4
iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi.
Agregat ko„rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona
bozori sifatida ko„rib chiqish mumkin bo„ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida
alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo„lgan talab va ularni taklif etish
hajmlari ko„rsatkichlari emas, balki agregat ko„rsatkichlar hisoblangan baholarning
o„rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko„rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat
obligatsiyalari bo„ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat
banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun to„lov
stavkalari umumlashtirilib ularningt o„rtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb
yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko„rsatkichdan foydalaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni
agregat ko„rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir.
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko„rsatkichlar va jarayonlar o„rtasidagi
miqdoriy, sabab- oqibat bog„lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar
ko„rinishida ifodalaydi.
4
Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri
chizig„ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o„sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini
i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o„zida ham grafik ko„rinishda, ham
algebraik formula ko„rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi
makroiqtisodiy modellar o„am ikki, uch yoki bundan ko„p o„zgaruvchili bo„lishi
mumkin.
AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy
darajasi dinamikasi ta‟sirida o„zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish
mexanizmi o„rganilsa, Fillips egri chizig„i yordamida ishsizlik va inflatsiya
ko„rsatkichlari o„rtasidagi bog„liqlik tadqiq qilinadi.
Yuqorida sanab o„tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil
qilishda qo„llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli
iqtisodiy ko„rsatkichlarning o„zaro bog„liqligi xususiyati bir mamlakatda
ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik
sodda yoki murakkab bo„lmasin, ma‟lum darajada mavhumlikka yo„l qo„yiladi.
Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba‟zan yopiq iqtisodiy
tizim, ya‟ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo„lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb
qaraladi. Amaldva esa barcha mamlakatlar tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga
ega, ya‟ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar
o„rtasidagi bog„liqliklarni to„la-to„kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan
makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni
aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo„lgan ko„p
variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli
yo„nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya‟ni modelda tayyor
kattalik sifatida qabul qilinadigan
Dostları ilə paylaş: