Tekshirish savollari: Hozirgi o'zbek adabiy tilining qanday tarixiy ildizlari bo'lgan?
Bunday tarixiy ildizlar va jarayonlardan xabardor bo'lishning amaliy ahamiyati nimada?
Qadimgi turkiy til vokalizmi qanday unliiardan tarkib topgan?
Eski turkiy vn eski o'zbek adabiy tillari vokalizmi haqida nimalarni bilasiz?
Vokalizm ti/.imidagi kontrast juftliklarni qanday tushunasiz?
Hozirgi o'zbek adabiy tili vokalizmida nechta unli bor? Ular yo'g'onlik- ingichkalik belgisiga ko'ra kontrast juftliklarni hosil qiladimi?
Ottclimgi turkiy til konsonantizmi qanday undoshlardan tarkib topgan? Eski o'zbek adabiy tili konsonantizmi-chi?
Hozirgi o'zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til undoshlari tizimining asosiy larqlari nimada?
Qadimgi lurkiy tildan hozirgi o'zbek adabiy tiligacha bo'lgan tarixiy taraqqiyot jarayonida fonemalarning paradigmatik va sintagmatik xususiyallarida qanday o'zgarishlar yuz bergan?
Singarmonizm haqida nimalarni bilasiz? Hozirgi o'zbek adabiy tilida singarmonizm bormi? Shevalarda-chi?
Qadimgi turkiy tildan hozirgi o'zbek adabiy tiligacha bo'lgan davrda tilning leksik sathida (lug'at boyligida) qanday o'zgarishlar bo'lgan?
Tilning grammatik qurilishida bo'lgan o'zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?
I lozirgi o'zbek adabiy tilining dialektal asoslari haqida qanday fikrlar bor?
O'zbek tili shevalari qanday lahjalarga birlashadi?
«I lozirgi o'zbek adabiy tili» kursining qanday bo'limlari bor?