Davlatni boshqarish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 7-moddasiga muvofiq, mamlakatimizda hokimiyatning birdan bir manbayi xalqdir, ya’ni kishilar o‘z vakillarini —deputatlarni saylaydilar. Deputatlar esa xalq nomidan jamiyat rioya etib yashaydigan qonunlarni ishlab chiqadilar va qabul qiladilar.O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin...
10-modda
Davlat hayotining eng muhim masalalari yalpi ovoz berish— referendum yo‘li bilan hal etiladi, bunda har bir fuqarohukumat qarorini ma’qullashini yoki ma’qullamasligini izhor etadi. Shundan keyin «ma’qullayman» va «qarshiman» degan barcha ovozlar sanab chiqiladi va uzil-kesil qaror qabul qilinadi.Bunday yalpi ovoz berish referendum deb ataladi. 18 yoshga to‘lganingizdan keyin siz ham davlatni boshqarishda ishtirok eta olasiz. Siz davlat organlariga saylanish, davlat arbobi bo‘lish huquqiga ega bo‘lasiz. Biroq jamiyat hayotida ishtirok etish, umumiy ishlarni hal qilishda qatnashish uchun 18 yoshga to‘lishni kutib o‘tirish kerak emas.
2-topshiriq.
Guruhlarga bo‘lining. Har bir guruhdan maktab Kengashida yoki maktab ma’muriyatida sinfingiz manfaatlarini ifoda etuvchi «deputat»ni saylang. Sizningcha,
hal etilishi maktab ma’muriyatiga bog‘liq bo‘lgan sinfingiz muammolari ro‘yxatini tuzing.
Dostları ilə paylaş: |