Amaliy o‗yinlar – muayyan amaliy harakatlarning tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‗yinlar O‗yin texnologiyalari (o‗yin ta‘limi) – ijtimoiy tajribalarni o‗zlashtirishning barcha ko‗rinishlari: bilim, ko‗nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jaraѐnini hosil qilishga yo‗naltirilgan shartli o‗quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo‗naltirilgan ta‘lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri;
Muammoli o‗qitish- takomillashgan o‗qitish texnologiyasidir. Hozirgi oliy maktabdagi samarali o‗qitish texnologiyasi muammoli ta‘limdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli ta‘lim ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi.
Muammoli ta‘lim – talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma‘lum xulosalarga kelish kabi ko‗nikma va malakalarni shakllantirishga yo‗naltirilgan ta‘lim.
O‗tgan asrning 60-yillarida muammoli ta‘lim L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarashlari negizida yanada rivojlangan. S.L.Rubinshteynning ―Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi‖ degan g‗oyasi muammoli ta‘limning psixologik asosi
yoki muammoli vaziyat tashkil etib, muammoli TT ularning yechimini topishga xizmat qiladi. Ko‗p holatlarda muammo va muammoli vaziyat sinonimlardek qabul qilinadi. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.
Interfaol ta‘lim- ta‘lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‗li sifatida e‘tirof etilayotgan ta‘lim turi va o‗qitish shakli sanaladi.
Interfaol ta‘lim (ingl. ―interact‖, rus. ―interaktiv‖; ―inter‖ – o‗zaro, ―act‖ – harakat qilmoq) – talabalarning bilim, ko‗nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‗zlashtirish yo‗lidagi o‗zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta‘lim.
Mohiyatiga ko‗ra interfaollik talabalarning bilim, ko‗nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o‗zlashtirish yo‗lida birgalikda, o‗zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklarini anglatadi. Mantiqiy nuqtai nazardan esa interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub‘ektlarning suhbat (dialog), o‗zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Interfaol ta‘lim quyidagi imkoniyatlarga ega: