Tayanch so‘zlar. Harakatlar strategiyasi, elektron hukumat, qonun ustuvorligi, ilm-fan, iqtisodiyotni liberallashtirish, imkoniyati cheklanganlarni himoya qilish, agrar islohotlar, xalqaro hamkorlik. Demokratiya, jahon hamjamiyati, davlat, tashkilot, hamkorlik, tashqi siyosat, savdo, iqtisod, transport-kommunikatsiya, investitsiya, integratsiya, globalizatsiya, xalqaro reyting, indeks, identifikatsiya, logistika, korrupsiya, kredit, elektron hukumat.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. 1. 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish Harakatlar strategiyasi qachon qabul qilindi?
2. Harakatlar Strategiyasi nechta ustuvor yo‘nalishdan iborat? Ularning mazmun-mohiyatini aytib bering.
3. Jamiyatni demokratlashtirishda xalq qabulxonalarining o‘rni nimalarda ko‘rinadi?
4. Sudyalar Oliy kengashining tashkil etilishi va uning asosiy vazifalarini sanab o‘ting?
5. Chet el investitsiyasini jalb etish va xalqaro bozorga chiqishning yangi bosqichi nimalardan iborat?
6. O‘zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorning nogironlarni uy bilan ta’minlashdagi o‘rnini aytib bering.
7. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
8. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirib bering.
9. Xalqaro reyting va indekslar haqida nimalarni bilasiz?
10. Bugungi kunda dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga xalqaro reyting va indekslarning ta’siri qay darajada?
11. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasida qanday huquqiy-normativ hujjatlar qabul qilindi?
12. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirib bering.
13. O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlarini ko‘tarish uchun qaysi tashkilotlar mas’ul qilib belgilandi?