1-mavzu: konstitutsiya asosiy qonunimiz darsning maqsadi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə8/55
tarix22.04.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#56058
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
5 sinf konstitutsiya olamiga sayohat

Dars o’tish uslubi; mustaqil ishlash.

Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.

Dars tipi; aralash.ananaviy.

Darsda foydalanadigan jihozlar; 5- sinf darsligi , tarqatma materiallar,Prezident asarlari,qo`shimcha ma`lumotlar, qog’ozlar va marker.

Darsning borishi;

I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.

II O’tilgan mavzuni sorash.

O’tilgan mavzuni sorashda poydalanishda interfaol usullar

III Yangi mavzu bayoni.
Davlatni odamlar — siz-u biz saylagan kishilar boshqaradilar. Barcha umumiy ishlarni hal qilishni biz ularga ishonib topshiramiz. Boshqalar uchun qaror qabul qilish esa o‘ta murakkab va mas’uliyatli ishdir.

Eski tuzumlardan bizga nurab, vayron bo‘lgan boshqaruv tizimi meros qoldi. Ana shu vayrona o‘rnida o‘zimizning binoni tezroq tiklashimiz zarur.Demokratik davlatda hokimiyatning bo‘linishi prinsipi amal qiladi: parlament deputatlari qonunlarni qabul qiladi, ularni hukumat ijro etadi, sudlar esa qonunlarni tatbiq etish borasidagi

ziddiyatlarni hal qiladi . Ularning har biri, boshqasining ishiga aralashmasdan, o‘z ishini bajaradi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.



11- modda

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. Sud hokimiyati inson huquqlarini himoya qiladi, fuqarolar o‘rtasidagi nizomlarni hal qiladi. Qonunda sudyalar tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir o‘tkazishga hech kim haqli emasligi belgilangan.



Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, qishloqlarda xalq deputatlari Kengashlari qonun chiqaruvchi hokimiyatni ifoda etadi. Ijro etuvchi hokimiyat hokimga taalluqlidir. Mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalla qo‘mitalari raislari (oqsoqollar) yetakchilik qiluvchi fuqarolar yig‘ini ish ko‘radi. Ular joylarda

qonunlarni ijro etishda va har bir tuman, har bir ko‘cha, har bir xonadon, har bir oila muammolarini hal qilishda hokimga yordamberadi.

Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta «mahalla» tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi.

Mahalla boshqaruviga bunday katta e’tibor bugun mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning xalqchilligidan dalolat beradi.

Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. davlat jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. davlat toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. Davlat va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjudavlat

Davlat masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. Davlat hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. Davlat toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. av. taxminan 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. Davlatning vazifasi yovuzlikka qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. Davlat boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.

Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik Davlat toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy Davlatlarda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va h.Konstitutsiya) asosida Davlatga birlashadilar, deb hisoblagan. Davlatga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy), "Davlat huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden "davlat ichki va tashqi siyosatda mustaqildir", deyish b-n suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U davlat zimmasiga "qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi", deb yozgan. Davlat haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil boʻlmasin, Davlatning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz yoʻli b-n kechdi. Davlatning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki Davlatlar sugʻoriladigan dehqonchilik hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hozirgi Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugʻorish shoxobchalarini bunyod etish b-n mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Davlatning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firʼavn, xon va h.Konstitutsiya), quyiroqda — uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amal-dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. Davlat oliy hukmdor sanalib, jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati davlatning tub oʻzgarishlarsiz yashashini taʼminlab keldi. Chunonchi, qadavlat Misr davlati mil. av. 4-3-ming yilliklarda paydo boʻlib, 30 asrdan dan koʻproq yashadi. Gʻarb davlatlari Sharq davlatlaridan ancha keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi oʻzgarishlar davlatlarning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin