1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar


Mavzu: Ma'lumotlar resurslaridan umumiy foydalanish



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə4/51
tarix25.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#148249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar

4 Mavzu: Ma'lumotlar resurslaridan umumiy foydalanish.
Reja:
1 malumotlar resurslari rurlari
2 malumot resurslariga misollar
Elektron kutubxonaning milliy resurslari, axborot-kutubxona resurslari, shuningdek, jahon axborot resurslari asosida shakllantirishning eng samarali yollaridan biri bu AKMlarning korporativ hamkorligi hisoblanadi. Kompyuterlashgan kutubxonadan virtual kutubxonagacha bolgan turli xil turdagi, turli darajadagi kutubxonalar ortasida operativ ravishda malumotlar almashishni yolga qoyish murakkab jarayonlardan biridir. Bu axborot va dasturiy moslashgan, avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarini intensiv joriy qilish, elektron-kutubxonalarni shakllantirish AKMlarning korporativ tarmogini rivojlantishga asos boladi.Axborot-kutubxona muassasalarining korporativ tarmogi bu boshqaruv-iqtisodiy nuqtayi nazardan mustaqil bolgan AKMlarining foydalanuvchilarga axborot kutubxona xizmati korsatishda sifat va son jihatdan yangi xizmat turlarini joriy etishdagi birlashuvidir.Korporativ tarmoq ilmiy-talimiy va ilmiytexnik axborotlarni tarmoqlarda, jumladan, axborot-kutubxona muassasalari tarmogida shakllantirish, moddiy va insoniy resurslarni iqtisod qilishda muhim hisoblanadi. AKMlarni korporativ tarmogini birlashuvida korporativ kataloglashtirish tizimini yaratish muhim omillaridan biridir. Korporativ kataloglashtirish – bu bir qancha tashkilotlarga (kutubxona, ARM, AKM) kelayotgan yangi hujjatlarning elektron kataloglarini shakllantirish va ulardan foydalanishni amalga oshirishdagi tashkilotlarning birga olib borayotgan ish faoliyatidir. Korporativ kataloglashtirishning quyidagi asosiy qonun-qoidalarini korsatish mumkin:
1 Dasturiy axborot mosligi
2 Oz xohishiga kora a`zo bo`lish
3 Texnik tayyorliki
4 Tashkiliy tayyorliki
5 Kadrlar tayyorgarligi
Dasturiy axborot mosligi shuni angalatadiki, korporativ kataloglashtirish ishtirokchilari bibliografik axborotni taqdim etishning formatlariga (MARC kelisha oladigan) mos holda yagona dasturiy axborot asosga ega bolish lozimligini anglatadi.
Oz xohishiga kora azo bolish prinsipi, shuni taqozo etadiki, korporativ kataloglashtirish ishtirokchilari mazkur loyihaga ixtiyoriy kutubxonalar va foydalanuvchilar uchun hamkorlikning afzalliklarini tushungan holda kirishlari nazarda tutiladi.
Texnik tayyorligi - bu barcha ishtirokchilar lokal hamda kommunikativ vazifalarni bajarish uchun zarur bolgan texnikaga ega bolishi. Korporativ katalogizatsiya tizimida yagona ikki darajali tarmoq texnologiyalari axborot resurslarini taqdim etish va tashqi resurslardan foydalanishga imkon yaratishi lozim.
Tashkiliy tayyorligi. AKM va ARMlarning tashkiliy tuzilishi malumotlar bazasini shakllantirish borasidagi barcha vazifalarni hal etishga qaratilishi lozim. Ayniqsa, mazkur loyihani amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi bolimlar (masalan, kataloglashtirish, avtomatlashtirish va boshqalar) tayyor holatga keltirilishi lozim.
Mahalliy tarmoqlarda ko‘pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, ya’ni bir bit axborot uzatilgandan so‘nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‘li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‘ladigandek ko‘rinadi, aslida juda ko‘p sarf bo‘ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi masofa katta bo‘lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 8, 16 yoki 32 ta kabellarni o‘tkazishga qaraganda, bir dona kabelni o‘tkazish ancha oson. Ta’mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qat’i nazar, axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa, kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qilinadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa, ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar soniga teng bo‘ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko‘p bo‘lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda ko‘pincha axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi. Axborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu — har bir bitni uzatishga mo‘ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng bo‘lishligidir. Aks holda, turli uzunlikdagi kabellardan o‘tayotgan signallar o‘rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo‘yicha siljish hosil bo‘ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo‘lganda vaqt bo‘yicha siljish 5-10 ns.dan oshmasligi lozim.
Bunday siljish kattaligi, kabellarning uzunlikdagi farqi 1-2 metr bo‘lganda hosil bo‘ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo‘lganda esa, bu kattalik 0,1 - 0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, ba’zi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2 - 4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzoif kabel ishlatish mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq segment 100 BASE-T4 keltirish mumkin. Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqaradi. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo‘lish mumkin:
o‘ralgan juft simli kabel (витая пара — twisted pair), ular himoyalangan, ya’ni ekranlashtiriladi (экранированные - shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan, ya’ni ekranlashtirilmagan (неэкранированные unshielded twisted pair, UTP);
koaksial kabellar (coaxial cable);
shisha tolali kabellar (оптолоконные кабели – fiber optic).

Kabelning har bir turi o‘z afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun kabel turini tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek, alohida olingan tarmoq xususiyatini va avvaldan mavjud bo‘lgan barcha korxona standartlarining o‘rniga, 1995-yilda qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foydalaniladi.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin