1-mavzu. “Makroiqtisodiyot” ga kirish reja



Yüklə 80,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix07.01.2024
ölçüsü80,65 Kb.
#209434
  1   2   3   4   5   6   7   8
1-mavzu. Ma\'ruza matni




1-MAVZU. “MAKROIQTISODIYOT” GA KIRISH 
 
Reja: 
1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va ob‟ekti. 
1.2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. 
1.3. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –
xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli. 
 
1.1. “Makroiqtisodiyot” fanining shakllanishi tarixi, predmeti va 
ob‟ekti 
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina 
kiritilgan bo„lsada makroiqtisodiy tahlil elimentlari iqtisodiyot fani bilan deyarli
birga paydo bo„ldi. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir jarayon sifatida 
tadqiq qilish, unga turli elimentlarining o„zaro bog„liqligi va o„zaro ta‟siri xos 
bo„lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F. Kene asarlarida uchraydi. Fransiya 
qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy mahsulot ishlab 
chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida tasvirlangan “Kene 
jadvali” ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil elimentlarini qo„lladi. 
Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, J.B.Sey, L.Valras, 
V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq qo„yilgan edi deb ta‟kidlash 
mumkin. Keyinchalik, K.Marks o„zining jami ijtimoiy mahsulot(JIM)ni takror ishlab 
chiqarish sxemasi, V.Leontev esa o„zining tarmoqlararo balansi bilan 
makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning alohida bo„limi sifatida ajralib chiqishi
uchun mustahkam asos yaratishdi. J.M. Keyns esa o„zining “Ish bilan bandlilik, foiz 
va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil) asari bilan bu jarayonni mantiqiy 
yakuniga etkazdi. Shu sababli ham J.M. Keyns makroiqtisodiyot fanining asoschisi 
sifatida tan olinadi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o„z predmeti va tadqiqot usullariga ko„ra 
mustaqil fan sifatida XX asrning o„rtalariga kelib shakllanib bo„ldi. 

Yüklə 80,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin