1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə33/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

3. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplaridan eng muhimi davlat hokimiyati organlarining umumxalq saylovlari asosida shakllantirilishi hamda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida bevosita yoki o‘zlari tomonidan saylab qo‘yilgan vakillari orqali ishtirok etishi hisoblanadi.
Bunda, eng avvalo, jamiyat bilan davlat o‘rtasida o‘ziga xos “ko‘prik” vazifasini o‘tovchi va fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo‘lgan - siyosiy partiyalar asosiy rol o‘ynaydi.
Siyosiy partiya - bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning ko‘ngilli birlashmasidir. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
Partiya so‘zi lotincha “partio” so‘zidan olingan bo‘lib, “bo‘lak, bo‘laman, ajrataman”degan ma’noni anglatadi, ya’ni butunning bir bo‘lagi, jamiyatning bir bo‘lagi degan tushunchalarni beradi. Shuningdek, partiya deganda “g‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi”ni tushunish mumkin.
Ekspertlarning fikriga ko‘ra, siyosiy partiya - bu siyosiy ambitsiyaga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tuzilgan va boshqariladigan hamda umumiy mafkura asosida birlashgan tarmoqdir (networks). Siyosiy partiyalar, eng avvalo, o‘z elektorati manfaatlaridan, siyosiy mafkurasi va pozitsiyasidan kelib chiqib, siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonlariga yetarlicha ta’sir o‘tkazishlari hamda o‘zining vakillari orqali davlatning markaziy va mahalliy ijroiya organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda qatnashishlari lozim.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, erkin fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilgan mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimiga o‘tildi.
Aynan ko‘ppartiyaviylik tizimi tanlanishini quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi” mazmunidagi qoida mustahkamlangan va uning mazmuni ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan mutanosibdir; ikkinchidan, salmoqli aholi soniga ega bo‘lgan bu davlatda fikrlar, qarashlar ham xilma-xil bo‘lishi tabiiy edi. Shuning uchun ham jamiyatda mavjud turli qatlamlar, guruhlarning manfaatini ifodalovchi hamda uni davlat boshqaruvida amalga oshishiga zamin yaratuvchi ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur deb tanlandi; uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar, ijtimoiy tabaqalarning keng ishtirokini ta’minlovchi ko‘ppartiyaviylikka asoslangan saylov davlat hokimiyati vakillik organlarini tashkil etishning demokratik ko‘rinishi hisoblanadi.
Shunday ekan, mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarinnig muhim qismi bo‘lgan siyosiy partiyalarning faoliyatiga oid yetarli tashkiliy-huquqiy asoslari mustahkamlangan. 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Repsublikasida Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunning birinchi moddasida: “O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironlar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya, sport va boshqa ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e’tirof etiladi”, degan qoidada o‘z ifodasini topgan.
Siyosiy partiyalarning huquqiy asosi sifatida yana O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega”ligi to‘g‘risida qoida belgilandi.
Asosiy qonunning 58-moddasida davlat siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishi lozimligi, shuningdek, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan siyosiy partiyalar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi ham mustahkamlangan.
Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning ajralmas belgisi hisoblanar ekan, siyosiy partiyalar muhim konstitutsiyaviy institut ekanini namoyon qiladi. Buning asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida siyosiy partiyalar huquqiy maqomini belgilab beruvchi alohida “Jamoat birlashmalari” deb nomlangan XIII bobning mavjudligi, unda jamoat birlashmalari turi sifatida siyosiy partiyalar haqidagi tegishli moddalarning kiritilishi Asosiy Qonunning hayotiyligidan, jamiyatdagi mavjud munosabatlarni tartibga solishga qaratilganligidan dalolat beradi.
Umuman olganda, Asosiy Qonunning 13 ta (ya’ni 10, 12, 32, 34, 56, 57, 58, 60, 62, 106, 108, 112, 120) moddalarida siyosiy partiyalar bilan bog‘liq normalar haqida so‘z yuritiladi.
Siyosiy partiyalar huquqlari O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasida mustahkamlangan, ya’ni:
- O‘z faoliyati to‘g‘risida axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib etish; - saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish; - qonunlarda belgilib qo‘ilgani kabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; - partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish; - O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlarini o‘rnatish; - qonunlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanish mumkin.
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, siyosiy partiyalarning boshqa nodavlat-notijorat tashkilotlardan farqi hech bir NNTi yoki jamoat tashkiloti o‘z oldiga hokimiyatga erishishni maqsad qilmaydi. Bunga faqat siyosiy partiyalar haqli.
Siyosiy partiyalarning o‘ziga xos muhim belgilari quyidagilardan iborat: - muayyan rasmiy tashkilot sifatida mavjudligi; - ma’lum bir faoliyat dasturiga egaligi ; - alohida ijtimoiy maqomga egaligi; - jamiyat siyosiy hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi; - o‘z nomzodlari bilan saylov kompaniyasini tayyorlash va o‘tkazishdagi muhim roli; - davlat boshqaruvchini shakllantirish va uning amal qilishidagi ishtiroki; - muayyan ijtimoiy bazaning mavjudligi; - muayyan iqtisodiy asosga ega ekanligi; -o‘zining ramziy belgisiga egali va h.k.
Ma’lumot uchun aytish mumkinki, demokratik rivojlanish yo‘lini tanlagan davlatlarda mingdan ortiq siyosiy partiyalar faoliyat olib boradi.
Agar siyosiy partiyalarning vujudga kelish tarixiga qisqacha to‘xtalib, tushuncha hosil qilsak, zamonaviy partiyalar Angliyada XVII asrda vujudga kelganiga guvoh bo‘lamiz. Ammo 1832-yil saylov islohotidan keyingina hozirgi ko‘rinishni olgani ham ma’lum. AQShda partiyalar 1830-yillarda, prezident Jekson davrida tashkil topgan. Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida parlament guruhlari va siyosiy klublarning ommaviy tashkilotlarga aylanishi 1848-yil inqilobi bilan bog‘liqdir. Sharq mamlakatidan esa Yaponiyada vujudga kelgan.
O‘zbekiston hududidachi? Mustaqillik uchun kurash jarayonida vujudga kelgan bir qator siyosiy harakatlarga to‘xtalib o‘tsak, ular “Birlik” harakati, “Erk” partiyasidir. Ularning faollari, asosan, yozuvchi va olimlardan iborat bo‘lgan.
Xususan, 1988-yil 11-noyabrda Abdurahim Po‘latov, Muhammad Solih tomonidan asos solingan edi. Chunki o‘sha vaqtda sobiq ittifoqning g‘arbiy hududlarida ijtimoiy harakatlar faollashgan edi. Xususan, Boltiqbo‘yi respublikalarida “Sayudis” va boshqa harakatlar paydo bo‘lgan edi. “Birlik” harakati dastlab til, milliy ma’naviyat kabi masalalarni ko‘tarib chiqsada, so‘ngra siyosiy liderlari “shaxsiy manfaati yo‘lida” kurash boshlab, davlat va jamiyat faoliyatiga xavf tug‘dira boshladi. So‘ngra ularning faoliyati tugadi.
Keyin esa davlat va jamiyat rivojini ko‘zlab siyosiy partiyalar tashkil topa boshladi. Ulaning aniq maqsad va dasturlari mavjud edi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda beshta siyosiy partiya rasman ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat olib bormoqda, bular: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyalaridir.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP) - 1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tashkil qilingan birinchi siyosiy partiya. Mazkur partiyani ko‘p jihatdan sobiq kommunistik partiyaning merosxo‘ri sifatida ham e’tirof etadilar. O‘zXDP 1991-yil 1-noyabrda rasman ro‘yxatga olingan. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda partiyaning a’zolari soni 500 minga yaqin. Joylarda partiyaning 11 mingdan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyat olib boradi. O‘zXDP markaziy kengashi raisi - Ulug‘bek Inoyatovdir.
Partiya ustavida uning asosiy maqsadi - davlat hokimiyatining vakillik organlarida davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojmand aholi qatlamlari manfaatlarini himoya qilishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan. Partiyaning matbuot organi - “O‘zbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi - 1995-yil 18-fevralda tashkil topgan.
Bugungi kunda 400 ming a’zosi bor. Respublika hududlarida 5 minga yaqin boshlang‘ich partiya tashkilotlariga ega. Partiya siyosiy kengashining raisi -Bahrom Abdurahmonov. Matbuot organi - “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
Partiya ustavida belgilangan asosiy maqsadi - huquqiy-demokratik davlat, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish deya belgilangan. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi - 2008-yil 20-iyunda Milliy tiklanish va Fidokorlar partiyalarining birlashuvi asosida shakllangan. Partiyaning a’zolari soni 490 minga yaqin. “Milliy tiklanish” partiyasi markaziy kengashi raisi -Alisher Qodirov.
Partiya ustaviga muvofiq asosiy maqsadi - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o‘zlikni anglashning o‘sishi, milliy g‘urur, vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish ekanligi ta’kidlanadi. Siyosiy partiyaning matbuot organi - “Milliy tiklanish” gazetasi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLidep) - 2003-yilning 15-noyabrida tuzilgan. Partiya o‘zining asosiy maqsadi sifatida - tadbirkorlar, ishbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash ekani qayd etiladi.
O‘zLidepning a’zolari soni 700 ming nafarni tashkil etadi. Partiya siyosiy kengashi raisi - Aktam Xaitov. Matbuot organi - “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi - dastlab harakat ko‘rinishida faoliyat olib borgan bo‘lsada 2018-yildan siyosiy partiya sifatida ro‘yxatdan o‘tib, 2019-yildagi ilk saylovlarda ishtirok etdi. Uning markaziy kengash raisi - Narzulla Oblomurodovdir. Partiya toza ekologik muhit yaratish, tabiatni asrash va uning sofligini ta’minlashni maqsad qiladi.
So‘ngi yillarda O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimini shakllantirish va faoliyati samaradorligini oshirish borasida yetarlicha huquqiy asoslar yaratildi deyishimiz mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida”gi, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksini alohida ta'kidlash lozim.
Bundan tashqari 2018-yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, respublikada Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish hamda barcha darajadagi saylovlar tizimiga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish vazifalari belgilab berildi.
Chunki siyosiy partiyalar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun saylovlarda munosib ishtirok etishi lozim.
Siyosiy partiyalar va saylov tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq, bir-birini taqozo qiladigan tushunchalardir. Chunki siyosiy partiyalar aynan saylovlar orqali o‘z tarafdorlarini aniqlaydi, kim unga ovoz beryapti, kim uning g‘oya va dasturlarini qo‘llab-quvvatlayapti bularning barchasini amalda ko‘rishga muvaffaq bo‘ladi. Siyosiy partiyalarning fuqarolarni o‘z dasturiy g‘oyalariga ishontira olgani, kimning manfaatlarini ifoda qilgani, shu bilan birga, kimning ularga ergashayotgani, kimlar ishonch bildirgani faqat saylov natijalariga ko‘ra ayon bo‘ladi. Aynan saylov paytida siyosiy partiyalar o‘zlarining asosiy va ustuvor qarashlari, islohotlarni qanday amalga oshirish borasidagi g‘oyalarini ilgari suradilar.
Saylovlar partiyalar uchun sinov vazifasini o‘taydi, partiya g‘oya va maqsadlarining yashovchanligi, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni, mamlakatni isloh etishdagi ishtiroki aynan saylovlar jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shunday ekan, siyosiy partiyalar faoliyati va davlat qurilishida muhim bo‘lgan saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish, saylovchilar tanlovi uchun bir necha nomzodlar kurashini taqozo qiladi. Saylovchilarga, ya’ni xalqqa ushbu nomzodlardan tanlab olish huquqi beriladi.
Chunki siyosiy partiya va saylov jarayonlari yonma-yon keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov saylov va siyosiy partiyalarning o‘zaro bog‘liqligiga shunday baho beradi: “Agar har qaysi partiya muayyan ijtimoiy toifa yoki guruhning manfaatini ifoda etadigan bo‘lsa, demokratiyaning eng ta’sirchan mexanizmi bo‘lgan saylovlar hisobidan dasturini amalga oshirish, o‘z maqsadiga yetish imkoniga ega bo‘ladi. Demokratiya va saylov tushunchalari dlimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Saylov - demokratiya degani. Demokratiya - bu saylov deganidir” degan edi.
Saylov ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasidir. Fuqarolarning o‘z saylov huquqini amalga oshirishi - ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. Saylov o‘tkazishning asosiy qoida va prinsiplari, odatda, har bir davlating konstitutsiyasi va boshqa huquqiy hujjatlarda belgilanadi. Saylov turli ko‘rinishda bo‘ladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillari ishtirok etishi mumkin. Saylov ochiq yoki yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Qaysi organ saylanayotganiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka saylov, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun saylov o‘tkazilishiga qarab yalpi yoki qisman saylov bo‘lishi mumkin. Hududga qarab umumdavlat yoki mahalliy; o‘tkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, ko‘ppartiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod ko‘rsatilsa); to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ko‘p bosqichli; asosiy yoki takroriy saylov o‘tkazilishi mumkin. Shuningdek, “saylov” tushunchasi biron bir organni (davlat, jamoatchilik, xalqaro va hokazolar) ovoz berish yo‘li bilan shakllantirish demakdir.
Shuningdek, amaldagi siyosiy partiyalarning 1994-y., 1999-y., 2004-y., 2009-y. va 2014-y. 2019-yillardagi Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda ishtiroki va saylovlar jarayonida orttirilgan o‘ziga xos tajribasi ham O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining rivojiga ijobiy ta’sir etadi, albatta.
Siyosiy partiyalar va saylovga oid yana bir jihat saylovoldi tashviqot -saylov kompaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.
Saylovoldi tashviqot nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganda tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu jarayonlar barcha siyosiy partiyalarning saylov natijalarida asosiy o‘rin tutadi.
Zero, saylovlar haqida gap ketar ekan, 2019-yil 25-iyun kuni saylovlarga doir yana bir o‘zgarish bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida ilk bor Saylov kodeksi qabul qilindi. Ushbu kodeks bilan tarqoq holdagi 5ta qonun (“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘ g‘risida”gi) va Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni tashkil etish va o‘tkazishga oid o‘nlab qaror va yo‘riqnomalari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Shuningdek, 2021-yilda Saylov kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun bilan prezident saylovlari bo‘lib o‘tadigan kun dekabr oyidan oktabr oyiga ko‘chirildi. Shundan kelib chiqib 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan mustaqil O‘zbekiston tarixidagi oltinchi prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 158 ming 907 nafar saylovchidan 16 million 212 ming 343 nafari (80,4 foizi) qatnashdi.
Shuningdek, shu yildagi prezident saylovida 887 ming 686 nafar yoshlar hamda uncha og‘ir bo‘lmagan yoki ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan 8 203 nafar mahkum ham birinchi marta ovoz berishi ma’lum qilindi.
Ovozlar berilishi quyidagicha taqsimlandi: Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDeP) - 80,12 foiz ovoz, Maqsuda Vorisova (XDP) - 6,63 foiz ovoz, Alisher Qodirov (“Milliy tiklanish” DP) - 5,48 foiz ovoz, Narzullo Oblomurodov (Ekopartiya) -4,14 foiz ovoz, Bahrom Abduhalimov (“Adolat” SDP) - 3,39 foiz ovoz bilan yakunlandi.
MSK joriy yilgi prezident saylovini yigirmaga yaqin xalqaro tashkilotlardan va ellikka yaqin xorijiy davlatlardan jami mingga yaqin xalqaro kuzatuvchi hamda mahalliy va xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalarining 1 ming 672 nafar vakili bevosita kuzatib va yoritib borganini qayd etib, bu O‘zbekistonda o‘tgan saylovlar tarixidagi rekord ko‘rsatkich ekanini ta’kidladi.
Bunda fuqarolar faol va munosib ishtirok etdi. Bu ham jamiyatda fuqarolik institutlarining rivojidan darak beradi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin