1-Mavzu: Kursning obyekti, maqsadi va vazifalari reja: «Ona tili»


§. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining obyckll, maqsadi va vazifalari



Yüklə 44,55 Kb.
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü44,55 Kb.
#166060
1   2   3   4   5   6

§. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining obyckll, maqsadi va vazifalari

Kursning obyekti - hozirgi o'zbek adabiy tili, lining o'zbek milliy lili tarkibidagi o'rni.
Kursning maqsadi - talabalarni «til stmkturasi — norma (mc’yor) - uzus» masalalariga, adabiy til va milliy til, adabiy til va dialckllar, adabiy til va jargon-argolar, adabiy til va funksional stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga hozirgi o'zbek adabiy tilining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari, og'zaki va yozma shakllari haqida ma’lumot berish.
Kursning vazifalari: a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushunchalar, terminlar va nazariy timumlashmalar bilan tanishish; b) til ierarxiyasidagi fonetik-fonologik, leksik, semantik va grammatik sathlarga mansub birliklarning adabiy til uchun me’yor (norma) bo'lgan va me’yor bo'lmagan belgi-xususiyatlarini qiyosan o'rganish, tahlil qilish, bu sohadagi munozarali nuqtalarni aniqlash; d) hozirgi o'zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki (lingvistik) va tashqi (ekstralingvistik) omillar haqida talabalarga ma’lumot berish, ularda,hozirgi o'zbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko'nikmalarini shakllantirish.
2§. Hozirgi o‘zbek adabiy tili
Hozirgi o'zbek adabiy tili o'zbek milliy tilining oliy formasi - ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan, millat vakillarining barchasi uchun umumiy bo'lgan barqaror shaklidir. Demak, u milliy tilga zid qo'yilmaydi, undan boshqa tizim ham ernas, balki shu milliy tilning yuqoriroq bosqichi, taitibga solingan bosh ko'rinishi, xolos.
Dialekt — umumxalq tilining ma’lum etnik guruhga mansub ko'rinishi.Sheva — mahalliy dialektning fonetik, leksik, grammatik umumiylikka ega boigan, bir yoki bir necha qishloqni o‘z ichiga oluvchi kichik bir qismi, guruhi [125, -130]. Dialekt va shevalar adabiy tilning shakllanishida ishtirok etadi, ammo adabiy tildan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:

  1. adabiy til millatning barcha vakillari uchun umumiydir, dialekt va shevalar esa millat tarkibidagi etnik guruhlarning har biri uchun alohida- alohida bo‘ladi, bir-biridan fonetik, leksik, grammatik jihatdan farqlanadi;

  2. adabiy tilning yozma shakli mavjud: u ma’lum me’yorlarga bo'ysun- dirilgan yozuv sistemasiga asoslanadi. Dialekt va shevalar uchun alohida adabiy-orfografik yozuv yo‘q; d) adabiy tilning qo‘llanishi hududiy (territorial) jihatdan chegaralanmaydi, dialekt va shevalarning qo’llanishi esa bu jihatdan chegaralangandir; e) adabiy tilda davlat ishlari - xalq ta’limi, matbuot, radio-televideniya, ilm-fan, ma’muriy-idoraviy hujjatlashtirish ishlari olib boriladi; qonun, farmon va qarorlar shu tilda e’lon qilinadi. Dialekt va shevalar bu funksiyada qo‘llanmaydi.

Jargon va argolar — ma’lum ijtimoiy guruhlarga, masalan, o‘g‘rilarga, sportchilarga yoki talabalarga xizmat qiladigan yasama til. Bunday «til» elementlari (jargonizm va argotizmlar) adabiy tilda ishlatilmaydi.
Funksional stillar — tilning vazifaviy uslublari. Bunday uslublar inson faoliyatining u yoki bu sohasiga xoslangan nutqni qoliplaydi. Chunonchi:

  1. rasmiy ish uslubi.Bu uslub ma’muriy-idoraviy hujjatlar tilini qoliplaydi;

  2. ilmiy uslub— ilmiy asarlar tilini va ilmiy nutqni qoliplaydi; 3) publitsistik uslub— ommabop asarlar, ma’ruzalar tilini qoliplaydi; 4) sozlashuv uslubi. Bu uslubning ikki xil ko!rinishi mavjud: a) adabiy sozlashuv uslubi; b) oddiy Qonli) sozlashuv uslubi; 5) badiiy uslub.Bu uslub badiiy asar tilini va badiiy nutqni qoliplaydi.

Adabiy til bilan funksional uslublar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagicha: rasmiy ish uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslub adabiy til me’yorlariga tayanadi, demak, adabiy tilga zid qo'yilmaydi; so'zlashuv uslubining «a» ko‘rinishi ham shunday: unda dialektizm, jargonizm va vulgarizmlar qatnashmaydi; so‘zlashuv uslubining «b» ko'rinishi esa nutqning maxsus tayyorgarliksiz bo’lishi, erkin muomalaga asoslanishi bilan xarak- terlanadi. («Leksemalarning nutq ko‘rinishlariga xoslanishi» mavzusiga qarang.)
Adabiy tilga munosabat jihatdan badiiy uslub alohida baholanadi: u, odatda, badiiy asar tilini belgilaydi, badiiy asar tilida esa adabiv til me’yorlaridan chetga chiqish hollari ko‘p uchraydi: obraz va personajlai nutqini tipiklashtirish zarurati shuni taqozo qiladi. Quyidagi misollarga e’tiborberaylik:

  1. Asadbek molodes! Visshiy klass! — dedi u. — Aniq topibdi. Endi a bilan hazitlashib bo‘Imaydi. (T.M.)

  2. U qizig'ar mashinasini Qoraqamishga qarab uchirdi ... (T.M.)

  3. Akamullo, akamullo, sizni yo ‘qloshopti, idoraga yo ‘qloshopti.

  • Nima gap ?

  • Hojar ayani bachasi sahroda borkan ekan ... Bo‘ronda qolgan ekan ... Qaytib kelmopti ... So`g`in Xojanazar akoning duxtori bo ‘ronga qolip o`lipti ...

Hoshim yugurganicha chiqib ketdi. Mahmuda bilan Mohidil bir-biriga hayron qarab qolishdi!(J.A.)
Birinchi misoldagi nutqiy parchada grammatik-sintaktik varvarizm («Asadbek molodes!», «Visshiy klass»),ikkinchi gapda vulgarizm («qiz.ig`ar»), uchinchi misoldagi dialogda esa o‘zbek-tojik ikki tilliligi ta’sirida boMgan o'zbek shevalarining so'zlari («akamullo» «bacha», «duxtor», so‘g‘in»kabi leksik dialektizmlar), shu shevaga xos grammatik formalar («yo ‘qloshopti», «kelmopti»kabi grammatik dialektizmlar), akaso‘zining akoshaklidagi dialektal ko‘rinishi (leksik-fonetik dialektizm) qo‘llangan. Bunday qo'llanishlar adabiy til uchun me’yor ernas albatta, ammo tilar badiiy uslub talabiga ko‘ra ishlatilgan, natijada badiiy asarning g'oyaviy-estetik jihatlarini ta’sirli, ishonarli qilib ifodalashga erishilgan.

  1. §. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining og‘zaki va yozma shakllari

Hozirgi o‘zbek adabiy tilining og‘zaki va yozma shakllari bor, shu ikki shakl vositasida u xalqqa xizmat qiladi.

  1. Adabiy tilning og'zaki shakli to'g'ri talaffuz me’yorlariga, eshitish orqali idrok qilishga tayanadi. Bu shaklning moddiy-mate rial asosini flzik- akustik birliklar (nutq tovushlari, urg‘u, ohang, melodika, pauza, tembr, ritm, temp) tashkil etadi; lining tarixiy ildizlari xalq og‘zaki ijodi namunalarida — dostonlar, qo‘shiqlar, maqollar, hikmatli so‘zlar, topishmoqlar, ertaklar negizida rivojlanib, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan, shu jarayonda uning hozirgi milliy adabiy tilga xos yagona talaffuz me’yorlari shakllangan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining og'zaki shakli ko'proq adabiy so'zlashuv uslubida namoyon bo'ladi, uning faoliyatida imo-ishora, nutq vaziyati kabi noverbal vositalar ham muhim rol o'ynaydi.

  2. Hozirgi o'zbek adabiy tilining yozma shakli, awalo, yozuv sistemasiga hamda shu sistema.birliklarini (grafemalarni, orfogrammalarni) koTish va o'qishga asoslanadi. Yozuv sistemasi, ma’lumki, grafika, orfografiya va punktuatsiya kabi komponentlardan tarkib topadi, demak, uning moddiy- material asosini optik-grafik vositalar tashkil qiladi.

Adabiy tilning yozma shakli faoliyatida ilmiy uslub, rasmiy uslub, ommabop (publitsistik) uslub qoliplariga xoslanish xususiyatlari borligi ham ko‘zga tashlanadi.

  1. §. Hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotini belgilovchi omillar

Hozirgi o'zbek adabiy tili taraqqiyotini belgilovchi omillar ikki xildir:

  1. Lingvistik (lisoniy) omillar. Bularga muayyan tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlari - fonemalar tizimi, lug‘at boyligi, morfema tiplari, so‘z yasash modellari, grammatik qurilishi, leksik, grammatik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari, ular o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni belgilovchi qoida-qonuniyatlar kiradi. Adabiy til taraqqiyoti, birinchi navbatda, ana shularga tayanadi.

  2. Ekstralingvistik (nolisoniy) omillar. Bularga tildan tashqarida mavjud bo'lgan faktorlar kiradi: ijtimoiy tuzum formalari, tarixiyjarayonlar, xalqlar va millatlar o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar, ilm-fan rivoji, ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy tafakkur, inson ruhiyati, his-tuyg‘ulari, til va yozuvga oid qonun va farmonlar shular jumlasidandir. Masalan, 0‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ma’naviy hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi: bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni boshlandi, milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning yangi shakllari yuzaga keldi. Buiarning barchasi o‘zbek tili leksikasiga ham ta’sir o'tkazdi: sobiq ittifoqdagi davlat tuzumiga xos ayrim tushuncha nomlari (partkom, raykom, obkom, sovxoz, oblastkabi so‘zlar) iste’moldan chiqib, o‘zbek tili lug‘at boyligining tarixiy qatlamiga o‘tib qoldi, ularning o‘rnida hozirgi mustaqil 0‘zbekiston hayoti taqozo qilgan yangi so‘z va atamalar (kollej, litsey, gimnaziya, litsenziya, reyting, test, marketing, minimarket, investitsiya, bizneskabilar) paydo bo‘ldi, hokim, hokimiyat, viloyat, tumankabi leksemalarning mazmun mundarijasida hozirgi tuzumga xos yangi ma’no qirralari yuzaga keldi, natijada bunday so‘zlar eski qatlamdan zamonaviy qatlamga o'tib qoldi.

Keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, milliy tilning, shu jumladan, milliy adabiy tilning taraqqiyotida lisoniy va nolisoniy omillar birga qatnashadi, ularning biri ikkinchisiga sharoit yaratadi, har ikkalasi bir butun mexanizm sifatida xizmat qiladi; til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari shuni taqozo qiladi.
4§. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining davlat tili mavqeyidagi o‘rni
Hozirgi o'zbek adabiy tilida, yuqorida aytib o'tilganidek, davlat ishlari olib boriladi. O'zbekistonning davlat tili deyilganda ham ko'proq darajada o'zbek adabiy tili nazarda tutilgan, binobarin, adabiy til davlat tomonidan himoyalangandir. Bunday himoya quyidagi hujjatlar bilan kafolatlangan:

  1. O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonuni (o'n birinchi chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida 1989- yil 21 - oktabrda qabul qihngan).

  2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (4- modda).

  3. «Davlat tili haqida»gi qonunning yangi tahriri, 1995- yil 21- dekabr.


Yüklə 44,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin