O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil
2. Aholi turmush darajasini yuqori darajada ta’minlash. Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi.
Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud an’analarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti.
Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami esa har qanday kishini mamnun etadi. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoyishida muayyan ma’noda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda qayd etilishicha, “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr avtomobil yo‘llari qurildi va ta’mirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017-2020-yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda, uning doirasida 50 ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish mo‘ljallangan”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (06.05), “Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08), “2018-2019-yillar, turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” (16.08) va boshqa Qarorlari chiqdi.
Ayniqsa, aholi ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (16.03), “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (18.04), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish to‘g‘risida” (18.04), “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” (21.04), “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.06) va boshqa Farmonlari qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.04), “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” (04.04), “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (04.04), “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirri to‘g‘risida” (04.04), “2017-2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2018-2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2017-2021-yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (24.04), “2017-2021-yillarda yer osti suvlari zahiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (04.05), “Toshkent shahri aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va mutaxassislarning kasbiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (06.06), “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.06), “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (17.07) boshqa Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan qo ‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.08) Farmoyishi chiqdi.
Arzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi galda aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi paytda mamlakatimizning barcha mintaqalarida ikki sotixli namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni qurish jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy etilganidan aholi bag‘oyat minnatdor.
Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy qurilishi maydoniga aylandi.
Xususan, Sergeli tumani hududida jadal sur’atlar bilan bunyod etilayotgan har taraflama shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma-pesh bitkazilyapti.
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy e’tibor berilyapti.
Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi mo‘ljallangan yer usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil yo‘li ham quriladi. Shuningdek, Sergelining bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral yo‘lga ulaydigan yo‘l qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti.
Shahrimizning yo‘l va ko‘chalariga yangidan asfal’t yotqizilyapti.
Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’atva sport sohalarini rivojlantirish ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04), “2017-2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (03.06), “Madaniyat va san’at tashkilotlari, ijodiy uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida qayd etish lozim.
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz berdi. 2017-yilning 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur tahlil etib, bu borada yangicha ishlash prinsiplarini bayon qilib berdi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Yoshlar ittifoqiga aylantirildi. Bundan buyon 30-iyun Yoshlar kuni sifatida bayram qilinadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi (05.07.2017) Farmoni qabul qilindi. Boshqa ko‘p qonunosti hujjatlarida ham yoshlarni ijtimoiy faollikka undaydigan, ular hayotini yaxshilashga qaratilgan tartib-qoidalar belgilandi.
Siyosatdagi barqarorlik va izchillik har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi.
Poytaxtimizning mahallalarida, aholining baxtli yashashi uchun qulay sharoitlar yaratishga kirishilganiga guvoh bo‘lasiz. Ko‘p qavatli uylarning fasadlari ta’mirlanyapti. Bu uylar orasidagi yo‘l va yo‘laklarga sement yotqizilyapti. Bolalar uchun o‘yingohlar yangidan jihozlanyapti. Shaharning bo‘sh turgan inshootlarida yangi-yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilyapti.
Bu ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beryapti. Bularning bari -ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasini ko‘tarishni ko‘zlab amalga oshirilyapti.
O‘zbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 foizga, o‘rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016-yildagi 1293,8 ming so‘mdan 2019-yilda 2324,5 ming so‘mga oshdi.
Jahon bankining “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi doirasida, uy xo‘jaliklari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar-mart oylari uchun o‘rtacha kambag‘al xonadonning oylik daromadi taxminan 1,5 million so‘mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan.
Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa’y-harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish uchun zarur institutlar yaratildi. Bu, avvalambor, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini belgilab beradi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.
Mazkur vazirlik fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko‘mak berish borasida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq joylarini obodonlashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishi tufayli 1,7 mln qishloq aholisining yashash sharoitlari yaxshilandi. Birgina 2019-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish uchun jami 600 million AQSh dollariga teng 6,1 trln so‘m ajratildi.
Biroq erishilgan natijalarga qaramay, hozirgi kunda O‘zbekistonda 400 mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj (Jahon banki mezonlariga ko‘ra, 2015-yil oktabridan boshlab Global kambag‘allik darajasiga kuniga 1,9 AQSh dollardan kam daromad olganlar kiritilgan). Norasmiy sektorning mehnat bozoridagi ulushi 40-50 foizni tashkil etadi. Biroq kambag‘al uy xo‘jaliklarining faqat 23 foizigina ijtimoiy nafaqa olishadi.
Prezidentimizning 2019-yil 28-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy islohotlarga katta g‘ov hisoblanmish korrupsiyaga yana bir bora qattiq zarba beradigan hujjat bo‘ldi.
Ta’kidlash lozimki, 2016-yilning oktabr oyida davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s’yezdidagi saylovoldi ma’ruzasida mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik kabi illatlar barobarida O‘zbekistonning barqaror rivojiga xavf tug‘dirayotgan tahdidlar orasida aynan davlat hokimiyatini obro‘sizlantirib, iqtisodiyotning o‘sishi va tadbirkorlik rivojiga jiddiy to‘siq bo‘lib kelayotgan korrupsiya masalasiga barchamizning e’tiborimizni qaratdi. Aynan shu davrdan boshlab mamlakatimizda bu salbiy illat bilan murosasiz kurash olib borish borasida barqaror qadamlar qo‘yildi.
Darhaqiqat, ko‘p vaqt o‘tmay, ya’ni 2016-yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Mazkur qonun hujjatining samaradorligini ta’minlash maqsadida 2017-yil 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi.
Kuni kecha e’lon qilingan Farmon ana shu tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yaratilgan mexanizmlarni yanada takomillashtirish, ushbu illatni batamom bartaraf etish choralari ochib berilgan.
Eng muhimi, ushbu Farmonning aynan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida e’lon qilinishi diqqatga sazovordir. Aynan shuning uchun ham mazkur hujjatda iqtisodiyotni yanada ravnaq toptirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini ta’minlash alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Farmonning asl mazmun-mohiyati shundan iboratki, korrupsiyaga qarshi kurashish bu nafaqat davlatning vazifasi, balki jamiyat ham davlat bilan hamkorlikda bu salbiy illatga barham berishda faol ishtirok etishi lozim. Shuning uchun ham hujjatda aynan siyosiy partiyalarning bu boradagi rolini yanada kuchaytirish alohida ko ‘rsatib o‘tilgan.
Darhaqiqat, partiyamizning saylovoldi dasturida ham aynan korrupsiya va uning har qanday ko‘rinishi bilan murosasiz kurash olib borish asosiy o‘rinni egallagan. Chunki mazkur salbiy illatga barham berilmas ekan, iqtisodiyotni rivojlantirish, mamlakatda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, chet el investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish hamda davlatimizda o‘rta sinfni shakllantirish nihoyatda og‘ir kechadi. Korrupsiyaning yana bir salbiy tomoni shundaki, u mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijiga, reytingiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Buning natijasida mamlakatning investitsiya jozibadorligiga putur yetishi mumkin.
Shuning uchun ham partiyamiz va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda bu borada tegishli nazoratni amalga oshirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni maqsad qilgan. Xususan, o‘z elektorat manfaatini himoya qilgan holda, davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ishlab chiqiladigan tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish, “Davlat xaridlari to‘g‘risida” hamda “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari doirasida tegishli davlat organlari tomonidan mazkur qonun hujjatlarini bajarish borasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni monitoringini o‘tkazish, lozim bo‘lsa, parlament eshituvi darajasida mazkur masalalarini o‘rganishni ko‘zda tutmoqda.
Shuningdek, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun doirasida mamlakat hududlarida tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini himoya qilish borasida o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillarini jalb etgan holda davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etishga ko‘maklashishni ko‘zlamoqda. Farmonga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun tashkil etiladigan komissiyalar tarkibiga tadbirkorlik sub’yektlarining manfaatlarini himoya qilish borasida o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillarini kiritish choralarini ko‘rish, har chorakda tadbirkorlik sub’yektlaridan kelib tushadigan va korrupsiya holatlari bilan bog‘liq murojaatlar tahlilini o‘tkazib, tegishli choralarini ko‘rish ham maqsadga muvofiq deb hisobaymiz.
Bundan tashqari “Men korrupsiyaga qarshiman” shiori ostida endi faoliyatini boshlagan yosh tadbirkorlar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Umuman, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashda natija beradigan har qanday chorani ko‘rish, eng muhimi, parlament nazoratining ta’sirchan usullaridan foydalanish davlatimiz uchun ham, jamiyatimiz uchun ham birdek naf keltiradi.