2. Organik yarimo‘tkazgichlar to‘g‘risidagi umumiy tushunchalar. Organik yarimoʻtkazgichlar qattiq organik birikmalar boʻlib, tashqi kuchlar taʼsirida elektron yoki kovak oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlishadi.
Organik yarimoʻtkazgichlar toifasiga misol qilib organik boʻyoqlarni (masalan, metilen koʻki, ftalosianlar), aromatik birikmalar (naftalin, antrasen, violantren va boshqalar), shuningdek bir qator tabiiy pigmentlar (xlorofill, beta-karotin kabilar) ni aytish mumkin.
Organik yarimoʻtkazgichlar monokristallar, polikristallar yoki amorf plyonkalar koʻrinishida uchraydi.
Organik yarimoʻtkazgichlar bir qator oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bu xossalari ularning strukturasi va molekulalararo kuchsiz oʻzaro taʼsir xarakteriga ega ekanligi bilan tushuntiriladi:
yorugʻlik yutilishi natijasida kristall boʻylab eksitonlar koʻrinishida koʻchib yura olishi mumkin boʻlgan molekulalar paydo boʻladi;
yorugʻlik taʼsirida tok tashuvchilarning hosil boʻlishi eksitonlarning kristall sirtida parchalanishi, kristall strukturasidagi defektlar, kristall tarkibidagi aralashmalar, eksitonlarning bir-biri bilan oʻzaro taʼsiri kabi omillarga bogʻliq;
oʻtkazuvchanlik sohasi juda tor (-0,1 eV), oʻz-oʻzidan tok tashuvchilarning harakatchanligi ham kichik {\displaystyle \sim } 1 sm{\displaystyle ^{2}} /(V{\displaystyle \cdot } s);
elektr oʻtkazuvchanlikning zonalar mexanizmi bilan birgalikda sakrash mexanizmi ham mavjud. Ion-radikal tuzlarning kristallarida molekulalararo oʻzaro taʼsir kuchli anizotropik xarakterga ega. Bu esa ularning optik va elektr xossalarida anizotropiyani keltirib chiqaradi. Natijada ularni kvazi-bir oʻlchamli sistemalar sifatida qarash mumkin boʻladi.
Organik yarimoʻtkazgichlarning qoʻllanilishi
CCD (inglizcha: Charge Coupled Device) matritsalar va fotoelementlar uchun yorugʻlikka sezgir modda sifatida;
baʼzi organik yarimoʻtkazgichlar radiatsion nurlanishga juda chidamli boʻladi, shu sababli ularni kosmosda qoʻllash imkoni ham mavjud;
yuqori kritik temperaturaga ega boʻlgan oʻta oʻtkazgich materiallar yaratish masalasi ham organik yarimoʻtkazgichlar bilan bogʻliq;
OLED — televizorlar, OLED — monitorlar, OLED — ekranlar va OLED — panellar ishlab chiqarish.
Organik yarimoʻtkazgichlarni oʻrganish, murakkab tarkibli fizik-kimyoviy sistemalarda energiya hosil boʻlishi va u bilan bogʻliq boʻlgan jarayonlarni tushunishga yordam beradi. Ayniqsa, biologik toʻqimalarda kechadigan jarayonlarni bilish juda muhimdir.