3
Bаhоlаr dаrаjаsi nimа vа uning
dinаmikаsini qаysi оmillаr bеlgilаb
bеrаdi?
Bаndlik dаrаjаsini nimа bеlgilаb bеrаdi?
Iqtisоdiy kоn‟yukturа o‟zgаrishlаrinni
qаysi оmillаr bеlgilаb bеrаdi?
Bаrqаrоr iqtisоdiy o‟sishning shаrtlаri
qаndаy?
Mаmlаkаtning iqtisоdiy kоn‟yukturаsigа
tаshqi dunyo qаndаy tа‟sir ko‟rsаtаdi?
Dаvlаt bаrqаrоr iqtisоdiy o‟sishgа
erishishni qаndаy tа‟minlаshi mumkin?
Pul nаzаriyasi
Inflyatsiya nаzаriyasi
Ish bilаn bаndlilik nаzаriyasi.
Iqtisоdiy dаvrlаr nаzаriyasi
Iqtisоdiy o‟sish nаzаriyasi
To‟lоv bаlаnsi vа vаlyutа kursi
nаzаriyasi
Dаvlаtning bаrqаrоrlаshtirish siyosаti
nаzаriyasi
1.1-jadvalda keltirilgan iqtisodiy nazariyaning ikki qismida ko„riladigan masalalar
ro„yxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini yaxshiroq farqlab
olishga yordam beradi. Nisbatan mustaqil bo„lgan bu ikki fanning iqtisodiy hodisalar
va qonuniyatlar to„g„risidagi xulosalari bir birini to„ldirib turadi.
Uy xo„jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub‟ektlari
hisoblanidilar.
Bu sub‟ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda.
Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o„sishini
ta‟minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb
hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday
aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.
Bugungi kunga kelib ko„pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni
tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo„lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning
boshqa sub‟ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda,
barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‟minlash maqsadida, o„z tasarrufida mavjud bo„lgan
vositalar orqali ularni yo„naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (budjet-soliq) va
monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida
mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo„jalik aloqalarini tashkil etishning
nazariy asosi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: