘z mikroskopida ko‘lmak suv tomchilarini, tish kiridan tayyorlangan preparatlarni, turli xil organik moddali suvlar (qaynatmalar) ni tekshirib, ular ichida har tomonga qarab harakatlanuvchi tirik mavjudotlarni ko‘zatadi va ularning rasmlarini chizadi. U shu ko‘rgan mavjudotlariga ―tirik hayvonchalar‖ – «Animalkula viva» deb nom beradi. O‘z izlanishlari natijalarini u Londondagi qirollik ilmiy jamiyatiga bildiradi. 1677 yili mazkur ilmiy jamiyat Levenguk ishlarini qaytadan tekshirib ko‘radi va uning natijalari haqiqat ekanligini tan oladi. Keyinchalik u o‘z ilmiy izlanishlarini «Anton Levenguk kashf etgan tabiat sirlari» degan kitobida (1695) ta‘riflab beradi. Ularni yumaloq, har xil o‘zunlikdagi tayoqchasimon, bukilgan shaklli mayda mavjudotlar ekanligini tasvirlab beradi. Rossiyada birinchi mikroskop XVIII asrning 30 - yillarida Ivan Belyaev va Ivan Kulibinlar tomonidan kashf etilgan. Rus olimi, harbiy vrach D.S.Samoylovich (1744-1805) mikroskopik tekshirishlar yordamida toun (chuma) kasalliginiig qo‘zqatuvchisini tekshirib, odamlarni bu kasallikka qarshi emlash usulini taklif etgan. Uning bu kashfiyoti boshqa yuqumli kasalliklarning sababchisini o‘rganish uchun asos bo‘ldi. Angliyalik vrach E.Djenner (1749 - 1823) 1798 yilda chechakka qarshi emlash muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib bergan edi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ancha takomillashtirilgan mikroskoplar yaratildi. Bu esa mikroorganizmlarning faqat morfologik to‘zilishini emas, balki fiziologiyasini ham o‘rganishga imkon berdi. Mikroskopning ixtiro etilishidan boshlab mikroorganizmlar to‘qrisida qilingan ishlar mikrobiologiya tarixida 1 davr «Mikrobiologiya rvojlanishining morfologiya davri» deb yuritiladi.
Shved olimi K.Linney (1707-1778) hamma tirik mavjudotlarni bir sistemaga solgan bo‘lsa ham, mikroorganizmlarni bir «xaos» (tartibsiz, tartibga solib bo‘lmaydigan) guruhga kiritadi. Mikroorganizmlarning birinchi sistematikasi daniyalik Myullerga (1786) taalluqlidir. U suv va tuproqdagi «animalkullar» ni sistemaga soladi va ularning «infuzoriyalar» deb atadi. Sekin-asta mikroorganizmlarni o‘rganish ko‘lami kengaya boshladi. Keyinchalik M.M.Terexovskiy (1740 – 1810) ham mikroorganizmlar ustida ishlab «Sarstvo info‘zoriy Linneya» degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi (1770). U har xil qaynatmalardagi mikroorganizmlarni o‘rgandi. Temperatura, elektr toki va zahar ta‘sirida mikroorganizmlarning halok bo‘lishini aniqladi. 1835 yil Erenburg «Infuzoriyalar mukammal organizmlardir» degan mavzuda ilmiy asar yozdi va hamma tuban jonzotlarni 22 ta sinfga bo‘ldi va unga infuzoriyalar atlasini kiritib, ularga tavsiflar berdi. Mikroorganizmlarni binar nomenklaturada atadi va barcha bakteriyalarni 3 sinfga bo‘ldi. XIX asr o‘rtalarida P.F.Goryainov tomonidan yozilgan «Zoologiya» asarida mikroorganizmlarga ayrim bo‘lim ajratildi va u «Infuzoriyalar bo‘limi» deb ataldi. Shu vaqtlar F.Kon (1828-1898) va K.Negelilar (1817 - 1891) bakterilardan ba‘zilarining tabiatini o‘rgana boshladilar. Mikroorganizmlarni o‘rganishning ikkinchi davri - «fiziologiya davri» - buyuk fransuz olimi Lui Paster (1822-1895) ishlaridan boshlandi. U ko‘pgina bijg‘ish jarayonlarining, yaxni spirtli, sut kislotali, sirka kislotali bijg‘ish hamda boshqa tur bijg‘ishlarning biologik mohiyatini aniqladi. Har bir bijg‘ish jarayonining o‘z mikroorganizmlari borligini tajribalar bilan isbotladi. U yana chirish jarayonlarining ham alohida mikroorganizmlar ta‘sirida borishini ko‘rsatdi. Lui Paster kuydirgi, quturish, saramas, pasterellyoz, gazli gangrena, tut ipak qurtining (pebrina) kasalligini, vino va pivoning buzilishini o‘rgandi va ularga qarshikurash choralarini aniqlab berdi. Kislorodsiz muhitda yashaydigan anaerob bakteriyalarni aniqladi. Laboratoriya amaliyotiga sterillash (mikroblarni nobud qilish) va pasterlash usullarini kiritdi. Aristotel va Vergiliylarning «O‘z - o‘zidan tug‘ilish» nazariyalarining asossizligini ko‘rsatdi. Oziqa muhit yaxshilab sterillansa, unda hech qanday mikroorganizmning paydo bo‘lmasligini asoslab berdi. Paster tovuqlar xolerasini o‘rganish jarayonida sog‘lom tovuqqa kuchsizlantirilgan bakteriya kulturasi yuborilganda tovuqlarning kasallikga chalinmasligini ko‘zatdi. Xuddi shu ishni u kuydirgi kasalligi bilan kasallangan mollarda ham qaytardi va ijobiy natijalar olishga muvaffaq bo‘ldi. Hayvonlarni kuchsizlantirilgan (42-43°С temperaturada o‘stirilgan) kuydirgi tayoqchalari bilan kasallantiradi. Kuchsizlantirilgan bakteriya kulturasi bilan emlaganda hayvonlarda kuydirgi bakteriyasiga qarshi immunitet hosil bo‘lishini aniqladi. Paster kuydirgi kasalligini o‘rganib «la‘natlangan dalalar» sirini ochdi. Pasterning qutirish kasalligini o‘rganish borasidagi ishlari ham o‘ta katta ahamiyatga molikdir. U qutirgan itlar so‘lagini mikroskop ostida tadqiq qilganda undagi mikroorganizmlarni ko‘rishga muyassar bo‘la olmadi. Ammo u kasallikni yuzagakeltiruvchi qutirishni «sababi» - hayvonning bosh va orqa miyasida joylashishini aniqladi. Kasallangan quyon miyasini sekin - asta quritib, «kuchsizlantirilgan kasal qo‘zgatuvchini» oldi va u bilan hayvonlarni emlab sog‘lom hayvonlarni kasallikdan saqlab qolish yo‘llarini topdi. Bunday emlashlar, antirabik - qutirishga qarshi emlashlar deyilib, juda keng ko‘lamda tarqaldi. Bu ishlar yangi fan - immunologiyaning paydo bo‘lishiga asos soldi. Lui Paster Fransiya meditsina akademiyasiga akademik, Sankt - Peterburg akademiyasiga muxbir a‘zo va keyinchalik faxriy akademik qilib saylandi. Parijda 1888 - yili Paster instituti ochildi. Unda, keyinchalik ko‘zga ko‘ringan mikrobiologlar ta‘lim oldi. Mechnikov, Vinogradskiy, Gamaleya, Xavkin, Sklifasovskiy vaboshqalar shular jumlasidandir. XIX asrda ko‘p mamlakatlarda meditsina mikrobiologiyasi rivojlandi. Meditsina mikrobiologiyasining rivojlanishiga nemis olimi Robert Kox (1843 - 1910) ko‘p hissa qo‘shdi. U sof mikrob kulturasini ajratish uchun qattiq (quyuq) oziq muhitidan foydalanishni taklif etadi. Odam va qoramollarda sil kasalligini qo‘zgatuvchisini hamda vabo vibrionini ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi, mikroskopik metodlarni takomillashtirdi, immersion sistemani qo‘llashni va mikrofotografiyani amaliyotga kiritdi. I.I.Mechnikov (1845 - 1916) fagotsitoz va uning immunitetdagi ahamiyati haqida to‘liq ta‘limot yaratdi, chirituvchi va sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarning antagonizmini aniqladi va vabo kasalligini o‘rganishga o‘z hissasini qo‘shdi. Rossiyada birinchi bakteriologik stansiya tashkil etdi. Uning rahbarligi ostida yirik mikrobiologlar: G. N. Gabrichevskiy, A. M. Bezredka, I. G. Savchenko, L. A. Tarasevich, N. F. Gamaleya, D. K. Zabolotniy va boshqalar etishib chiqdi. Mikrobiologiya fanining rivojlanishida D. I. Ivanovskiy (1864-1920) alohida rol o‘ynadi. U tamaki barglarining mozaika kasalligini o‘rganib, 1892 yilda filtrlanuvchi viruslarni aniqladi va virusologiya faniga asos soldi. Tuproq mikrobiologiyasi bo‘yicha ham ancha ishlar qilindi. SHlezing va Myuns kabi fransuz olimlari nitrifikatsiya jarayonini o‘rgandi. Tuproqda uchraydiganmikroorganizmlarni va ularning moddalar almashinuvidagi rolini aniqlashda S.N.Vinogradskiyning (1856 - 1955) hissasi katta bo‘ldi. U xemosintez jarayonini nitrifikatorlar, oltingugurt va temir bakteriyalari misolida aniq ko‘rsatib berdi. Bu jarayonlarni chuqur o‘rganib «Xemosintez» (kimyoviy energiya ishtirokida suv va CO2 dan organik moddalar hosil bo‘lishi) jarayonini ochish sharafiga muyassar bo‘ldi. Tuproqda erkin holda hayot kechiruvchi anaerob bakteriya klostridium pasterianumni, sellyulozani parchalovchi bakteriyalarni ham Vinogradskiy topdi va ko‘pgina yangi metodlarni kiritdi va «Tuproq mikrobiolgiyasi» asarini yaratdi. M.Beyerink tuproqda uchraydigan erkin azot o‘zlashtiruvchi bakteriyalardan azotobakterni aniqladi. G.Gelqrigelq va G.Vilqfor tuproq mikrobiologiyasi ustida ish olib borib, 1880 yilda tugunak bakteriyalar bilan dukkakli o‘simliklar orasidagi simbiozni aniqlab, dukkakli o‘simliklarning azot o‘zlashtirishi ular ildizidagi tuganaklarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdilar. Sekin-asta to‘plangan materiallar, ayniqsa, nafas olish va bijg‘ish jarayonlari ximizmini aniqlash ishlari mikrobiologiya rivojlanishidagi uchinchi davr «mikrobiologiyaning bioximiya yo‘nalishi»ga turtki bo‘ldi. Nafas olish va bijg‘ish jarayonlarini ximizmini aniqlashda S.P.Kostichev, V.S.Butkevich, V.N.SHaposhnikov vaN.D.Irusalimskiylar katta hissa qo‘shganlar. Chirindi moddalar va tuproq strukturasi hosil bo‘lishidagi tuproq mikroorganizmlarining rolini tushuntirishda I.V.Tyurin, M.I.Kononova va boshqalar, mikroorganizmlar ekologiyasini o‘rganish sohasida B.L.Isachenko, E.N.Mishustin, N.M.Lazarevlar, tuproq va rizosferadagi turli xil bakteriyalarning aktivligini aniqlashda N.G.Xolodniy, V.S.Butkevich, N.A.Krasilqnikov, E.F.Beryozova, Ya.N.Xudyakov va boshqa olimlarning ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyingi yillarda mikrobiologiya texnikasini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan olimlar B.F.Perfilqev va D.L.Gabellardir. Ular yaratgan kapillyar mikroskopiya metodi ko‘pgina cho‘kindilarda uchraydigan yirtqich bakteriyalarni topishga yordam berdi. O‘tgan asrning oxiridan boshlab mikrobiologiyaning yana bir tarmogi bo‘lgan suv va geologiya mikrobiologiyasi rivoj topdi. G.A.Nadson, B.L.Isachenko, M.A.Egunov, V.O.Tauson, V.S.Butkevich, A.E.Kriss, A.S.Razumov va boshqalar bu tarmoqning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. G.A.Nadson va uning shogirdi G.S.Filippov 1925 yilda achitqi zamburug‘lariga turli nurlarni ta‘sir etdirib, ulardan mutantlar oldilar. Mikrobiologiya sohasida shunday katta kashfiyotlarning ochilishi mikroskopik texnikaning rivoj topishi bilan chambarchas boqliqdir. 1873 yilda Ernest Abbe mikroskoplar uchun linzalar sistemasini takomillashtirgan, 1903 yilda Zidentopf va Jigmondi ulqtramikroskopni, 1908 yilda A. Kyoller va Zidentopf birinchi lyuminessent mikroskopni kashf etgan bo‘lsalar, nihoyat 1928-1931 yillarga kelib birinchi elektron mikroskop yaratildi. 1934 yili F.Sernike fazo-konstrast prinsipini takomillashtirdi. Elektron mikroskopda 0,02 nm dan to 7 A gacha va undan ham mayda buyumlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Bu kashfiyotlar mikrobiologiyaning yana bir qirrasini, mikroorganizmlarning ultrastrukturalarini o‘rganishga turtki bo‘ldi. Oddiy yorug‘lik mikroskoplarida faqatgina tayoqcha bo‘lib ko‘ringan bakteriyalarni nanometrlar bilan o‘lchanadigan xivchinlari, fimbriylari, piliylari, hujayra devori va uni birnecha qavatdan iboratligi, sitoplazmatik membrana va uning noziq strukturalari, sitoplazma uning tarkibidagi yadro moddalari, ribosomalar va zahira moddalarini borligi aniqlandi. Mamlakatimizda mikrobiologiya fanining rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjudligi tufayli uning nazariy va amaliy masalalar bilan boqliq bo‘lgan sohalari: oziq- ovqat sanoati, konserva sanoati, sut mahsulotlarini qayta ishlash sanoati, pivo pishirish sanoati, turli aminokislotalar, oqsillar, antibiiotiklar va vitaminlar ishlab chiqarish sanoatlari yanada rivoj topmoqda. Mikrobiologiyaning rivojlanishida mikroskopik texnika. Yuqorida aytib o‘tilgandek, mikroskopik texnikaning taraqqiy etishi, uning ko‘rsatish qobiliyatining oshishi mikroorganizmlarni o‘rganishni yanada jadallashtirdi. Qorong‘i maydonda ko‘rish, lyuminessent mikroskop, fazo-kontrast mikroskop va elektron mikroskoplarning yaratilishi mikroorganizmlarni noziq strukturalarini (hivchinlar, hujayra devori, sitoplazmatik membrana va sitoplazmaning ichki strukturalari ) o‘rganish imkoniyatini yaratdi. Qorong‘i maydonda ko‘rish mikroskopi. Ko‘rish maxsus kondensor yordamida amalga oshiriladi. Odatda ishlatiladigan kondensorlar - (yoruq maydonli mikroskopda) o‘rtadagi nurlarini o‘tkazib, chetkilarini tutib qolsa, qorongi maydonli mikroskopda kondensor faqat chetki nurni o‘tkazadi, nurlarning og‘ish burchagi katta bo‘lganligi uchun, ular ob‘ektivga tushmaydi, natijada ko‘rish maydoni qorong‘i bo‘lib qoladi. Agar mikroskop ostida ko‘riladigan preparat bir jinsli bo‘lmay, xar xil optik zichlikka ega zarralar tutsa, unda kondensordan o‘tgan qiyshiq nurlar preparatdan o‘tganda zich zarralarni aylanib o‘tadi - difraksiya yo‘z beradi. Difraksiya natijasida nurlar har tomongasochilib ob‘ektivga tushadi. Natijada qorongi fonda turgan bakteriyalar yaltirab ko‘rinadi. Bu usulda ko‘rish OI – 7 yoki OI- 19 kabi yoritgichlar ishlatilsa yaxshi natija beradi. Ayniqsa, XX asrning 30-40-yillarida yaratilgan elektron mikroskoplar hujayra organoidlarining strukturasi bilan funksiyasi orasidagi bog‘lanishni aniqlashga, mikroorganizmlardagi bioximiyaviy jarayonlarni o‘rganishga imkon berdi. Elektron mikroskopda elektronlardan chiqadigan nurning to‘lqin uzunligi yorug‘lik nurining to‘lqin uzunligiga nisbatan ancha qisqa. Unda shisha linzalar o‘rniga ―elektron linzalar‖ - elektromagnit maydonlar paydo bo‘ladi, bular buyumlar molekulalarini yutadi, barcha optik sistema vakuumga (10-4 mm simob ustuniga) joylashtiriladi. Shuning uchun ko‘riladigan ob‘ektlar quruq bo‘lishi kerak. Aks holda ob‘ektdagi suv vakuumda qaynab ketadi va buyum yemiriladi. Elektronlar oqimi tekshiriladigan ob‘ektga tushganda, termik va radiatsion o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, bu esa buyumning strukturasini buzib yuborishi mumkin. Ikki nuqta orasidagi masofa 10 A (angstrem)ga teng bo‘ladi, bunda buyum 100000 marta kattalashgan bo‘ladi. Tekshiriladigan buyumlar, odatda, 10000 - 30000 marta kattalashtirib ko‘riladi. Elektron mikroskoplarda ko‘riladigan buyumlar nihoyatda yupqa bo‘lishi kerak. Shvetsiyalik olim Shestrand elektron mikroskoplar uchun yupqa kesmalar tayyorlaydigan mikrotom yaratdi. Bu mikrotom yordamida tayyorlanadigan kesmalarning qalinligi 100 - 150 A ga teng bo‘ladi. Ko‘riladigan buyumning suvi quritilib, so‘ngra u fiksatsiya qilinadi va qotirish uchun metakril smolasi bilan ishlov beriladi. Shundan keyin mikrotomda 100 - 150 A qalinlikda kesmalar tayyorlanib, maxsus ishlov berilgandan so‘ngelektron mikroskopda ko‘riladi. Turli guruhlarga mansub mikroorganizmlar morfologiyasi Bir hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlar orasida o‘xshashlik mavjud, chunki bir hujayrali organizmlarda organlar vazifasini hujayra organoidlari bajaradi. Masalan, bakteriyalarning harakatlanish organlari hivchinlaridir, yuksak o‘simliklarning mitoxondriyalari vazifalarini bakteriyalarning sitoplazmatik membranalari (mezosomalar) bajaradi va h. Bakteriyalar yer yuzida yashaydigan organizmlar ichida eng maydasi bo‘lsa, mikoplazmalar, rikketsiyalar, viruslar va bakteriofaglar bulardan ham maydadir. Ko‘pchilik mayda sharsimon bakteriyalar hujayrasining diametri 0,1mkm, tayoqchasimon bakteriyalarniki 0,5 mkm, uzunligi esa 2 - 3 mkm (ba‘zan 30 mkm), gigantlarining eni 5 - 10 mkm, bo‘yi 30 – 100 mkm bo‘ladi.
Yüklə 28,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin