Tekshirish savollari
«Hozirgi o'zbek adabiy tili» kursi nimani o'rganadi?
Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo'yilgan?
Nima uchun adabiy til milliy tilning oliy formasi sanaladi? Belgilari?
Adabiy til bilan dialekt, sheva va funksional stillar o'rtasidagi munosa- batlar va tafovutlar nimadan iborat?
Adabiy tilning og'zaki va yozma shakllari qanday farqlanadi?
Til taraqqiyotini belgilovchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni qanday tushunasiz?
Adabiy tilning vazifa doirasi?
O'zbek tilining davlat tili maqomi qanday hujjatlar bilan kafolatlangan?
Tayanch tushunchalar
Kursning obyekti — hozirgi o'zbek adabiy tili.
Kursning maqsadi — talabalarni adabiy tilga oid nazariy va amaliy bilimlar bilan tanishtirish.
Kursning vazifalari — talabalarga hozirgi o'zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki va tashqi omillar haqida ma’lumot berish, ularda hozirgi o'zbek adabiy tilining sistemaviy va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko'nikmalarini shakllantirish.
Adabiy til — milliy tilning ishlov berilgan, me’yorlashtirilgan oliy formasi.
Sistema — har biri alohida mustaqil (avtonom)bo'lgan murakkab mexanizmiar (fonemalar tizimi, morfemalar tizimi, leksik birliklar tizimi, sintaktik konstruksiyalar tizimi) o'rtasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim.
Struktura — bir butun tizim (makrotizim) tarkibidagi mikrotizimlar, ularo‘rtasidagi aloqalar mexanizmi.
Norma (me’yor) — adabiy tilga va adabiy nutqqa xos barqaror belgi- xususiyatlar. Ular ijtimoiy til amaliyotida tanlab olinadi va mustahkamlanadi.
Lingvistik omillar — til strukturasi va sistemasiga mansub bo‘lgan, shu tizim qoida-qonuniyatlaridan kelib chiqadigan omillar: fonemalar- ning funksional xususiyatlari, morfema tiplari, leksik va grammatik tizimlar xususiyatidan kelib chiqadigan faktorlar. Ular lisoniy omillar deb ham yuritiladi.
Ekstralingvistik omillar - tildan boshqa sistemalarga oid faktorlar (nolisoniy omillar). Ular til taraqqiyotiga tashqaridan (til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur munosabatlari jarayonida) ta’sir o'tkazadi.
- Uzus — leksema, frazema, so‘z shakli va sintaktik konstruksiyalarning til egalari tomonidan qabul etilgan qo‘llanishi.
Til — fonetik, leksik va grammatik vositalar o‘rtasidagi aloqa- munosabatlardan tarkib topgan barqaror tizim (sistema).
Nutq — til vositalari ishtirokida fikr ifodalash jarayoni.
Ierarxiya - til tizimida quyidan yuqoriga qarab bosqichma- bosqich joylashgan sathlar (yaruslar) yig‘indisi: fonetik-fonologik sath (quyi yarns), morfemik sath, leksik sath (yuqori yaruslar), grammatik sath (yariada yuqoriroq yarns) kabi.
HOZIRGI 0‘ZBEK ADABIY TILINING TARIXIY ILDIZLARI YA DIALEKTAL ASOSLARI
Adabiyotlar: 3 [12-26, 41-46, 161-164], 10 [8-16], 17 [21-23], 18 [5-59], 28 [3-174],
1§. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining, ma’lumki, bir qator tarixiy ildizlari bör: a) eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo‘lgan davr); b) qadimgi turkiy til (VII—XI asrlar); d) eski turkiy til (XI—XIII asrlar); e) eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar); f) yangi o‘zbek adabiy tili (XIX asrning oxiri - XX asrning boshlari). 0‘zbek tili ana shu tarixiy ildizlardan o‘sib chiqib, XX asrning 30- yillarida hozirgi o‘zbek adabiy tili shakliga kirgan1. Turkoiogiyada va o‘zbek tilshunosligida o‘zbek tili tarixini boshqacharoq davrlashtirish holatlari ham uchraydi [qarang: 17, -21—23].
0‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini ko‘zdan kechirish qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan lisoniy taraqqiyot djqamikasini kuzatish, hozirgi o‘zbek adabiy tilining qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridan farqlarini aniqlash imkonini beradi. Bunday farqlarning paydo bo'lishi, odatda, ikki omilga asoslanadi:
muayyan tilning ichki taraqqiyot qonuniyatlariga — tilning o'zidagi sistemaviy va strukturaviy hodisalar munosabatiga; 2) ikki yoki undan ortiq tillar o‘rtasidagi kontaktga (interstrat munosabatiga). 0‘zbel< tili taraqqiyotida eng qadimgi turkiy til va qadimgi turkiy til substrat (asos) til vazifasini, arab, tojik-fors va rus tillari esa superstrat (ustama) til vazifasini o'tagan. Substrat va superstrat tillar o‘rtasidagi aloqa odatda bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (ko‘p tillilik).sharoitida yuzaga keladi va tillar substratsiyasi deb ataladi: turkiy-arab, turkiy-fors, o‘zbek-arab, o'zbek- tojik, o‘zbek-rus ikki tilliliklari sharoitida asos til bilan ustama tillar o‘rtasida bogiangan aloqalar ana shunday substratsiyalar sanaladi. Ayni shu omillar (ichki taraqqiyot qonuniyatlari bilan birga) qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda til strukturasida qator o'zgarishlarni yuzaga keltirgan. Buni til sathlari va tizimlari bo'yicha keltirilgan quyidagi , ma’lumotlardan anglab olsa boladi.
Tilning fonetik-fonologik sathida: a) qadimgi turkiy til vokalizmida 8 unli bo‘lgan (a, bi, o, u - orqa qator, yo‘g‘on unlilar; a, i, e, y ~ old qator, ingichka unlilar); b) eski turkiy til va eski o‘zbek tillarida ham shu 8 unli saqlangan, antmo eski o‘zbek tilida old qator lablanmagan e unlisi hisobiga vokalizm tizimi 9 unlidan iborat boigan; d) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tillarida unli tovushlarning yo‘g‘onlik-ingichkalik ziddiyati (oppozitsiyasi) bo‘lgan: i—w, ø—a, y—u, e—o kabi; e) hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilar miqdori 6 taga tushib qolgan (i, e, a, u, o‘, o). Bu tizimda yo‘g‘onlik-ingichkalik oppozitsiyasi yo‘q, ayrim tovushlarning sifat belgilari ham o‘zgargan. Masalan, orqa qator, lablanmagan a o‘rnida kuchsiz lablangan o (o) unlisi paydo boigan. Qiyos qiling: ata — ota, at — ot kabi; f) qadimgi turkiy til konsonantizmida b, m, p, v, s, z, t, d, n, 1, r, ch, sh, y, q (k), g‘ (g), r\ undoshlari boigan, bu undoshlarning ko‘pchiligi palatal (ingichka yoki yumshoq) va velyar (qalin) variantlarga ega edi; g) eski o‘zbek adabiy tilida undoshlar 24 taga yetgan (b, m, p, v, f, s, z, t, d, n, 1, r, ch, sh, j, j (dj), y, q, k, g‘, g, q, x, h). Konsonantizm tarkibida undoshlar miqdorining ortishi o‘sha davrdagi o‘zbek-arab va o‘zbek-fors ikki tilliligi (bilingvizmi) ta’sirida, shuningdek, ayrim undoshlarning divergensiyasi (bir fonemaning ikki fonemaga ajralishi) 10 natijasida sodir bo'lgan; h) hozirgi o'zbek adabiy tili konsonantizmida yuqoridagi 24 undoshning barchasi bor. Ayrim tilshunoslarning (masalan, prof. A. Abduazizovning) fikricha, ms tilidan o‘zlashgan so'zlarda uchraydi- gan qorishoq «ts» ham o'zbek tili undosh fonemalari qatoridan o'rin olgan deb qaralishi kerak.2 Yuqoridagi ma’lumotlar tahlilidan quyidagilar ma’lum boiadi: a) qadimgi turkiy til konsonantizmida f, x, h, j, j (dj) undoshlari boimagan. Ular eski turkiy til va eski o'zbek adabiy tili davrida turli lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstralingvistik) omillar ta’sirida paydo bo'lgan; b) qadimgi turkiy tilda q va k undoshlari bir fonemaning nutqdagi ikki ko'rinishi — ottenkalari bo'lgan, keyinchalik bu fonema divergensiyaga uchrab, ikki mustaqil fonemaga aylangan; g' va g undoshlari rivojida ham ayni shu jarayon (divergensiya) boiganligini - «g» ning «g‘» va «g» ga parchalanganligini ko'ramiz.
Nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar: a) qadimgi turkiy tilda r, 1, v, g‘ (g), z, d, q undoshlari so‘z boshida qo'llanmagan. Eski o'zbek adabiy tili va hozirgi o'zbek adabiy tilida esa bu tovushlar («q» dan boshqalari) so‘z boshida ham ishlatiladi; b) m undoshi qadimda so'z boshidagi «b» ning varianti sifatida qo'llangan, BEN — «men» [105, -94], MEN — «men» [105, -340], Biq — «ming» [105, -101], Miq - «ming» [105, -344] kabi; so'z o'rtasida va oxirida esa mustaqil fonema bo'lgan: Qabaq - «qovoq» [105, -399], Qamaq - «buturi», «barcha», «to‘la» [105, -414]; TAM — «devor» [105, -523], «uy» [107, 3-t., -151], TAB ~ «Top» [105, -525], Uning mustaqil fonema sifatida so'z boshida qo'llanishi eski o'zbek tilida bir qadar uchrab turadi, hozirgi o'zbek adabiy tilida esa uning so'z boshida qo'llanishi ancha keng tarqalgan;
qadimgi turkiy tilda undosh tovushlar so'z boshida qatorlashib kelmagan. Bu xususiyat eski o'zbek tilida ham saqlangan, ammo hozirgi o'zbek adabiy tilida esa undoshlarning so'z yoki bo'g'in boshida qatorlashib kelishi me’yoriy holatga aylangan; b| hodisa o'zbek tiliga.rus tilidan o'zlashtirilgan so'zlarga xos (brom, professHr, shkaf traktor, trolleybus, tramvaykabi);
qadimgi turkiy tilda undosh tovushlarning so'z oxirida qatorlashib kelishi juda kam uchraydi: qirq, alp(«mergan ovchi»), art(«yelka») kabi. Eski o'zbek tilida undosh tovushlarning so'z oxirida qatorlashib kelishi biroz ko'paygan (fors-tøjik va arab tillaridan so'z o'zlashtirish hisobiga): do‘st (forscha o'zlashma), hamd(arabcha o'zlashma: «maqtov»), g‘isht(tojikcha o'zlashma), go ‘sht(tojikcha o'zlashma) kabi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida bo'g'in yoki so'z oxirida ikki undoshning qatorlashib kelishi ms tili orqali o‘zlashgan so‘zlar hisobiga ancha ko'paygan: boks, kodeks, kori, ikskabi;
qadimgi turkiy va eski o'zbek tillarida so‘z oxirida ikkita bir xil undoshning qavatlanishi (geminatsiya) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ikkita bir xil undoshning so‘z oxirida qavatlanishi uchrab turadi: gramm, klass, vatt, ballkabi ruscha-baynalmilal o‘zlashmalar buning dalilidir;
qadimgi turkiy tilda so‘zning birinchi bo‘g‘inidan keyingi bo'g'inlari faqat undosh bilan boshlangan: o-na, o-ta, o-g‘a, i-ni, bo-lakabi. Bu hoi so‘z tarkibida ikki unlining yonma-yon kela olmasligiga sabab bo‘lgan. Eski o‘zbek tilida arab tili o‘zlashmalarining paydo bo‘lishi bu qonuniyatga chek qo‘ygan: saodat, oila, maorif, soat,foiz, mutolaakabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ruscha-baynalmilal leksik o‘zlashmalar hisobiga bu hodisa yanada kengaygan: biologiya, zoologiya, geometriya, geografiyakabi.
Singarmonizm: 1) qadimgi turkiy til va eski o‘zbek tilida singar- monizm (so‘z tarkibidagi o‘zak va qo'shimchalarda unlilarning uyg‘unlashuvi) mavjud boigan. Qiyos qiling: keldyk(«kel» dagi «e» — old qator, ingichka unli + «-dyk» dagi «y» ham old qator, ingichka unli) va barduk(«bar»dagi «a» — orqa qator, yo'g'on unli + «-duk» dagi «u» ham orqa qator yo‘g‘on unli). Bu misollardagi unlilar til garmoniyasi qonuniyati asosida uyg‘unlashgan. Kelipva ksrypso‘z shakllarining birinchisida («kel+ip»da) o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar lablanmagan, ikkinchisida («ker+yp» da) esa o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar lablangandir. Demak, ikkinchi misolda unlilar lab garmoniyasi qonuniyati asosida uyg'unlashgan;
hozirgi o‘zbek adabiy tilida singarmonizm o'z mavqeyini ancha yo'qotgan. Qiyos qiling: koplyriyz(eski o‘zbek tilida) — ko‘nglingiz(hozirgi o'zbek adabiy tilda), koryp(eski o'zbek tilida) — ko‘rib(hozirgi o'zbek adabiy tilida) kabi.
Izoh: singarmonizm qonuniyati hozirgi paytda qipchoq va o'g'uz dialektlariga mansub o'zbek shevalarida saqlangan: olgan(adabiy tilda) — alg‘an(qipchoq lahjasi shevalarida), borgan(adabiy tilda) — barg'an(qipchoq lahjasi shevalarida), kelgan(adabiy tilda) — kelgen(qipchoq lahjasi shevalarida), o‘ttiz(adabiy tilda) — ottuz(qipchoq lahjasi shevalarida), uyimga(adabiy tilda) - yyymo(o'g'iz lahjasi shevalarida) kabi.
Tilning lug‘at boyligida: 1) qadimgi turkiy tilda fors-tojik va arab so'zlari bo'lmagan. Eski turkiy tilda fors-tojik va arab so'zlari qo'llana boshlagan, eski o'zbek tilida bunday o'zlashmalar ancha ko'paygan: gul, gavhar, guruch, go‘r(fors-tojik so'zlari), madrasa, oila, fikr, firoq, hosil (arabcha so'zlar). Hozirgi o'zbek adabiy tilida bunday o'zlashma so'zlarning ayrimlari eskirgan (masalan, muvallidulhamuza, handasa, tarhkabilar), ularning o'rnida bir qator rascha o'zlashma termin va atamalar paydo bo'lgan (kislorod, geometriya, avtobus, tramvayva b.); 2) qadimgi turkiy tildagi ayrim so‘zlarning eski o‘zbek tilida tojikcha sinonimlari paydo bo‘lgan: chechak(turkiy) — gul(tojikcha), yog'och, yig'och(turkiy) — daraxt(tojikcha), oltin(turkiy) - tilla(tojikcha), buloq(o‘zbekcha) — chashma(tojikcha), qirov(o‘zbekcha) - shabnam(tojikcha) kabi; 3) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o'zbek tillarida qisqartma so‘zlar (abbreviatura- lar) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek tilida bunday qisqartmalar anchagina bor: BMT, TDPU, SamDU kabi. Keyingi yillarda o‘zbek tili leksikasida IIB (Ichki ishlar bo‘limi), IIBB (Ichki ishlarbo‘limi boshqarmasi), IIV (Ichki ishlarvazirligi), DAN (Davlat avtoinspeksiya nazorati), Ö‘zMU (0‘zbekiston Milliy universiteti), BuxDU (Buxoro Davlat universiteti), QarMIl (Qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti) kabi yangi qisqartma nomlar ham paydo bo‘ldi; 4) o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, shuningdek, mustaqil 0‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ma’rifiy islohotlar o‘zbek tili leksikasida yana bir qator yangi so‘zlarning yuzaga kelishiga yoki ayrim eskirgan so‘zlarning qayta tiklanishiga sabab boimoqda: supermarket, fermer, aksiyador, vazirlik, nozir, devonxona, ta ’tilkabilar shular jumlasidandir; 5) rus tili va rus yozuvi ta’sirida yuzaga kelgan tok(«elektor toki») va tok(«uzum toki») kabi omograflar, to ‘rt(«miqdor son»)va tort («konditer mahsuloti») kabi omofonlar ham ko‘proq hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasiga xosdir. %
Tilning grammatik |urilishida: 1) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish kabi mustaqil so‘z turkumlari bo'lgan. Bunday mustaqil so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida yordamchi so‘zlar — ko‘makchilar, bogiovchilar va yuklamalar bo'lgan. Bunday turkumlarga xos so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham mavjud; 3) qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida undovlar va modal so'zlar bo‘lgan. Ular hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor; 4) qadimgi turkiy tilda ham, eski o‘zbek tilida ham har bir so‘z turkumining o‘ziga xos grammatik kategoriyalari (otlarda — egalik, kelishik, son; sifatlarda — daraja; fe’llarda — shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va b.lar) bolgan. Bu xususiyatlar hozirgi o‘zbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, hozirgi o‘zbek adabiy tilida qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi:
hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridagiga nisbatan miqdoran ko‘p va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda o‘zakdan oldin qo‘shiluvchi affiks morfemalar (preftkslar) bo'lmagan. Bu tipdagi morfemalar eski o‘zbek tilida va hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noo ‘rin, sersuv, sergapkabi; b) eski o‘zbek adabiy tilida «-ov», «-yev», «-ova», «-yeva», «-ovna», «-yevna», «-ovich», «-yevich» kabi familiya yasovchi qo'shimchalar bo‘lmagan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida bunday qo'shimchalar bor; d) eski o'zbck adabiy tilida «-lar» at'fiksi ko'plikni (odamlar, qishloqlar kabi), birgaiikni (Karimlar kelishdi), ma’no kuchaytirilishini (suvlar oqib yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar bo ‘Icli kabi) ifodalagan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa «-lar»affiksining so'zlarni terminlashtirish funksiyasi ham paydo bo'lgan: qirqquloqsimonlar, sutemizuvchilar... kabi; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida singarmonizm mavjud boiganligidan ko'pchilik morfemalarning yo'g'on va ingichka turlari saqlangan: «-mbiz» va»-miz» (barambtzva kelamizkabi), «-gan» va «-g‘on» (kelgcm va borg'on), «-chbi» va «-chi» (yo ‘g‘chbi — «azani boshqaruvchi» va badizchi — «naqqosh» kabi). Hozirgi o'zbek adabiy tilida esa ulardan faqat bittasi standart forma sifatida saqlangan (boramiz, kelamiz, borgan, kelgan, qo ‘riqchi va ishchi kabi), «-lbiq» va «-lik» haqida ham shu fïkrni aytish mumkin; 3) eski o'zbek adabiy tilidagi ba’zi affikslar hozirgi o'zbek adabiy tilida qo'llanmaydi. Masalan, «-vul» affiksi eski o'zbek adabiy tilida qorovul, yasovul kabi so'zlarni yasagan, hozir esa bu affiks so'z yasash xususiyatini yo'qotgan; 4) qadimgi turkiy tilda bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, vosita kelishigi («-n», «-bi», «-in», «-yn», «-un», «-on», «-øn»), jo'nalish kelishigi, o'rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi bo'lgan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida shulardan bittasi - vosita kelishigi yo'q. U qadimgi turkiy tilda «bilan» ko'makchisi funksiyasiga teng bo'lgan: masalan, tilin sözJap, qolqaqbtn eshidip («tili bilan so'zlab, qulog'i bilan eshitib...») kabi.
2§. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari
O'zbek tili bir qator shevalarni o'z ichiga oladi, bunday shevalar etnolingvistik nuqtayi nazardan uchta katta lahjaga — qarluq, qipchoq va o'g'uz lahjalariga birlashtiriladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilining tarkib topishida ana shu uchta lahja shevalarining ishtirok etganligi tabiiy bir holdir, ammo ulardan qaysi bin adabiy tilga ko'proq darajada asosbo'lganligi masalasida tilshunoslar orasida yakdillik yo'q. Ko'pchilik manbalarda hozirgi o'zbek adabiy tilining tayanch dialekti sifatida qarluq lahjasi, xususan, uning Toshkent—Farg'ona tipidagi shahar shevalari ishtirok etganligi ko'rsatiladi *. Ammo ayrim tilshunoslar (masalan, prof. X. Doniyorov, dotsent B. To'ychiboyev) adabiy tilning tayanch dialekti masaiasiga boshqacharoq yondashadilar: ularning fikricha, hozirgi o'zbek adabiy tilining tarkib
Bu haqda qarang: Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh.Sh. O'zbek tili dialektolögiyasi. — T.: «0‘qituvchi», 1978, 43-b. Abdurahmonov G\, Mamajonov S. O'zbek lili va adabiyoti. — T.. «0‘zbekiston», 2002, 44- b.
topishida qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham faol qatriashgan, shunga ko'ra adabiy til me’yorlariga oid ayrim masalalar (xususan, vokalizm tizimi, alifbo tuzilishi) qayta ko‘rilishi kerak. Bu mualliflarning ta'kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida 6 ta emas, 8—9 ta unli fonema bor, ular i/bi, e/a, y/u, e/o kabi kontrast juftliklarni hosil qiladi3.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining grammatik qurilishida otning jo'nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklaridagi shakllari Toshkent- Farg‘ona gruppa shevalariga asoslanadi: «-ga» (j. k.), «-da» (o‘-p. k.) va «-dan» (ch. k.) kabi. Boshqa shevalarda otning bu kelishiklaridagi shakllari quyidagicha boladi: Samarqand shevasida «-ga» formanti jo'nalish va o‘rin-payt kelishiklari ma’nosini ifodalaydi: Buxoroga ketopti («Buxoroga» — otning jo'nalish kelishigidagi shakli), Buxoroga o'qopti («Buxoroga» — otning ö‘rin-payt kelishigidagi shakli) kabi. O'g'uz lahjasi shevalarida «-ga» o'rnida «-g‘a» (qurvaqag'a), «-ye» (tangaye), «-ne» (erkine), «-na (yanwna), «-ø» (yyime) formantlari ishlatiladi. Bunday har xillik tushum va qaratqich kelishiklarida ham mavjud: «-ni»/«-nw», «-ning»/«-nbing» (qipchoq lahjasi shevalarida), «-ning»/«-ing», «-nbing»/«-bing» (Iqon, Qorabuloq, Hazorasp shevalarida), «- n i»/«-t i»/« - p i»/«-y i»/«- mi» (Toshkent shevasida) kabi. Bunday ko'p variantlilik adabiy tilga ko‘chirilmagan.
Shuni ham aytish kerakki, ko'pchilik shevalarda tushum va qaratqich kelishiklari deyarli farqlanmaydi. Shuning uchun ham kelishiklar soni Toshkent, Farg‘ona, Xeva-Urganch shevalarida — 5 tä, Qarshi shevasida 4 tadir. Qipchoq lahjasining j- lovchi shevalarida, qarluq—chigil—uyg'ur lahjasining Iqon-Qo|abuloq dialektida esa ularning soni 6 taga yetadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining 6 kelishikli tizimga asoslanishida ana shu lahjalarning morfologik xususiyati hisobga olingan.
3§. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining boiimlari
Fonetika va fonologiya. Bu bo'limlarda hozirgi o'zbek adabiy tilining fonetik-fonologik sathiga oid tizimlar (vokalizm, konsonantizm), segment va supersegment birliklar (fonema, bo‘g‘in, urgTi, intonatsiya, fraza, takt), prosodik elementlar (temp, tembr, ritm, melodika, pauza va b.lar), ularning til va nutqdagi roli haqida fikr yuritiladi.
Grafika va orfografiya. Bu boiimlarda hozirgi o'zbek adabiy tilining yozuv tizimlari (kirillcha va lotincha o'zbek yozuvlari), ularning asosiy komponentlari va belgilari, orfografiya prinsiplari va qoidalari xususida bahs yuritiladi.
Orfoepiya. Bu bo'limda o'zbek tilining to'g'ri (adabiy) talaffuz me’yorlari, ularni belgilovchi omillar haqida ma’lumot beriladi.
Leksikologiya va frazeologiya. Bu bo'limlarda o'zbek tilining lug'at boyligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, lug'aviy birliklarning qatlamlanishi, turlari, leksik-semantik va tematik guruhlari, leksema va frazemalarning semantik tarkibi, qo'llanish xususiyatlari o'rganiladi.
Leksikografïya. Bu bo'limda lug'atchilik, lug'at tiplari va turlari, lug'atlarning tuzilish prinsiplari, lug'at maqolalarining sxemalari, lug'atlarning amaliy ahamiyati xususida bahs yuritiladi.
Morfemika. Bu bo'limda so'z yoki so'zning grammatik shakllari tarkibidagi ma’noli qismlar — morfemalar xususida, morfemalarning funksional-semantik, strukturaviy va pozitsion tavsifi haqida ma’lumot beriladi.
So'z yasalishi. Bu bo'limda o'zbek tilining so'z yasash usullari, ularning so'z turkumlari bo'yieha tavsifi, tarixiy va hozirgi so'z yasalishi kabi masalalar yoritiladi.
Morfologiya. Bu bo'lim grammatikaning bir qismi bo'lib, unda grammatik ma’no va grammatik shakllar, shular orasidagi aloqadorlik asosida yuzaga kelgan grammatik kategoriyalar, so'zlarni turkumlarga birlashtirish prinsiplari, har bir so'z turkumining ma’no turlari, morfologik belgilari, gapdagi funksional xarakteristikasi haqida fikr yuritiladi.
Sintaksis. Bu bo'lim grammatikaning ikkinchi qismi bo'lib, unda so'z birikmalari va gap turlari, so'zlarning grammatik munosabatga kirishish yo'llari o'rganiladi.
Punktuatsiya. Bu bo'limda yozuv sistemasining uchinchi komponenti(birinchi komponenti - grafika, ikkinchi komponenti- orfografiya) xususida ma’lumot beriladi. U sintaksis bilan parallel ravishda o'rganiladi, chunki tinish belgilarining qo'llanishi, asosan, gap ichida va nutqda namoyon bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |