1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar


Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli buyicha ikki sinfga ajratiladi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə9/51
tarix25.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#148249
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51
1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar

Lokal tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli buyicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoqlar selektsiyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshka tizimga uzatishni ta'minlaydi.
Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma'lumotni saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta'minotni rivojlantirishga xizmat kiladi.
Ma'muriyat tizimlari—tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar orasidagi axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog'lanishlarni kommutatsiya kilish vazifasini bajaradi.
Global, mintaqaviy va lokal tarmoqlarning birlashmasi ko'p tarmoqli iyerarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Misol: INTERNET kompyuter tarmoqlari keng tarqalgan ommaviylashgan kompyuter tarmog'idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoq kiradi. Uning nomini o'zi "tarmoqlar orasida" ma'nosini bildiradi. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Internetning asosiy yacheykasini maxalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.
Kompyuterning mahalliy tarmoqqa ulashning 3 turi mavjud.
1. Xalqasimon.
2. Shinali.
3. Yulduzsimon.
Xalqasimon bog'lanishda kompyuterlar yopiq chiziq bo'yicha bog'langan bo'ladi. Tarmoqning kirish qismi chiqish qismi bilan ulangan bo'ladi. Axborot xalqa bo'yicha kompyuterdan kompyuterga o'tadi.
Shinali bog'lanishda esa ma'lumotlar uzatuvchi kompyuterdan shina bo'yicha har ikki tomonga uzatiladi.
Yulduzsimon bog'lanishda markaziy kompyuter mavjud bo'lib, unga qolgan barcha kompyuterlar bog'langan bo'ladi.
Axborot texnologiyasi shu jumladan kompyuterlar keng qo'llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko'rib chiqamiz.
1. Biznes sohasi - biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;
• mijoz haqida ma'lumotlar ro'yhatini saqlash va u bilanishlashda va hok.
2. Bank sohasi-yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma'lumotlarni olish, balansni tekshirish, hisobni to'lash imkoniyatini yaratish.
• mijozlarga xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish;
• kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo'lga qo'yish va h.k.
3. Robototexnika sohasida. Kompyuter asri boshlanishi bilan inson og'ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo'ldi. Ular odam qiyofasida bo'lmasa ham ko'plab funktsiyalarni bajara oladilar. Misol: UZDAEWOO avto O'zbekiston-Koreya qo'shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo'llanilmoqda.
4. Marketing sohasi. Marketingda eng asosiy bozorni haridorlar talab ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o'rganish va ishlab chiqarishni shuning asosida qurish, ikkinchi tomondan esa mavjud talab va ehtiyojga faol ta'sir ko'rsatish haridorlarni muayyan omillarga bo'lgan talablarni shakllantirishdan iborat.
5. Ishlab chiqarish sohasida. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo'llanilib kelinmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Maxsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib omborlarga jo'natiladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin