1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə59/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari.
XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi.
Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu hududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda.
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib, respublikaning o‘rni faqat qog‘ozlarda federatsiya sub’yekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos. O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi. “Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub’yekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan holi qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, - deb 1991-yil 31-avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi: • milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish; • umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan holda nizoli mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish; • tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; • barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga intilish; • xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish; • tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
Shu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktrinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik prinsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991-yil dekabrdan 1992-yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, 2015-yilga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi. 2018-yilga kelib, ular 134 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda 138 ta mamlakat bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Poytaxtda 44 ta davlat diplomatik missiyasi akkreditatsiyadan o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, O‘zbekistonning elchilari dunyodagi 46 ta davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlik, demokratik prinsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish kabilar tashkil etadi va Respublika tashqi siyosati tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon e’tirof etgan ochiq, yakdillik talablariga asoslanadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston barcha xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro foydali munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lib, asosiy tashqi siyosiy harakatlarini 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan eng muhim sohalarga qaratgan.
Mazkur hujjat mamlakatning tashqi siyosat sohasida quyidagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini shakllantiradi: - davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’yekti sifatida o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va do‘stona qo‘shnichilik munosabatlar mintaqasini yaratish; - O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, dunyo hamjamiyatiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ob’yektiv axborotni yetkazish; - O‘zbekiston tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini, shuningdek, xalqaro hamkorlikning shartnoma-huquqiy asoslarini takomillashtirish; - O‘zbekiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarini tartibga solish.
Umuman, O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari barqaror, adolatli va demokratik davlat qurishga, mamlakatning tashqi oshkoraligini ilgari surishga hamda regional va ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivoj lantirishga qaratilgan.
Mamlakat hozirgi tashqi siyosiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilgan vazifalar doirasida bo‘lib, xalqaro maydonda aloqalarni kengaytirishga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy qadamlarda o‘z aksini topmoqda.
Shu munosabat bilan Turkiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi dunyo mamlakatlari bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir bir qator tegishli dasturiy hujjatlar ishlab chiqilgan va qabul qilingan, “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.
Oliy va yuqori darajalardagi tashriflar davomida mamlakatning milliy manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq, pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tabiiyki, yangi ustuvor yo‘nalishlar va yondashuvlar tashqi siyosiy boshqarma tuzilishining tubdan isloh qilinishini talab etdi. Tashqi ishlar vazirligida yangi bo‘linmalar tashkil etildi, Belarus va O‘monda vakolatxonalar, Rossiya va Qozog‘istondagi shaharlarda bir qator bosh konsulliklar ochildi. Diplomatik faoliyatning iqtisodiy tarkibi kuchaytirildi.
Xalqaro maydondagi hamkorlik ilg‘or dunyo tajribasini o‘rganish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishga yordam berishi kerak, bu mamlakatda maksimal qulay amaliy va investitsion muhitni shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Bu borada Respublika tashqi siyosiy strategiyasi xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish, mahalliy eksport geografiyasini kengaytirish sohasida yangi qirralarni ochdi.
O‘zbekistonning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor yo‘nalishi dunyoning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik sheriklik hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat. Bunday yondashuv iqtisodiyotni modernizatsiyalash, barqarorlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash, Markaziy Osiyoda hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish vazifalarining samarali hal qilinishini ta’minlashga qaratilgan.
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligining tub manfaatlaridan kelib chiqqan holda uning tashqi siyosat sohasidagi sa’y-harakatlarining asosiy maqsadi davlat mustaqilligini mustahkamlashdan, mamlakatning xalqaro jabhada milliy maanfaatlarini ilgari surishdan, O‘zbekiston fuqorolari va yuridik shaxslarning haq-huquqlarini himoya qilishdan, tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan, O‘zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik makonini yaratishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan islohotlar natijasida vatanimizning tashqi siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida mamlakatning yangilangan tashqi siyosati ochiq, do‘stona va pragmatik tamoyillarga asoslangan.
Xususan, O‘zbekiston barcha xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlari va jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligi xalqimiz va yurtimiz manfaatlaridan kelib chiqib belgilangan.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin