1-mavzu. Krish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy- metodologik tamoyillari Reja


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə69/72
tarix07.01.2024
ölçüsü1,35 Mb.
#202287
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72
O\'zbekistonning eng yangi tarixidan majmua 2023-yil

4. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar.
O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reytinglar tizimiga integratsiyalashuvidan ko‘zlangan asosiy mezon va maqsadlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu masala yuzasidan qator fikr va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida ham yuritilgan edi. Xususan, O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va boshqa xalqaro reytinglarda qatnashishi hamda unda mamlakatimizning egallagan o‘rnini yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan kuchli parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish va boshqa vazifalar belgilangan edi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, reytinglar ichida eng mashhurlari, investitsiya jalb qilinishida muhim o‘rin tutadiganlari sirasiga “Standard and Poors”, “Moodys”, “Fitch Ratings” agentliklari hamda yirik auditorlik va konsalting kompaniyalari tomonidan e’lon qilib boriladigan baholash mezonlarini ham kiritish mumkin. Hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan agentliklar tomonidan e’lon qilinadigan suveren kredit reytingiga O‘zbekistonning ham kiritilishi bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Biroq bu ishlarni hozircha qoniqarli deb bo‘lmaydi.
Aytaylik, bir qator indekslar bevosita investitsion faoliyat bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni e’lon qiladi. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar indeksi (FDI index) 62 ta mamlakatda 22 sohani o‘z ichiga qamrab olgan holda qonunchilik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tahlil etadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning ishonchlilik darajasini ko‘rsatuvchi “FDI Confidence” indeksi global konsultatsion kompaniya bo‘lmish “A.T.Kearney” tomonidan belgilanib, 40 ta mamlakat bo‘yicha tahlillarni reyting ko‘rinishida chop etadi.
Afsuski, mazkur indekslardan o‘rin olgan davlatlar qatorida hozircha mamlakatimiz yo‘q. Bu esa yurtimizga potensial investorlarning kirib kelishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakat ichkarisida investitsion muhit qanchalik qulay va jozibador bo‘lmasin, uning xalqaro maydondagi targ‘iboti yetarli darajada bo‘lmas ekan, bir joyda depsinib turilaveradi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeyini ko‘tarish, ko‘rsatkichlarning xolis va haqqoniy baholanishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2020-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, shuningdek, respublikamizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni ta’minlash yo‘llari atroflicha belgilab berildi.
Mazkur hujjatga muvofiq vazifalar 3 ta asosiy yo‘nalishda ish olib borilayotgani alohida e’tiborga molik. Ya’ni:
1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholashning milliy tizimi, ya’ni Milliy monitoring tizimining yaratilishi.
2. Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqish darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirish maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutining joriy etilishi.
3. “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining yaratilishi esa ushbu yo‘nalishda samarali muloqot va axborot almashinuviga xizmat qiladigan imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi.
Shu yilning 5-fevral kuni davlatimiz rahbari “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unda mamlakatimizni xorijlik investorlar uchun yanada jozibador hududga aylantirish, yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzi va investitsion imijini keskin yuksaltirishga xizmat qiladigan vazifalar bayon etilgan. Qarordan kelib chiquvchi asosiy strategik maqsad mamlakatda 2022-yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.
Mazkur qarorda ta’kidlanganidek: “So‘nggi bir necha yillar davomida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bazasini va tartibga solish jarayonlarini takomillashtirishga, qulay biznes muhitini va xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rildi. Oxirgi 5 yil davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingida O‘zbekiston jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-o‘rindan 76-o‘ringa ko‘tarildi. Shu bilan birga, amaliyotda, xususan, qurilishga ruxsatnomalar olishda, mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlik sub’yektlari duch kelayotgan ortiqcha byurokratik tartib-taomillar hanuzgacha saqlanib qolmoqda” Anglashilmoqdaki, O‘zbekiston 2022-yilga qadar yana kamida 56 pog‘ona yuqorilashi kerak.
Shu o‘rinda mavzuga oid yana bir ma’lumotni keltirib o‘tish maqsadga muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida: “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeyini chuqur o‘rganishni ta’minlanishi”, deya qayd etilgan edi.
Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillar mobaynida O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bularning barchasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Ayniqsa, xalqaro reyting agentliklari o‘z indekslarida O‘zbekistonni yuqori o‘rinlarda qayd eta boshlayotgani mustaqillik yillarida birinchi bor kuzatilmoqda. Bu davlatimiz uchun, xalqimiz uchun juda katta yutuq. Masalan, O‘zbekiston Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 5-pog‘onaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19-pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18-pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh davlatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarilgani ham mazkur o‘zgarishlar natijasidir.
Xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni olish dunyo hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan e’tibori, chet el investorlarining qiziqishini oshirish uchun muhim omil hisoblanadi. Demak, bu masalaga jiddiy qarash kerakligini hayotning o‘zi talab etadi. Ammo ayrim sohalarda reytinglar bilan ishlashga yetarlicha e’tibor qaratilmayotgani va xalqaro tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotgani oqibatida yetakchi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston hamon quyi pog‘onalarda qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 2-iyun kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari hamda tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni shu jihatdan qayd etib o‘tilgan kamchiliklarga chek qo‘yishga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi.
Farmonda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting hamda indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsad qilingan. Hujjatda bu boradagi aniq vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, ushbu vazifalarni bajarish jarayonida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika Kengashi tashkil etildi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish mazkur kengashning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin